Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INSON HUQUQLARIGA QARSHI YANGI AVLOD RAQAMLI JINOYATLARI: HUQUQIY TAHLIL VA MILLIY QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Normo’minov Rustam Hamza o’g’li
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article explores the rise of next-generation digital crimes emerging from the rapid development of information and communication technologies and their adverse effects on human rights. Special attention is paid to cyber threats identified in foreign jurisdictions, including cyberbullying, misuse of artificial intelligence, defamation via deepfake technologies, and invasions of privacy through digital surveillance. It also highlights existing gaps in Uzbekistan’s national legislation and substantiates the necessity for developing robust legal mechanisms to counter digital threats to fundamental rights. 4 58 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Keywords: Digital crimes, human rights, artificial intelligence, deepfake technologies, cyber threats, Budapest Convention, digital surveillance, legal implementation, Uzbekistan legislation, privacy rights. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizning deyarli barcha jabhalariga chuqur kirib borib, inson faoliyatini tubdan o‘zgartirmoqda. Biroq bu jarayon insoniyat oldiga yangi avlod xavflarini ham olib chiqdi. Raqamli transformatsiya natijasida vujudga kelgan kiberjinoyatlar tobora murakkablashib, inson huquqlariga qarshi qaratilgan hujumlarning ko‘lami kengaymoqda. Bu jinoyatlar orasida shaxsiy ma’lumotlarning noqonuniy yig‘ilishi va tarqatilishi, sun’iy intellekt asosida yaratilgan deepfake materiallar orqali sha’ni va qadr-qimmatga tajovuz, onlayn zo‘ravonlik (cyberbullying), raqamli kuzatuv, algoritmik diskriminatsiya, feyk axborotlar va sun’iy manipulyatsiyalar alohida xavotir uyg‘otmoqda. Xalqaro amaliyotda bu kabi jinoyatlar soni jadal sur’atda oshib bormoqda. Jumladan, AQSh Federal tergov byurosi (FBI) 2024-yilda 859 532 ta internet jinoyatini qayd etgan bo‘lib, ular orqali yetkazilgan moddiy zarar 16 milliard AQSh dollaridan oshgan, bu 2023-yilga nisbatan 33% ko‘proqdir.[1] Xususan, AI yordamida yaratilgan soxta tasvirlar, tovushlar yoki videolar orqali shaxslar sha’niga tajovuz qilish holatlari keskin ko‘paymoqda. Xuddi shunday tendensiyalar Yevropa Ittifoqi davlatlarida ham mavjud bo‘lib, Yevropol 2024-yilgi hisobotida AI asosidagi huquqbuzarliklar xavfini “yuksak darajadagi tahdid” sifatida belgilagan. O‘zbekiston Respublikasi miqyosida ham raqamli jinoyatlar ko‘paymoqda. 2024-yilda mamlakatimizda sodir etilgan barcha jinoyatlarning 44,4 foizi raqamli jinoyatlar turkumiga to‘g‘ri keladi va bu ko‘rsatkich 2020-yilga nisbatan 68 barobar ortgan.[2] Shu bilan birga, Kiberxavfsizlik markazi tomonidan 2024-yilda 12 milliondan ortiq kiberhujum holati aniqlangan bo‘lib, 2023-yildagi 11 millionlik ko‘rsatkich bilan solishtirganda o‘sish aniq ko‘rinadi.[3] Shu jumladan, bank kartalari orqali firibgarlik, shaxsiy ma’lumotlarni buzib olish, ijtimoiy tarmoqlar orqali yolg‘on axborot tarqatish va boshqa zararli faoliyatlar orqali 1 trillion 909 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.[4] Ushbu holatlar inson huquqlari – xususan, shaxsiy hayot daxlsizligi, axborotga egalik huquqi, sha’ni va qadr-qimmatni himoya qilish kabi asosiy konstitutsiyaviy kafolatlarga tahdid solmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 141-1-moddasi (“Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish”), 141-2-moddasi (“Shaxsiy ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish”) va 141-3-moddasi (“Shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilish”) ushbu sohadagi ba’zi jinoyat turlarini qamrab olsa-da, amaldagi tartib ularni zamonaviy raqamli jinoyatlar kontekstida huquqiy jihatdan yetarli darajada tartibga solmaydi. Masalan, 141-1-modda deepfake texnologiyalari bilan bog‘liq sha’ni va qadr-qimmatga zarar yetkazish holatlarini to‘liq qamrab olmaydi, 141-2 va 141-3 moddalirada esa algoritmik diskriminatsiya yoki sun’iy intellekt vositasida ma’lumotlarni buzib talqin qilish kabi nozik holatlarga moslashtirilmagan. Xalqaro tajriba, xususan Budapesht konvensiyasi (Convention on Cybercrime of the Council of Europe (ETS No. 185) [5] raqamli jinoyatlarga qarshi samarali kurash vositasi sifatida tan olingan bo‘lsa-da, uning asosiy qoidalari O‘zbekiston qonunchiligida to‘liq implementatsiya qilinmagan. 4 59 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Shuningdek, xorijiy davlatlarda paydo bo‘lgan yangi jinoyat shakllari – masalan, algoritmik kamsitish, robotlashtirilgan kuzatuv, raqamli repressiya – hali bizda qonuniy tasnifga ega emas. Zamonaviy raqamli jinoyatlar klassik kiberjinoyatlardan farqli ravishda inson huquqlarining bevosita buzilishiga olib kelmoqda. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: • Deepfake texnologiyalar orqali sha’ni va qadr-qimmatga tajovuz – sun’iy intellekt asosida yaratilgan soxta videolar, fotosuratlar va audioyozuvlar shaxsga oid yolg‘on axborotlar tarqatish vositasiga aylanmoqda. Bu esa Jinoyat kodeksining 1
Доказательный фрагмент
«This article explores the rise of next-generation digital crimes emerging from the rapid development of information and communication technologies and their adverse effects on human rights.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the rise of next-generation digital crimes emerging from the rapid development of information and communication technologies and their adverse effects on human rights. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Digital crimes, human rights, artificial intelligence, deepfake technologies, Budapesht konvensiyasi, shaxsiy hayot daxlsizligi., kibertahdidlar, sun’iy intellekt, raqamli kuzatuv, O‘zbekiston qonunchiligi, inson huquqlari, Raqamli jinoyatlar, deepfake texnologiyalari, huquqiy implementatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014