К содержанию
РецензированоUZ2025

ONA TILI DARSLARIDA MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYAVIY TA’SIRNI KUCHAYTIRISHNING SAMARALI YO‘LLARI

Sayidova Muhabbat To‘raqulovna

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

The article outlines methods of instilling national values in students through mother tongue lessons. It highlights how stories, proverbs, and cultural activities help foster patriotism, honesty, and respect in young learners. Keywords: mother tongue, national values, moral education, lesson methods, spiritual growth. Ona tili — bu nafaqat aloqa vositasi, balki xalqning ruhiy-ma’naviy boyligini, tarixiy xotirasini, milliy qadriyatlarini avloddan-avlodga yetkazuvchi eng muhim pedagogik resursdir. Bugungi globallashuv davrida yosh avlodda milliy o‘zlikni, tarixiy xotirani, axloqiy tamoyillarni shakllantirish zaruriyati tobora ortib bormoqda. Aynan shu ehtiyojni qondirishda ona tili darslari o‘ziga xos tarbiyaviy maydon sifatida alohida ahamiyatga ega. Darslar jarayonida matn tanlovi, dramatik ifodalar, maqollar va xalq og‘zaki ijodiy namunalari orqali bolalar ongiga milliy qadriyatlar chuqur singdiriladi. Bu esa o‘quvchilarni nafaqat bilimli, balki madaniyatli, o‘z xalqining an’analariga hurmat bilan qaraydigan shaxs sifatida tarbiyalash imkonini beradi. Shu jihatdan qaraganda, ona tili darslarida milliy qadriyatlar asosida tarbiyaviy ta’sirni kuchaytirish masalasi — zamonaviy pedagogikaning dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Milliy qadriyatlar — bu xalqning tarixiy tajribasi, urf-odatlari, axloqiy tamoyillari va ma’naviy hayotining asosi bo‘lib, yosh avlod tarbiyasida beqiyos o‘rin tutadi. Ayniqsa, ona tili darslari orqali bolalarning dunyoqarashi va ruhiy-ma’naviy olami shakllanadigan poydevor qo‘yiladi. Shu bois ona tili fani nafaqat til va nutqni rivojlantirishga xizmat qiladi, balki milliy qadriyatlarni singdirishning ham muhim vositasiga aylanadi. Milliy qadriyatlarni loyihaga asoslangan ta'limga kiritish o’quvchilarning ishtiroki va tushunishini kuchaytirishi mumkin. Ushbu usul o’quvchilarga amaliy loyihalar orqali madaniy mavzular va milliy tarixni o'rganish imkonini beradi, ularning merosi bilan chuqurroq aloqani ta'minlaydi[1]. 1 49 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ O'quvchilarning madaniy asoslari va milliy qadriyatlarini aks ettiruvchi o'quv materiallarini tanlash darslarni yanada mos va ta'sirli qilishi mumkin. Bunga talabalarning tajribalari va madaniy kimligi bilan jaranglashgan adabiyotlar, filmlar va tarixiy matnlar kiradi[1]. Milliy qadriyatlarga, avvalo, vatanparvarlik kiradi. Bu qadriyat o‘quvchilarga Vatanga muhabbat, fidoyilik, milliy g‘urur kabi tuyg‘ularni singdiradi. Masalan, ona tili darslarida “Vatan haqida” she’rlar, dostonlar yoki “Alpomish”, “Jaloliddin Manguberdi” kabi qahramonlar haqidagi matnlar orqali bu tushuncha o‘quvchiga hayotiy misollar bilan yondashadi. Halollik va poklik tushunchalari esa yosh avlod ongiga ertaklar, afsonalar orqali chuqur singdiriladi. Masalan, “To‘g‘rilik – elga yuksaklik” g‘oyasi asosida hikoyalar tahlili, obrazlar orqali axloqiy qadriyatlar beriladi. Ota-onani e’zozlash, mehr-oqibat va muruvvat, bayramlar va urf-odatlarga hurmat kabi qadriyatlar o‘quvchilarda oila, jamoa va jamiyat oldida mas’uliyatni his qilish, boshqalarga mehr-muruvvat bilan munosabatda bo‘lish, qadimiy an’analarni qadrlashni o‘rgatadi. Dars davomida "Navro‘z bayrami", "Sumalak pishirish", "Boy-bola" ertagi kabi milliy mavzularda suhbatlar, rolli o‘yinlar tashkil etiladi. Barcha yuqoridagi qadriyatlar xalq og‘zaki ijodida, maqollarda, afsonalarda, hikmatli so‘zlarda mujassam. Ona tili darslarida bu manbalardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish o‘quvchilarning ruhiy-ma’naviy olamini shakllantirishda juda muhim. Ona tilida o'qitish kognitiv funktsiya va ijtimoiy integratsiyani yaxshilashi ko'rsatilgan. Bu o'quvchilarga murakkab tushunchalarni osonroq tushunish va sinf muhokamalarida to'liqroq ishtirok etishlariga imkon beradi[2]. Ona tili darslarida milliy qadriyatlarni singdirish — bu nafaqat tilshunoslik maqsadlariga xizmat qiluvchi, balki o‘quvchining shaxsiy kamolotini, ma’naviy olamini boyituvchi murakkab, ammo samarali jarayondir. Ushbu darslar orqali o‘quvchilar o‘z xalqining axloqiy ideallarini anglaydi, madaniy merosiga hurmat bilan qarashni o‘rganadi. Bu borada bir qator metodik yondashuvlar mavjud. Birinchidan, matnlarda qadriyatli mazmunni tanlash muhim usullardan biridir. Darsliklarda mavjud matnlar orasida xalq qahramonlari, qadriyatlar bilan boyitilgan syujetlar tanlab olinadi. “Alpomish”, “Gro'rogli”, “Sevgi bilan”, va “Ota-ona ibodati” kabi matnlar boy madaniy va milliy ahamiyati uchun tanlangan. Bu asarlar milliy ruhga singdirilib, madaniy qadriyat va an'analarni talabalarga etkazish uchun vosita bo'lib xizmat qiladi [3]. Ikkinchidan, maqol va matallarni tahlil qilish orqali xalq donishmandligi va hayotiy tajribasi bolalarga yetkaziladi. Masalan, “Yaxshilik qil, suvga sol — baliq bilmadi, Xudoyim bilur”, “Boqqan emas, boqargan bola” kabi maqollar orqali bolalar muruvvat, saxovat, sabr- toqat, ota-onaga ehtirom kabi tushunchalarni anglab boradilar. Darsda maqollarni izohl

Доказательный фрагмент

«The article outlines methods of instilling national values in students through mother tongue lessons.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article outlines methods of instilling national values in students through mother tongue lessons. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mother tongue, national values, moral education, lesson methods, spiritual, tarbiya, ma’naviy rivojlanish., dars uslublari, ona tili, milliy qadriyatlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники