Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOLALARNING MAKTABGA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGI
NEW RENAISSANCE · Dúysenov Aydos Keńesbay ulı
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
The article explores the topic of children's psychological readiness for school. A child's adaptation to the school environment, their emotional state, and social skills are considered key factors for academic success. The article analyzes psychological challenges that may arise when children start school, methods of prevention, and ways to ensure psychological preparedness. It also highlights the influence of parents and teachers on the child's mental state and the importance of effective cooperation with them. The aim is to ease the school entry process for children, enhance their psychological stability, and support the development of social skills. Keywords: Children, school readiness, psychological preparedness, emotional state, social skills, adaptation, pedagogy, parents, school environment. Maktabning bola shaxsiga qóyadigan asosiy talablaridan biri psixalogik tayyorgarlikdir. Bolaning psixologik tayyorligi uning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini o‘zgarishi va kichik maktab yosh davridagi bolalar o‘quv faoliyatining o‘ziga xosligi bilan o‘zviy bog‘liq. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, maktabga psixologik tayyorgarlik doimiy hisoblanmaydi, balki u doimo o‘zgarib boyib boradi. Psixologik tayyorlikning tarkibiy jihatlari: intellektual (akliy), ma’naviy va irodaviy tayyorgarlikdan iboratdir. Aksariyat hollarda bolaning aqliy rvojlanganlik darajasi 275 NEW RENAISSANCE 2025 JUNE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 6 xaqida gapirilganda uning so‘z boyligi zaxirasi bilan aniqlanadigan aqliy bilimlari miqdoriga ko‘proq e’tibor beriladi. Ota-ona, xatto ayrim o‘qituvchilar ham bola qanchalik ko‘p bilsa, u shunchalik rivojlangan bo‘ladi, deb o‘ylaydilar. Aslida esa unday emas, fan-texnika, ommaviy axborot vositalarining keng tarqalganligi tufayli bugungi kun bolalari go‘yo ma’lumotlar ummonida so‘zib yurgandek bulmoqdalar. Bu esa ulardagi so‘z boyliklarning keskin ósishiga asos bulmoqda, lekin bu ularning tafakkuri xam shunday jadallikda rivojlanayapti, degan gap emas. Maktabda amal qilinayotgan o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish boladan narsalarni taqqoslay bilish, tahlil qilish, umumlashtirish, mustaqil xulosalar chiqarish kabi bilish jarayonlarining yetarlicha rivojlangan bólishini taqozo etadi. Shuning uchun xam hozirgi kunda maktab amaliyotchi psixologlari tomonidan bolalarni birinchi sinfga qabul qilish jarayonida keng foydalanilayotgan psixodiagnostik vositalar, testlar, sórovnomalar, asosan bolada yuqorida keltirib ótilgan xususiyatning rivojlanganlik darajasini aniqlashga muljallangan metodikalardan iboratdir. 5-7 yosh bolaning maktabga intellektual (aqliy) tayyorligining yana muhim kórsatkichlaridan biri bu ulardagi obrazli tafakko‘rning oliy darajada rvojlanganligidir. Bularga tayangan holda bola atrof-muhitdagi narsa-hodisalar órtasidagi eng muhim xususiyatlarni, munosabatlarni farqlay olish imkoniyatiga ega bóladi. Bu órinda bolalar chizmali tasvirlarni shunchaki tushunibgina qolmay, balki ólardan muvaffaqiyatli foydalana oladigan bóladilar. Biroq ólarning tafakkuri umumlashtirish hislatlariga ega bóla borsada, predmetlar va ólarning (tafakkuri) o‘rnini bosuvchilar bilan aniq xatti-harakati obrazliligicha qolaveradi. Maktabgacha yosh davridayok bola kichik maktab yosh davrida yetakchi faoliyat turi buladigan – o‘quv faoliyatiga tayyorlangan bólishi lozim. Bunda bolada ma’lum bir tegishli masalalarning shakllangan bólishi muhim ahamiyatga ega. Bunday malakalarning asosiy xususiyatlaridan biri bolaning o‘quv topshirigini ajratib olishi va faoliyatni mustaqil maqsadga aylantira olishidir Bunday jarayonlar birinchi sinf o‘quvchilaridan topshiriqda o‘zi belgilagan o‘zgarish, yangilik alomatlarini qidirib topa bilish va ólardan hayratlanishni, qiziqishni talab qiladi. Bunday topshiriqlar amaliy ishlarga aylantirilsa yoki óyin tarzida bajarilsa, osonroq kechadi va bola o‘zlashtiradi. Yóqorida tuxtalib ótganimiz intellektual tayyorlik bolaning maktabda muvofaqqiyatli o‘qib ketishi uchun yagona zamin emas. Agar bola zarur malaka va ko‘nikmalar zaxirasiga ega bólsa, ónda intellektual rivojlanganlik darajasi ham yuqori bólsa-yu o‘quvchilikning ijtimoiy holatiga shaxsan tayyor bólmasa, maktabda o‘qib ketishi qiyin kechadi. Agar óqituvchi yoki ota-ona óni o‘qishga qiziqtira olmasalar, o‘quv vazifalarini zórma-zóraki, sifatsiz, qo‘l uchida bajaradilar. Bundaylarda zarur natijalarga erishish qiyin bóladi. Eng yomoni, bu yoshda maktabga borishni hohlamaydigan bolalar ham uchrab turadi. 5-7 yoshli bolaning maktabga borishdan bosh tortishi asosan uni tarbiyalashda ota-onalar tomonidan yól qóyilgan xatoning oqibati hisoblanadi. Ayrim ota onalarda maktabgacha yosh davridagi bolani maktab bilan qórqitish hollari ham ko‘zatiladi. Ikkita gapni eplab gapira olmasang, maktabda qanday óqiysan?, Sanashni bilmaysan-u, maktabga qanday borasan?, Maktabga borsang, órtoqlaring bu qiligingdan kulishadi, Xech narsani bilmaysan, maktabga borsang bizni uyaltirasan!, kabi ta’na-dashnomlar, bolada maktabdan qórqi
Доказательный фрагмент
«The article explores the topic of children's psychological readiness for school.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article explores the topic of children's psychological readiness for school. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Children, school readiness, psychological preparedness, emotional state, maktabga tayyorgarlik, ota-ona, psixologik tayyorgarlik, maktab muhiti, ijtimoiy ko‘nikmalar, moslashish, pedagogika, Bolalar, ruhiy holat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025