К содержанию
РецензированоUZ2026

BUXORO XONLIGIDA DAVLAT BOSHQARUV TUZUMINING TARIXIY OMILLARI

TUZUMINING TARIXIY OMILLARI · Xakimov Jahongir Nematjon o‘g‘li

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Buxoro xonligining siyosiy-huquqiy boshqaruv tizimi va uning shakllanishiga ta’sir etgan tarixiy omillar kompleks yondashuv asosida tahlil etiladi. Xonlik davridagi davlat tuzumining asosiy unsurlari – oliy hokimiyat, diniy-huquqiy institutlar, urfi va shariat qonunlarining o‘zaro ta’siri, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va tashqi omillar alohida e’tiborga olinadi. Kalit so‘zlar: Buxoro xonligi, davlat boshqaruvi, shariat, urf-odat, siyosiy tizim, tarixiy omillar, qozikalon, qushbegi, amir. Markaziy Osiyo tarixida O‘zbek xonliklari muhim o‘rin tutadi. Bu xonliklarning siyosiy, huquqiy va ma’muriy tuzumi nafaqat o‘z davrida, balki keyingi tarixiy bosqichlarda ham O‘zbekiston davlat boshqaruv tizimining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Jumladan, Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklarining har biri o‘ziga xos boshqaruv modelini yaratgan bo‘lib, ular tarixiy, diniy, ijtimoiy va iqtisodiy omillar asosida shakllangan. Bularnining ichidan Buxoro xonligini alohida e’tirof etishimiz mumkin. Buxoro xonligi davlat boshqaruv tizimi XVI asrda Shayboniylar sulolasining Movarounnahrni egallashi bilan shakllana boshlagan. Ushbu tizim turli tarixiy, siyosiy, madaniy va iqtisodiy omillar taʼsirida rivojlandi va o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon qildi. XVI asr boshlarida zaiflashib borayotgan temuriylar saltanatiga Dashti Qipchoq tomondan ko‘chmanchi o‘zbeklar davlati xukmdori Muhammad Shohbaxt Shayboniy hujumi boshlangan. Shayboniyxon Samarqand, Buxoroni, Xisor viloyatini, Urganchni, Xirot hamda Balxni, shuningdek, Marv, Astrobod va Nishopur shaharlarini zabt etdi. Toshkent, Farg‘ona, Sirdaryo va Xorazm yerlari Afg‘onistonning Qandahor, Zamindovur viloyatlari egallagan. Dashti-qipchoq va qozoqlarga qarshi yurishlar natoijasida Sig‘noq, Yassi, Savron shaharlari qayta qo‘lga kiritiladi. Shunday qilib, Movarounnahr va Xuroson birlashtirildi va Shayboniylar sulolasi xukmronligi qaror topdi. Muhammad Shayboniyxon «Imom uz-zamon, xalifat ur-raxmon» unvonini olib o‘z qo‘lida dunyoviy va diniy hokimiyatni birlashtirdi. Oʻzbek xonliklari an’anaviy boshqaruv tizimi koʻp jihatdan Chingizxon imperiyasi davrida shakllangan davlat tuzumi va turkiy-mongol anʼanalariga tayanar edi. Masalan, harbiy-siyosiy boshqaruvda qabila va urug‘ tuzilmalarining o‘rni muhim bo‘lgan. Chingizxonning “Yasa” qonunlari va Amir Temur tuzgan tartib-qoidalar xonliklar boshqaruvida alohida o‘rin tutgan. Amir Temur va Temuriylar davlat https://scientific-jl.com/new 33 22 22 Volume–78_Issue-2_June-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS boshqaruvining markazlashgan tizimi Buxoro xonligida ham ko‘zga tashlangan. Temuriylar davrida rivojlangan viloyat boshqaruvi, soliqlarni yig‘ish tizimi va zodagonlarning davlat boshqaruvidagi roli Buxoro xonligining siyosiy tizimiga zamin yaratdi. Temuriylar davridan qolgan madaniy va iqtisodiy inshootlar Buxoroning markaz sifatida rivojlanishiga yordam berdi. Shariat qonunlari Buxoro xonligi davlat boshqaruvida asosiy huquqiy manba sifatida qabul qilindi. Ulamolar va diniy amaldorlar davlat ishlarida faol ishtirok etgan. Qozilar adolatni taʼminlash uchun ishlagan, shuningdek, shariat asosida mahalliy nizolarni hal qilgan. Xonlikda shariatning siyosiy va huquqiy tizimga singdirilishi diniy institutlarning nufuzini oshirdi va davlat boshqaruvida muhim omil bo‘ldi. Mahalliy boshqaruvda Buxoro xonligi davlat boshqaruvi feodal asosda shakllangan bo‘lib, viloyatlar mustaqil boshqaruv organlariga ega edi. Beklar va hokimlar viloyatlarni boshqarishda muhim rol o‘ynagan. Ular xonga soliqlar to‘lash va viloyat xavfsizligini taʼminlash majburiyatini olgan. Shuningdek, huquq tizimining rivojlanishiga, iqtisodiy omillar ham ta’sirqilgan. Soliqlarni yig‘ish tizimi davlat boshqaruvida asosiy iqtisodiy resurs bo‘lgan. Xonlikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va savdo bojlaridan tushgan daromad davlat moliyasini mustahkamlagan. Savdo markazlari va bozorlarni boshqarish uchun maxsus amaldorlar tayinlangan, ular ichki va tashqi savdo jarayonlarini nazorat qilgan. Harbiy boshqaruvda ham huquq muhim o’rin tutgan buni Buxoro xonligida harbiy boshqaruv davlat siyosatining markazida turganligidan ham bilishimiz mumkin. Mingboshi, yuzboshi va boshqa harbiy lavozimlar davlat xavfsizligini taʼminlagan. Harbiy qo‘mondonlar davlatni mustahkamlashda faol ishtirok etgan va viloyatlarda hokimiyatni saqlashda yordam bergan. Movarounnahrda Shayboniylar sulolasining o‘rnatilishi bilan davlat boshqaruvi va ijtimoiy hayotida vujudga kelgan o‘zgarishlar davlatchilik taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab berdi. Xususan, ijro hokimiyati vakillarining xon o‘rdugohida doimiy tarzda hozir bo‘lishi, ijro masalasida mukammallik va tez fursatlarda vazifalarni bajarish imkoni bergan. Shuningdek, har bir ijro hokimiyatining maxsus ular bajaradigan vazifalar bo‘yicha nomlar bilan nomlanishi, davlatchilikda mansablar terminologiyasini paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Ma'naviy hayotdagi tashabbus va yetakchilik hukmdorlar, yuqori tabaqa vakillari ora

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Buxoro xonligining siyosiy-huquqiy boshqaruv tizimi va uning shakllanishiga ta’sir etgan tarixiy omillar kompleks yondashuv asosida tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Buxoro xonligining siyosiy-huquqiy boshqaruv tizimi va uning shakllanishiga ta’sir etgan tarixiy omillar kompleks yondashuv asosida tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: Buxoro xonligi, shariat, urf-odat, tarixiy omillar, qozikalon, davlat boshqaruvi, amir., siyosiy tizim, qushbegi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники