Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTAB O'QUVCHILARIGA AXLOQIY TARBIYA BERISHNING BA'ZI USULLARI VA MUAMMOLARI
VA MUAMMOLARI · Ibaydayeva Munisa Aybek qizi · Bekbo'sinova Laylo · Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI.
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Ilmiy maqolada maktab o’quvchilariga axloqiy ta’rbiya berishning ahamiyati, yo’llari, axloqiy tarbiya berishda maktab darslarining roli, fan to’garaklarining ahamiyati va o’qituvchilar tomonidan olib boriladigan turlicha tadbirlarning tutgan o’rni haqida so’z boradi. Tayanch tushunchalar: Maktab o’quvchilari, axloqiy tarbiya, milliy tarbiya, mustaqillik, insoniy fazilatlar, madaniyat, ma’naviyat, mustaqil fikrlash, jismoniy salomatlik. Axloq-xulq va atvor so'zlari arabcha so'z bo'lib, ular o'zbek tilida ha’m o‘z ma’nosida ishlatiladi. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri, ijtimoiy qoida bo‘lib, bu tartib-qoida ijtimoiy hayotning istisnosiz hamma sohalarida kishilarning xatti-harakatlarini tartibga solish funksiyasini bajaradi. Axloq-ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanib, har bir kishining jamiyat va oiladagi yurish-turishi, tartib qoidalarining yig'indisi sifatida gavdalanadi. Demak, jamiyatga, oilaga, mehnatga bo'lgan munosabatlarda axloq namoyon bo'ladi. Olimlar axloq haqida turlicha fikr bildirsalarda, ularning barchasi insonni mukammallikka erishtirishga xizmat qiluvchi mezonlardan tashkil topganligini guvohi bo‘lamiz. «Axloq insonlarni yaxshilikka chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdir. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur. Agar nafs tarbiyat topib, yaxshi ishlami qilurga odat qilsa, yaxshilikka tavsif bo‘lib, «yaxshi xulqlar», agar tartibsiz o‘sib, yomon ishlar qiladurg‘on bo‘lib ketsa, yomonlikka tavsif bo‘lib, «yomon xulqlar» deb atalur». «Axloq tarbiyasi insonni axloqiy barkamollikka yetkazish va uning bashariyat jamiyatiga foydali inson qilib tarbiyalashdan iboratdir... Bolalar suvga o‘xshaydilar. Suv qaysi rangdagi idishda bo‘lsa, o‘sha rangda tovlangani kabi, bolalar ham qanday muhitda bo‘lsalar o‘sha muhitning shunday odat va axloqini qabul qiladilar. Axloqiy ta’rbiyaning eng buyuk sharti shundan iboratki, bolalar ko‘proq yaxshi va yomon axloqni o‘z uylaridan, ko‘chadagi o‘rtoqlaridan, maktabdagi o‘qituvchilardan qabul qiladilar». Demak, axloq butun insoniyatga xos bo‘lgan tushunchadir. Uning mohiyati shaxs xatti-harakatlari, turmush tarzi, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Axloqiy tarbiya mazmuni asosan quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: Jamiyatga, Vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash. Bu xildagi munosabatlar shaxsning vatanparvarligi, fuqaroviy yetukligi, baynalminallik kabi fazilatlarda aks etadi, uning maqsadlarida vatan boyliklarini ko‘paytirish, mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Mehnatga axloqiy munosabatni tarbiyalash. 3 73 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bu axloqiy munosabat shaxsning mehnat jarayonida namoyon bo‘ladigan yuksak ongida, mehnatning hayotdagi rolini anglashida, xususiy va jamoa mehnatiga tayyorlik, mehnatsevarlikda ifodalanadi. Atrofdagi kishilarga axloqiy munosabat. Shaxsning jamoatchilik, ko‘pchilik manfaatini o‘z shaxsiy manfaatidan ustun qo‘yishidir. Shaxsning o‘ziga, o‘z xulqiga axloqiy munosabatni tarbiyalashi bu o'quvchini ongli intizom ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Maktabda o'quvchilarga axloqiy tarbiya berishda xilma-xil usullar qo'llaniladi: - dars, ta’lim jarayonida axloqiy tarbiyani qo'shib olib borish; - ahil, inoq uyushtirilgan intizomli jamoa orqali axloqiy tarbiya berish; - to‘g‘ri rejalashtirilgan tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish orqali; - maktabda ijobiy emotsional sharoit yaratish orqali. Masalan, Mustaqillik kuni, Navro‘z bayrami; - barcha o‘quvchilarning maktabdagi umumiy va yagona tartib qoidaga rioya qildirish orqali; - o’quvchilar bilan tu’rli tushuntirish, uqtirish, suhbat, munozara, rag'batlantirish, jazolash usullaridan foydalanish orqali; - maktabda tarbiyaviy soatlar, «Tarbiya», «Ma’naviyat asoslari» darslari saviyasini oshirish orqali; - maktabda ilg'orlari, ilm-fan xodimlari, mehnat faxriylari, bilan uchrashuvlar uyushtirish orqali; - maktabda turli kechalar, olimpiada, festival, musobaqalar o'tkazish, turli axloqiy-ma’rifiy teleradio eshittirishlaridan foydalanish; - dars va tarbiyaviy tadbirlar jarayonida milliy qadriyat va an’analarimiz aks etgan asarlarni o‘qib-o‘rganish orqali. - Insonning ma’naviyati uning odobi, xulqi, madaniyatidan tashkil topadi. Ma’naviyat esa aqliy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Sifat alohida bir shaxsning muayyan bir xislatini ifodalovchi kategoriyadir. Fazilat - alohida shaxs, el, elat, xalq ulusga taaluqli bo'lgan ijohiy axloqiy sifat majmuyidir. Odamning inson sifatida shakllana borishi jarayonida uning kamolot darajasi odob, axloq, madaniyat, ma’naviyat elementlarining unda qanchalik mujassamlashganligi bilan belgilanadi. Shu o'rinda bu kategoriyalarning mohiyati ustida to‘xtalib o‘tish joizdir. Odob - har bir insonning o‘zi bir inson yoki jamoa bilan bo‘lgan muloqotida hamda yurish-turishida o‘zini tuta bi
Доказательный фрагмент
«Ilmiy maqolada maktab o’quvchilariga axloqiy ta’rbiya berishning ahamiyati, yo’llari, axloqiy tarbiya berishda maktab darslarining roli, fan to’garaklarining ahamiyati va o’qituvchilar tomonidan olib boriladigan turli…»
Образец извлечения
Демо-превьюIlmiy maqolada maktab o’quvchilariga axloqiy ta’rbiya berishning ahamiyati, yo’llari, axloqiy tarbiya berishda maktab darslarining roli, fan to’garaklarining ahamiyati va o’qituvchilar tomonidan olib boriladigan turli… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- axloqiy tarbiya, jismoniy salomatlik., milliy tarbiya, ma’naviyat, insoniy fazilatlar, Maktab o’quvchilari, mustaqil fikrlash, mustaqillik, madaniyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024