Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SO‘Z QUDRATI
SO‘Z QUDRATI · Suyarova Sarvinoz · Ilmiy rahbar: Avezova Dilnura Bayramovna
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada nutqimizda qo‘llayotgan so‘zlarimizning qudrati, hayot yo‘limizdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bayon etilib, go‘zal yozma va og‘zaki nutq mahoratiga ega bo‘lish yo‘llari ochib beriladi. Yozma nutqimizdagi kamchiliklar, jozibador so‘zlar qo‘llash usullari ko‘rsatib o‘tiladi. So‘zning turlicha tovlanishi haqidagi fikrlardan xabardor etiladi. Kalit so‘zlar: ma’naviyat, jamiyat, globallashuv, kasbiy faoliyat, yozma nutq, imlo, qoidalar So‘z - bu insoniyat tarixidagi eng kuchli va ta'sirli vosita bo‘lib, fikr va his- tuyg‘ularni ifoda etishning asosiy voitasidir. Xalq orasida ,,Aytilgan gap - otilgan o‘q“ degan maqol bejiz aytilmagan. Yozma nutqda so‘zlarning to‘g‘ri imlosi nafaqat grammatik talablarni bajarish, balki fikrni aniq va ta'sirli yetkazishning kafolatidir. So‘z qudrati - bu til vositasida fikrni to‘g‘ri, aniq va ta'sirli ifoda etish qobiliyatidir. Xalq hikmatlari va maqollarimizda so‘zning ahamiyati katta: "Ariqni suv bezar, odamni — so‘z", "Anjom uy ziynati, so‘z inson ziynati" deb ta'kidlanadi. Har bir so‘z ma'lum ma'noni anglata va o‘quvchining xayolida aniq tasavvur hosil qiladi. To‘g‘ri yozilgan so‘z o‘quvchida qiyinchiliksiz tushuniladi va kerakli ta'sir ko‘rsatadi. Imlo jihatdan to‘g‘ri yozilgan matn o‘quvchida ishonch uyg‘otadi va muallif obro‘sini oshiradi. Xato yozilgan so‘zlar esa matn ta'sirini susaytiradi. To‘g‘ri imlo muloqotda noaniqlik va tushunmovchiliklarni oldini oladi, fikr almashinuvini osonlashtiradi. Imlo to‘g‘riligi intellektual rivojlanishning muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Orfografiya adabiy tilning yozma shakliga xos rivojlangan, o‘z yozuviga ega bo‘lgan adabiy tilda so‘zni bir xilda yagona tarzda yo‘lga qo‘yish uchun imlo to‘g‘risida qonun qabul qilinadi. Imlo to‘g‘riligi insonning madaniy darajasini, saviyasini ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi. So‘zlarning yozilishidagi barqarorlik, qat'iylik millatni yakdiilikka, ma'naviy jipslikka yetaklaydi. To‘g‘ri yozilgan matn o‘quvchida ijobiy taassurot qoldiradi va muallifga nisbatan hurmat hissini uyg‘otadi. Aksincha, imlo xatolari matn ta'sirini kamaytiradi va o‘quvchining e'tiborini asosiy mazmundan chalg‘itadi. Bugungi kunda olimlar nutq madaniyatini rivojlantirish dolzarb til muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Zamonaviy tilshunoslar yozma nutq madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratmoqda. https://scientific-jl.com/new 11 22 77 Volume–78_Issue-2_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS O‘quvchilar yozma nutqida bir qator imlo muammolari : Fonetik xatolar - tovushlarni noto‘g‘ri harf bilan belgilash Morfologik xatolar - so‘z qismlari imlosi bilan bog‘liq xatolar Leksik xatolar - so‘zlarni aralashtirib yozish Sintaktik xatolar - punktuatsion belgilarni noto‘g‘ri qo‘llash kabilar uchraydi. Og‘zaki nutq o‘zaro muomala tilidir. Undan o‘zaro suhbatlarda, ma'ruzalarda, radio hamda televideniyada, uy, oila bahslarida foydalaniladi. Og‘zaki va yozma nutq o‘rtasidagi farqlarni tushunmaslik ko‘plab xatoliklarga sabab bo‘ladi. O‘quvchilarning yozma nutqini o‘stirish, imlosidagi kamchiliklarni to‘ldirish uchun, avvalo, nazariy bilimlarni mustahkamlash, o‘zbek imlosining asosiy tamoyillarini chuqur o‘rganish va amalda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish. talab etiladi. So‘zlarni to‘g‘ri yozish bo‘yicha muntazam mashqlar bajarish, imlo lug‘ati bilan ishlash, matnlarni tahrir qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish ham o‘quvchining yozma nutqini o‘stirishga yordam beradi. Bundan tashqari, ko‘p matn va hikoyalar o‘qish orqali so‘zlarning to‘g‘ri yozilish shakli xotirada mustahkamlanadi. Zamonaviy texnologiyalardan, masalan, imlo tekshiruvchi dasturlar, onlayn lug‘atlar, ta'limiy ilovalardan foydalanish ham yozma nutqdagi xato-kamchiliklarni aniqlab uni bartaraf etishga katta yordam beradi. To‘g‘ri yozma nutq yaratishning ijtimoiy oqibatlari shundan iboratki, to‘g‘ri yozilgan matn o‘quvchida muallifga nisbatan ishonch uyg‘otadi. Fikr almashinuv jarayonida fikrning aniq va tushunarli ifodalashga olib keladi. Agar imlo xatolari mazmunni buzsa, fikrini tinglovchiga to‘g‘ri yetkazilmasligiga olib keladi. Natijada muallif obro‘si va aloqa pasayishi mumkin. O‘quvchilar yozma nutqini o‘stirish, imlo xatolarini kamaytirish uchun muntazam kamida 30 daqiqa badiiy va ilmiy adabiyot o‘qish, imlo daftari tutib yangi va qiyin so‘zlarni alohida daftarga yozib borish, yozilgan matnni bir necha marta qayta ko‘rib tahlil qilib chiqish, lug‘atdan foydalanish lozim. O‘quvchilar nutqini o‘stirish biz o‘qituvchilarning mahoratimizga chambarchas bog‘liq. Ularga imlo qoidalarini bosqichma-bosqich o‘rgatsak, ko‘proq yozuv amaliyoti bersak, har bir o‘quvchining xatolarini tahlil qilib, ularga individual yondashsak samaraga erishishimiz mumkin. Ularning to‘g‘ri yozishdagi har qanday kichik yutug‘ini ham rag‘batlantirsak, o‘quvchida yozma nutqni takomillashtirishga motivatsiya uyg‘onadi. Yana darslarimizda interaktiv imlo o‘yinlari, multimedialardan foydalansak darsning qiziqarliligi yanada ortadi. Xulosa qilib aytganda, so‘z qudrat
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada nutqimizda qo‘llayotgan so‘zlarimizning qudrati, hayot yo‘limizdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bayon etilib, go‘zal yozma va og‘zaki nutq mahoratiga ega bo‘lish yo‘llari ochib beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada nutqimizda qo‘llayotgan so‘zlarimizning qudrati, hayot yo‘limizdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bayon etilib, go‘zal yozma va og‘zaki nutq mahoratiga ega bo‘lish yo‘llari ochib beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- globallashuv, imlo, kasbiy faoliyat, qoidalar, jamiyat, Kalit so‘zlar: ma’naviyat, yozma nutq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014