К содержанию
РецензированоEN2025

YENGIL ATLETIKADA QISQA MASOFAGA YUGURISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR ORQALI KETZORLILIKNI RIVOJLANTIRISH

Soliev Sanjar Shuhratjon o‘g‘li · Aliyev Azam Akramovich · ЧЕРЕЗ СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article explores the role of modern approaches and innovative methods in developing speed qualities in athletes specializing in short-distance sprinting in athletics. Experimental training sessions were conducted with young sprinters running 60 and 100 meters, analyzing the key factors affecting their speed development. The effectiveness of high-intensity interval training, plyometric techniques, and video analysis technology was practically substantiated. Based on the findings, an effective training program for young athletes was developed, and scientific data tables were presented to illustrate the outcomes. Keyword:Speed development, athletics, sprint, plyometric training, video analysis. 2 21 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Kirish. Yengil atletika sporti insonning jismoniy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi va ayniqsa qisqa masofaga yugurish turi sportchilar orasida keng tarqalgan. Qisqa masofaga yugurish (100, 200, 400 metr) tezlik, kuch va ketzorlilikni talab qiladi. Bu turdagi yugurish sportchilardan maksimal tezlikni maksimal vaqt davomida ushlab turish qobiliyatini talab qiladi. Shu jihatdan, ketzorlilik yengil atletikada yuqori natijalarga erishish uchun hal qiluvchi jismoniy sifat hisoblanadi. Ketzorlilik — bu tezlikni maksimal darajada uzoq vaqt davomida saqlab qolish qobiliyatidir. U sportchining nafaqat tezlik potentsialini, balki chidamlilik va tez tiklanish qobiliyatini ham o‘z ichiga oladi. Zamonaviy yengil atletika sportida ketzorlilikni rivojlantirishga oid ilmiy izlanishlar doimiy ravishda olib borilmoqda. Bu sohada eng yangi yondashuvlar, trening metodlari va texnologiyalar joriy etilmoqda. So‘nggi yillarda sportchilar tezkorlik va ketzorlilikni oshirish uchun plyometrik mashqlar, maxsus kuch-quvvat mashqlari, interval yugurishlar, texnikani takomillashtirishga qaratilgan maxsus mashg‘ulotlardan keng foydalanmoqda. Shu bilan birga, biomekanik va fiziologik tahlillar yordamida sportchilarning harakatlarining eng samarali shakllarini aniqlashga harakat qilinmoqda. Zamonaviy texnologiyalar, masalan, harakatlarni videotasvirga olish va analiz qilish, elektron sensorlar orqali yugurish parametrlarini o‘lchash, murabbiylarga sportchilarning imkoniyatlarini yanada chuqurroq o‘rganish imkonini beradi. Ketzorlilikning fiziologik asoslari, ya’ni muskullar energiya bilan ta’minlanishi, anaerob va aerob energetik tizimlarning roli ham chuqur o‘rganilmoqda. Anaerob tizimlar qisqa masofada yugurishda kuch va tezlikni ta’minlaydi, aerob tizimlar esa tiklanish va chidamlilikni oshirishda muhimdir. Shu sababli ketzorlilikni rivojlantirish trening dasturlari ushbu tizimlarning uyg‘un ishlashiga qaratiladi. Maqola doirasida qisqa masofaga yuguruvchilarning ketzorlilik sifatini oshirish uchun zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi. Bu jarayonda jismoniy mashqlar, psixologik tayyorgarlik, texnik ko‘nikmalar va yangi innovatsion usullar o‘rganiladi. Maqsad — ketzorlilikni maksimal darajada oshirishga qaratilgan kompleks trening tizimini ishlab chiqish va uning samaradorligini amalda isbotlash. Shuningdek, maqolada ketzorlilikni rivojlantirishda yosh va professional sportchilarning xususiyatlari, individual yondashuvning ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi. Chunki har bir sportchining fiziologik va psixologik holati, biomekanik xususiyatlari farq qiladi va trening dasturini moslashtirish zarur. Ushbu ilmiy ishning natijalari nafaqat yengil atletika trenerlari va murabbiylariga, balki sportshunoslarga, jismoniy tarbiya mutaxassislariga ham amaliy yordam beradi. Zamonaviy yondashuvlar yordamida ketzorlilikni oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqiladi, bu esa sportchilarning musobaqalardagi natijalarini yaxshilash imkonini yaratadi. Xulosa qilib aytganda, yengil atletikada qisqa masofaga yugurishda ketzorlilikni rivojlantirish — bu sportning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib, zamonaviy ilmiy va amaliy yondashuvlarni qo‘llash orqali yuqori natijalarga erishish mumkin. Bu maqola ketzorlilikni oshirish uchun eng samarali metodlar va usullarni ko‘rsatadi hamda kelajakda bu sohada tadqiqotlarni davom ettirish uchun asos bo‘ladi. 2 22 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Nazariy asoslar.Yengil atletikada qisqa masofaga yugurish sportchilardan yuqori tezlik va ketzorlilikni talab qiladi. Ketzorlilik tushunchasi sport fiziologiyasi va pedagogikasi sohasida chuqur o‘rganilgan bo‘lib, u sportchining maksimal tezlikni ushlab turish qobiliyatini anglatadi. Ketzorlilikning rivojlanishi uchun murakkab jismoniy va texnik tayyorgarlik talab etiladi. Ketzorlilikning fiziologik asoslari anaerob energiya tizimlari bilan chambarchas bog‘liq. Qisqa masofaga yugurishda mushaklar uchun zarur bo‘lgan energiya asosan anaerob glikoliz va fosfagen tizimlari orqali ta’minlanadi. Bu tizimlar tez va kuchli harakatlarni amalga oshirish uchun zar

Доказательный фрагмент

«This article explores the role of modern approaches and innovative methods in developing speed qualities in athletes specializing in short-distance sprinting in athletics.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the role of modern approaches and innovative methods in developing speed qualities in athletes specializing in short-distance sprinting in athletics. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
plyometrik mashqlar, Ketzorlilik, yengil atletika, qisqa masofa, video-tahlil.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники