К содержанию
РецензированоUZ2025

MURIDIZM VA KAVKAZ URUSHLARI: K.P. FON KAUFMANNING TAJRIBALARI (N.X. KNAUERNING ‘QADIMIY YURTDAGI NEMISLAR’ KITOBI MATERIALLARI ASOSIDA)

Ibroimov Ruslan Najmiddin óģli · Email: Ibroimovruslan@gmail.com · Mavrikievna Berx · Kavkaz siyosati · Vilyam-Fenvik Vilyams.

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Rossiya imperiyasi harbiy arbobi va davlat xizmatchisi Konstantin Petrovich fon Kaufmanning XIX asrda Kavkazdagi harbiy-siyosiy faoliyati yoritiladi. Muallif Kaufmanning Imom Shomilga qarshi harbiy harakatlardagi ishtiroki, Dargo va Guni kabi strategik ahamiyatga ega hududlar uchun olib borilgan janglar, shuningdek, Qrim urushi davrida Kars qal’asi atrofida olib borilgan razvedka va muhim harbiy amaliyotlar haqida so‘z yuritadi. Maqolada Kaufmanning shaxsiy fazilatlari, jumladan, uning sadoqati, harbiy jasorati, insonparvarlik tamoyillari, musulmon xalqlari bilan o‘zaro hurmat asosidagi munosabatlari va oila hayoti tafsilotlari ham keltirilgan. Tarixiy manbalar asosida tayyorlangan mazkur maqola Rossiya-Turk urushlari, Kavkaz siyosati va XIX asr harbiy-diplomatik munosabatlarini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so’zlar: Konstantin Petrovich fon Kaufman, Kavkaz urushi, Imom Shomil, Guni, Dargo, Qrim urushi, Kars qal’asi, razvedka, rus-turk urushlari, Rossiya imperiyasi, harbiy tarix, musulmon xalqlari, harbiy axloq, XIX asr, Sevastopol mudofaasi, fortifikatsiya, Yuliya Mavrikievna Berx, Kavkaz siyosati, Muravyov-Karskiy, Vilyam-Fenvik Vilyams. 1843-yil 14-martdan boshlab K.P. fon Kaufmanning Kavkazdagi 14 yillik xizmat davri boshlanadi. U darhol “uzluksiz to‘qnashuvlar, og‘ir yurishlar va bulutlar ostida joylashgan tog‘ qishloqlarining qahramonona hujumlari muhitiga tushdi”. Kavkazda “qattiq” va uzoq davom etgan urush olib borilar edi. Mintaqani Rossiya imperiyasi tarkibiga qo‘shish bo‘yicha deyarli yuz yilga cho‘zilgan jarayon nihoyatda murakkab kechdi. Ayrim xalqlar imperiya tarkibiga tinch yo‘l bilan qo‘shilgan edi. Tarixan Gruziya, Armaniston, Kabarda, Osetiya va boshqa hududlar Rossiyaga intilgan edi. Ba’zi hududlar esa katta harbiy kuch sarflab zabt etildi. Bu orada mintaqa hududiga qo‘shni davlatlar tomonidan qilinayotgan tajovuzlarga ham harbiy kuch bilan qarshi turishga to‘g‘ri kelgan. Tiflis markazi bo‘lgan “Kavkaz o‘lkasi” maxsus boshqaruv shakliga ega bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri imperatorga bo‘ysunardi. 1816-yilda mintaqadagi barcha rus qo‘shinlari general Aleksey Petrovich Yermolov (1777–1861) qo‘mondonligi ostida Kavkaz korpusi tarkibiga birlashtirildi. Yermolov Kavkazdagi rus xizmatining asosiy vazifalarini quyidagicha belgilagan edi: “... talon-tarojga yo‘l qo‘ymaslik, hech bir bosqinga jazosiz qoldirmaslik, ikkinchi qadamni birinchisidan avval tashlamaslik, harbiy bazalar, tayanch punktlar qurish, istehkomlar va yo‘llar barpo etish” K.P. fon Kaufman Kavkazga Checheniston, Dog‘iston va Shimoliy-G‘arbiy Kavkazda tog‘lik xalqlarning bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashi avj olgan davrda kelgan edi. Tog‘lik xalqlar (Yevropada ularni “cherkeslar” deb atashgan) ichki nizolar, o‘zaro urushlar, vabo epidemiyasi bilan zaiflashgan edi, biroq ularning deyarli barchasini myuridizm targ‘ibotining kuchli da’vati va Qozimullo tomonidan e’lon qilingan ruslarga qarshi gazavot birlashtirdi Qozimulloning g‘azabli chaqiriqlari erkinliksevar 3 94 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ jangchilarda qurol olish ishtiyoqini yanada kuchaytirdi. Qozimullo faqat Avaristonda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Avarlar — o‘zlarining metallga naqsh solish, tosh va yog‘och o‘ymakorligidagi mohirligi bilan mashhur bo‘lgan xalq — myuridizm targ‘ibotchisini qabul qilishmadi. Musulmonlar orasidan, ayniqsa “hukumatga sadoqatli va fidokorligi bilan tanilgan”, avvalo avar qabilasi vakillari orasidan myuridizmga qarshi kurashda ishtirok etuvchi mahalliy musulmonlardan tashkil topgan maxsus qismlar tuzilgan edi Qozimullo 1842-yil 17- oktabrda halok bo‘ldi, ko‘p o‘tmay uning o‘rinbosari Gazmat-bek ham o‘ldirildi. Harakat boshiga Qozimulloning boshqa bir safdoshi — Shamil (1797-yilda tug‘ilgan) keldi. 1834-yilda u (Shamil) o‘ziga imom unvonini berdi, deyarli tik qoyada joylashgan, o‘zi “Axulgo” (“Panoh joyi”) deb atagan mustahkam tayanch nuqtasini barpo etdi (bu joy 1839-yilda qulab tushgan), va myuridizm targ‘ibotini davom ettirdi. Shamilning qarorgohi Dargo qishlog‘ida joylashgan edi, bu joy 1845-yil may–iyul oylarida amalga oshirilgan harbiy yurish (Dargo yurishi — “eng qonli va mutlaqo ma’nosiz”) natijasida yakson qilindi. Vaziyatni real baholagan holda, Shamilning naiblari (ya’ni vakillari, o‘rinbosarlari) — kuchli, jasur va prinsipial kishilar — o‘z ixtiyori bilan Kavkazdagi imperator vakili knyaz A.I. Baryatinskiyga (1815–1879) kelishdi. Keyinchalik, 1859-yil 26-avgust kuni, Kavkazdagi eng yirik qishloq — Gunibda Shamil ham g‘olib oldida taslim bo‘ldi. (Hayotining qolgan qismini u o‘zining ko‘plab haram a’zolari bilan birga Kalugada, so‘ngra Kiyevda tinch hayot kechirgan. U haj safariga chiqib, Makka va Madina shaharlariga borgan, aynan shu yerda vafot etgan. Gunibning qahramonona bosib olinishi va Shamilning asirga olinishi myuridizm targ‘ibotiga hal qiluvchi zarba berdi va Kavkazdagi harbiy harakatlarning ast

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Rossiya imperiyasi harbiy arbobi va davlat xizmatchisi Konstantin Petrovich fon Kaufmanning XIX asrda Kavkazdagi harbiy-siyosiy faoliyati yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Rossiya imperiyasi harbiy arbobi va davlat xizmatchisi Konstantin Petrovich fon Kaufmanning XIX asrda Kavkazdagi harbiy-siyosiy faoliyati yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Konstantin Petrovich fon Kaufman, fortifikatsiya, Guni, Vilyam-Fenvik Vilyams., Rossiya imperiyasi, Qrim urushi, Kars qal’asi, Kavkaz siyosati, Dargo, rus-turk urushlari, XIX asr, Imom Shomil, Muravyov-Karskiy, razvedka, Sevastopol mudofaasi, Kavkaz urushi, harbiy tarix, musulmon xalqlari, Yuliya Mavrikievna Berx, harbiy axloq
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники