К содержанию
РецензированоUZ2025

ABURAZZOQ SAMARQANDIYNING “MATLAI SADAYN VA MAJMA UL BAHRAYN” ASARIDA TARIXIY SHAXSLAR TALQINI

Baxromova Maftuna Odiljon qizi · Abulqosim Bobur · Tog‘oy turkon

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

In this article, the significance of Abdurazzoq Samarkandi's work “Matlai Sa'dayn wa Majmua ul Bahrain” as a historical source, as well as the personality and scientific activities of the author of the work, the history of the creation of the work and the narrative of the events, have been highlighted. Also, in this article, the information about some historical figures mentioned in the work "Matlai Sa'dayn and Majmua ul Bahrain" is interpreted based on other historical sources of that time. Keywords: Abdurazzoq Samarkandi, Genghis Khan, Abu Said, Shah Rukh Mirza, Mirza Abulqasim Babur, Toghai Tokon, Azerbaijan, Samarkand. Abdurazzoq Samarqandiy hijriy yil hisobi bilan 12 shabbon 816 ( milodiy 7 noyabr, 1413 y) yili bu vaqtlar temuriylar davlatining markaziy shaharlaridan biri bo‘lgan Hirot shahrida tug‘ilgan va 887 jumad ul-oxir oyida (iyul-avgust,1482) shu shaharda vafot etgan. Uning to‘liq ismi Kamoluddin Abdurazzoq, otasining ismi Jaloluddin Is’hoq Samarqandiydur. Abdurazzoq Hirotda tug‘ilganiga qaramay “Samarqandiy” degan nisba bilan shuhrat topganligiga sabab, otasi Jaloluddin Is’hoqning asli samarqandlik bo‘lganligi va yana, taxmin qilish mumkunki, bo‘lajak tarixnavisning o‘zi ham bir necha vaqtlar Samarqand shahrida turganligidir. 1Abdurazzoq Samarqandiy “Matlai sadayn va majmua ul-bahrayn” asarini asosan hijriy 872 (1467-1468) – 1 Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sadayn va majma ul – bahrayn. –T.: Fan, 1969, - 463 b 1 44 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 874 (1469-1470) yillar orasida yozib tamomlagan va 875 (1470) - yil uni yana davom ettirib, shu yilning safar oyida (avgust, 1470) sodir bo‘lgan voqealarni ham qo‘shib, tugallagan. Biroq bunday tarixiy asar yozish ishtiyoqi Abdurazzoq Samarqandiyda mazkur yillardagina paydo bo‘lgan emas. Uning so‘zlariga qaraganda, u hali yoshlik chog‘laridayoq “diniy ilmlarni tahsil qilish asnosida” tarix faniga qiziqqan va kitob yozishni orzu qilib yurgan, “ammo bu parda ostida etib, intizorlik niqobidan hech bir vajh bilan yuzaga chiqa olmagan”. Bunga sabab, Abdurazzoq Samarqandiy davlat ishlari bilan shug‘ullanib yurgan vaqtlarda temuriylar davlatida o‘zaro ichki nizolar avj olganligida bo‘lgan.2 Asarning nomi “Ikki saodatli yulduzning chiqishi va ikki dengizning qo‘shilish joyi” dan anglashilib turganidek Abdurazzoq Smarqandiy o‘zkitobini ikki jildga bo‘ib tuzgan. Ikki saodatli yulduz (sadayn) va ikki dengiz (bahrayn) dan murod kimlar va qanday tushunchalar ekanligini muallif keltirib o‘tmagan. Shunga ko‘ra, tadqiqotchilar tomonidan bu haqda turli fikrlar bayon qilingan. Ulardan xulosa shuki, ikki saodatli yulduzdan murod asarning birinchi va ikkinchi jildlarida nomlari zikr etilgan biri Chingizxon, ikkinchisi Temur avlodlaridan bo’lgan Abu Saidlar (yoki, ulardan ikkinchisi o‘rnida “xoqoni said” laqabi bilan mashg‘ur bo‘lgan Shohrux Mirzo) ikkinchi yarmidagi ikki dengizdan murod esa asarda dastlab Chingizxon avlodidan bo‘lgan hukmdorlar haqida gap borib, unga Temurning tarixi ulanib ketishi yoki birinchi jildda Shohruxning taxtga o‘tirishi bilan boshlanishi va bu ikki shaxsning hukmdorlik tarixi bir-birining davomi ekanligini uqdirib o‘tishdir.3 Bu fikrlarni asar mazmuni bilan taqqoslab ko‘rilganida, ularning har biri ham ma’lum asosga ega ekanligi oydinlashadi. Ya’ni, “Matlai sadayn” ning birinchi jildida qisqa tarzda bo‘lsa ham Chingizxon avlodidan bo‘lgan Eron hukmdori Abu Said (1316-1335) haqida ham gap borib28, so‘ng uning vafoti yili tug‘ulgan (1336) Temur tarixi boshlanadi va umuman, bu jildda 704 (1304) yildan – 807 (1405) - yilgacha O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Eron,Ozarbayjon, qisman Hindiston va boshqa mamlakatlar tarixiga oid ma’lumotlar keltirilgan.4 Tarixiy voqealar bayoni Temurning 17-shabbon 807 (18 feral, 1405)- yili O‘trorda vafot etganligi, uning nabirasi Halil Sultonning Samarqand taxtiga o‘tirganligi va shu orada sodir bo‘lgan taxt uchun kurashlar bayoni bilan tugallanadi. Ikkinchi jildda esa muallif bosh so‘zida Temurning avlodlari haqida so‘zlamoqchi ekanligini aytib, voqealar bayonini Shohruxning Hirotda taxtga o‘tirgan vaqtidan (mart, 1405) boshlaydi. So‘ng, u Shohrux vafotidan keyin (1447) hukmronlik qilgan temuriylar: Mirzo Abulqosim Bobur (1452-1457), Abu Said (1451-1469) va boshqa shu orada taxtga o‘tirgan, ammo hukmronliklari ko‘pga bormagan shahzodalardan so‘zlab bo‘lgach, Husayn Boyqaroning Hirotda ikkinchi marta 875-yil safar oyida (1470 yil, avgust) taxtga o‘tirishi haqidagi ma’lumotlar bilan asarni tugatadi.5 Temuriylar davri tarixini o‘rganar ekanmiz, Amir Temurning vafotidan so‘ng parchalanib ketgan saltanatni o‘zining tadbirkorligi, dono siyosati bilan qayta tiklashga muvaffaq bo‘lgan shaxs Shohrux Mirzo ekanligini ko‘ramiz. Shohrux Temurning to‘rtinchi, kenja o‘g‘li bo‘lib, 779-yil 14-robbiul soniy (1377-yil 20-avgust) payshanba kuni tug‘ulgan. O‘sha davrning 2 Inrohimov N. Ibn Batuta va uning O‘rta Osiyoga sayohati. – T: Sharq.19

Доказательный фрагмент

«In this article, the significance of Abdurazzoq Samarkandi's work “Matlai Sa'dayn wa Majmua ul Bahrain” as a historical source, as well as the personality and scientific activities of the author of the work, the histo…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the significance of Abdurazzoq Samarkandi's work “Matlai Sa'dayn wa Majmua ul Bahrain” as a historical source, as well as the personality and scientific activities of the author of the work, the histo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Abdurazzoq Samarkandi, Genghis Khan, Abu Said, Shah Rukh Mirza, Mirza, Chingizxon, Shohrux Mirzo, Tog‘oy turkon, Mirzo Abulqosim Bobur, Samarqand., Ozarbayjon, Abdurazzoq Samarqandiy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники