Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SOLIQ INTIZOMINI BOSHQARISHNING ASOSIY FUNKSIYALARI VA PRINSIPLARI
Ismatov Ismatillo Inoyatovich
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article discusses the theoretical foundations of tax discipline management, its role and significance in economic management. The main functions of tax discipline management - tax collection, control over compliance with tax legislation, work with taxpayers, as well as the processes of ensuring the transparency of tax policy - are analyzed. The article also focuses on the basic principles of tax management - the principles of legality, fairness, openness and efficiency. The problems and shortcomings of the existing system are considered and proposals are developed to eliminate them. The article is aimed at improving the tax system, increasing tax revenues and introducing effective management mechanisms. Keywords: tax discipline, tax policy, tax authorities, taxpayer, tax functions, management principles, tax control, digital tax system, efficiency, transparency. ОСНОВНЫЕ ФУНКЦИИ И ПРИНЦИПЫ УПРАВЛЕНИЯ НАЛОГОВОЙ ДИСЦИПЛИНОЙ Аннотация. В данной статье рассматриваются теоретические основы управления налоговой дисциплиной, ее роль и значение в управлении экономикой. Анализируются основные функции управления налоговой дисциплиной - сбор налогов, контроль за соблюдением налогового законодательства, работа с налогоплательщиками, а также процессы обеспечения прозрачности налоговой политики. В статье также уделяется внимание основным принципам налогового менеджмента - принципам законности, справедливости, открытости и эффективности. Рассматриваются проблемы и недостатки существующей системы и разрабатываются предложения по их устранению. Статья направлена на совершенствование налоговой системы, увеличение налоговых поступлений и внедрение эффективных механизмов управления. Ключевые слова: налоговая дисциплина, налоговая политика, налоговые органы, налогоплательщик, налоговые функции, принципы управления, налоговый контроль, цифровая налоговая система, эффективность, прозрачность. 174 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Kirish. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning eng muhim vositalaridan biri bu – soliq tizimidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetini shakllantirish, ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish, tadbirkorlik muhitini tartibga solish va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda soliqlarning o‘rni beqiyosdir. Soliq tushumlarining to‘g‘ri va o‘z vaqtida byudjetga tushishini ta'minlash, soliq qonunchiligi talablari bajarilishi ustidan tizimli nazorat olib borish esa soliq intizomini boshqarishning asosiy vazifalari sirasiga kiradi. Soliq intizomini boshqarish deganda soliq organlari tomonidan soliqlarni belgilangan tartibda yig‘ish, nazorat qilish, soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro munosabatlarni tartibga solish, ularning huquqlari va majburiyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, soliq qonunchiligini to‘g‘ri qo‘llashga yo‘naltirilgan boshqaruv tizimi tushuniladi. Ushbu boshqaruv jarayoni qat’iy qonunchilik asosida amalga oshiriladi va davlat moliyaviy siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi. Bugungi globallashuv va raqamli iqtisodiyot sharoitida soliq intizomini boshqarish oldida yangi talab va vazifalar paydo bo‘lmoqda. Xususan, soliq to‘lovchilarning o‘z vaqtida va to‘liq hisobot berishini ta'minlash, soliqlardan bo‘yin tovlashning oldini olish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish, hamda soliq yuki adolatli taqsimlanishini kafolatlash kabi dolzarb masalalar soliq boshqaruvidan yuqori samaradorlikni talab qilmoqda. Shu bois, mazkur maqolada soliq intizomini boshqarishning mazmuni, uning asosiy funksiyalari va amal qilinadigan prinsiplar chuqur tahlil qilinadi. Maqolaning asosiy maqsadi – soliq ma’muriyatchiligi tizimining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy asoslarni o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdir. Tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi va unda amalga oshirilayotgan intizomini boshqarishning sohasidagi islohotlar qaraladi. Tadqiqot predmeti – soliq intizomini boshqarishning funksiyalari, prinsiplar tizimi hamda ularning samaradorligini oshirish yo‘llaridir. Asosiy qism. Soliq intizomini tushunchasi va uning mohiyati Soliq intizomi deganda yuridik va jismoniy shaxslarning amaldagi soliq qonunchiligi talablariga rioya qilgan holda, o‘z vaqtida va to‘liq soliq to‘lovlarini amalga oshirishi tushuniladi.1 Bu tizim nafaqat byudjet daromadlarini to‘plashga xizmat qiladi, balki iqtisodiy jarayonlarning barqarorligini ta’minlash, moliyaviy tartib-intizomni mustahkamlash hamda soya iqtisodiyotini qisqartirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Batafsil qilib aytganda, soliq intizomi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Soliq qonunchiligini bilish va unga amal qilish – soliq to‘lovchilar o‘zlariga tegishli soliq majburiyatlarini bilib, ularni bajarishi kerak. 2. Hisobotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida topshirish – deklaratsiyalar, soliq hisoboti va boshqa hujjatlar qonun belgilagan muddatlarda topshirilishi lozim. 3.
Доказательный фрагмент
«This article discusses the theoretical foundations of tax discipline management, its role and significance in economic management.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the theoretical foundations of tax discipline management, its role and significance in economic management. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tax discipline, tax policy, tax authorities, taxpayer, tax functions, management, soliq organlari, soliq funksiyalari, boshqaruv prinsiplari, soliq siyosati, soliq intizomi, soliq to‘lovchi, samaradorlik, soliq nazorati, raqamli soliq tizimi, shaffoflik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025