Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SULTON HUSAYN MIRZO DAVRIDA KURASH HAQIDA
Jurayev Sherzod Norovich
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article explores the development of wrestling as a scientific and cultural discipline during the reign of Sultan Husayn Mirza. It highlights the significant contributions of notable figures such as Pahlavon Muhammad Abusaid and Darveshmuhammad, who were not only renowned for their physical prowess but also respected for their scholarly knowledge. The article emphasizes how wrestling intersected with literature, music, and religious studies, as recognized by personalities like Alisher Navoi and Sultan Husayn himself. Detailed descriptions of training methods, competitions, and literary works on wrestling illustrate how this martial art reached its peak and became an integral part of the intellectual life in Herat. Keywords: Sultan Husayn Mirza, Pahlavon Muhammad Abusaid, Darveshmuhammad, wrestling art, Herat, Alisher Navoi, science, culture, historical figures, physical training, history of wrestling. Husayn Boyqaro davridagi yirik shaxslardan biri Pahlavon Muhammad Abusaid bo‘lib, o‘z davridagi eng kuchli pahlavonlardan biri bo‘lib, ilm fan sohalarida ham mashhur bo‘lgan. Alisher Navoiy o‘z tazkiralarida “Pahlavon Muhammadkim, ko‘p fazilat bila orastadurkim, xususan gushtigirliq fannida. 3 66 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bovujidi ulkim, ul fan oning haqqi va mulkidir, ma’lum emasdurkim, hargiz bir kimsa bu fanda andoq paydo bo‘lmish bo‘lg‘ay. O‘zga fazoyiliga ko‘ra dun martabasidur va musiqiy va advor ilmining benaziridir.” Navoiy hazratlari uning iqtidorini tan olish bilan birga unga bag‘ishlab Astrobodda turganda ruboiy bag‘ishlab yozib yuboradilar. Ushbu ruboiyda ibodatda ham saharu shomda ham sening duoing bilanmiz, seni doim yod etamiz deb yozadi. Bunga javoban pahlavon Muhammad Astrobod balki senga yaxshidir ammo biz sening Astroboddaligingdan xarobmiz deb yozadi. Uning she’rlari yuqori qadrlanganligini, hatto bir she’ri uchun Sulton Husayn Mirzo o‘n ming oltin inoyat qilganligi manbada yoziladi. Mana o‘sha o‘n ming oltin tangali misra: Guftamash dar olam ishqi tu koram, ba g‘am ast. Guft xandon zeri lab: “g‘am nest, kori alomast”. Unga dedim: Olamda ishim sening ishqing bo‘ldi, g‘amliman. Lab burib kuldi va dedi: “hechqisi yo‘q, dunyo ishi shunaqa”. Alisher Navoiyning Tazkiratush-shuaro asarining to‘rtinchi majlisi aynan Pahlavon Muhammad zikri bilan boshlanib undan keyin Amir Atoullo, Mir Husayn Muammmoiy kabilarning kelishi kurashchining olimlar orasida o‘rni katta ekanligidan darak beradi.Keltirilishicha Sulton Husayn majlisida movlonozoda Mullo Usmon bilan shayxulislom va qozi Nizom tezlashib qoladi. Shayxulislom dedi: bu gap Mir Sayyid Sharif va mavlono Sa’diddinning “Miftoh” ga yozgan sharhlarida bor. Mavlono Nizomiddin esa bu kitob yo‘q, sharhni olib kelinglar deydi. Shunda Pahlavon hojati yo‘q dedidilar va kerakli joylarini yoddan o‘qiy boshlaydi. Har mavzusidan bir sahifadan o‘qiydi. Majlisda g‘ala-g‘ovur boshlanadi. Qozi Nizomiddinning fikri isbotini topadi. Oliy mansab egalari, Sulton Husayn hamda aslzodalar va ulug‘lar yig‘ilgan majlisda shayxulislom bir masalani ikki marta gapiradi. Shayxulislom ikki marta qaytardi. Bu hol shoxga yoqmaydi. Pahlavon masalani qaytaradi, Sulton Husayn mirzo masalani darhol tushunadi. Majlis tarqagach shayxulislom tashqariga chiqib, majlisda shunday ulamo shunday podsho bo‘laturib, kurashchi odamning malikulkalomlik qilishi qanday bo‘ladi deydi. Bu gap Sulton Husayn Mirzoga yetqaziladi. Sulton Husayn aytadiki bu majlis Shayxulislom va ulamo uchun chaqirilgani to‘g‘ri. Agar Pahlavon Muhammadning bu majlisda so‘zlashga qobilyati va layoqati borakan, Shayxulislomning uni cheklashlari to‘g‘ri emas Shayxulislomga Sulton Husaynning gapi yetqazilganda akobirlar bilan buni muhokama qiladi. Oxiri uylab turib, insof bilan aytganda pahlavon Muhammadni ulamo majlisida so‘zlashdan man qilmaslik kerak deydi. Demak kurashchi deb tanilgan shaxsning olimligini ulamolar tan olgan. Pahlavon Muhammad kurash san’ati bo‘yicha bir kitob yozadilar, bu kitob balog‘at ilmining eng yorqin nomunasidir deb ta’rif beriladi. Pahlavon Hofiz Sheroziyning ko‘p g‘azallarini yod olganligini Vosifiy aytib o‘tadi. Muhammad Abusaidning jiyani Darveshmuhammad mavlono Shayx Husaynning o‘n ikki mohir talabasidan biri Hikmat ismli olimning “Hidoya”ga yozgan sharhini nazmga solgan xullas ilmda ancha fozil sanalgan. Xurosonda Iroqdan bir pahlavon Hirotga boraman, pahlavonlarni zo‘ri bilan kurash tushaman deb aytibdi degan gap tarqaldi. Uning ismi Pahlavon Ali Rustoiy bo‘lib ko‘p podsholarning tavsiya xati bor ekan. Pahlavon Muhammad Darveshmuhammadni o‘qishdan olib kurashga tayyorlay boshlaydi. Uning yoniga ko‘ngilli yoshlardan o‘ntasini olib tayyorgarlik boshlanadi. 3 67 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Qoyidagi mashqlar qilinadi. 1. O‘n kishini navbatma-navbat ko‘tarib otish. 2. To‘rt yigit birdan
Доказательный фрагмент
«This article explores the development of wrestling as a scientific and cultural discipline during the reign of Sultan Husayn Mirza.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the development of wrestling as a scientific and cultural discipline during the reign of Sultan Husayn Mirza. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sultan Husayn Mirza, Pahlavon Muhammad Abusaid, Darveshmuhammad, Sulton Husayn Mirzo, Alisher Navoiy, tarixiy shaxslar, ilm-fan, kurash san’ati, madaniyat, jismoniy tayyorgarlik, Hirot, kurash tarixi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026