Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOLALAR RAQSI: XOREOGRAFIYA YORDAMIDA IJODIY QOBILIYATNI RIVOJLANTIRISHNING METODOLOGIK TAMOYILLARI
RIVOJLANTIRISHNING METODOLOGIK TAMOYILLARI · Dilafruz Dosjanova
Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2023
Аннотация
Mazkur maqolada О‘zbekistonda xoreografiya ta’limi orqali bolalarni ijodiy qobiliyatini oshirish bо‘yicha tavsiyalar berilib, ta’lim usullari tadqiq qilingan. Kalit sо‘zlar: ruhiyat, bolalar olami, о‘yinli raqslar, raqs ta’limi, konseptual asoslar, qobiliyat, metodlar, xoreograf-pedagog mahorati. Bugungi kunda kelajagimiz uchun barkamol va yetuk yosh avlodni tarbiyalash, uning badiiy-ijodiy salohiyatini rivojlantirish masalasi alohida ahamiyatga ega. Muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev 2023-yilning 22-dekabr sanasida Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan uchrashuv jarayonida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusidagi qilinadigan ustuvor vazifalarni belgilab berdilar [1]. Jumladan, musiqa va raqs san’atini ravnaq toptirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi ta’kidlandi. Xususan, “Bahor” raqs ansambli ilgari Filarmoniya joylashgan mashhur san’at saroyida faoliyat yuritishi; taniqli ashula va raqs ansambllarining xorijga gastrol safarlari kо‘paytirilishi; musiqa va raqs san’ati masalalarini ilmiy о‘rganish, sohada ilmiy kadrlarni kо‘paytirish maqsadida ilmiy tadqiqotlar uchun grantlar joriy qilinishi ta’kidlandi. Belgilangan vazifalarni jamiyatimiz ravnaqi yо‘lida samarali va sifatli natijasini kо‘rsatish uchun, yuqori intellektual, о‘zining mustaqil noan’anaviy va innovatsion yondashuvi bilan dolzarb muammolarning yechimini topa oladigan ijodiy soha vakillarini jalb qilish maqdadga muvofiqdir. Bunday talab о‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda yangicha uslub va shakllarni izlashga undaydi. Mazkur yondashuv aynan bolalar dunyosi tadqiqotchilarida katta qiziqish uyg‘otadi, chunki bu jarayonda ularning “shaxs” sifatida ulg‘ayishi, ma’naviy dunyoqarashi, о‘zini erkin his qilish va idrok etish tomonlari shakllanadi. Bu davrda esa ularga tо‘g‘ri yо‘nalish va tarbiya berish ota-onalarning va ustozlarning mas’uliyatli vazifalaridandir. Ma’lumki, bolalik davri psixologik nuqtai nazardan ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda eng yaxshi davr hisoblanadi. Kichik yoshida bolalar о‘ta qiziquvchan bо‘lib, olamni katta ishtiyoq bilan anglaydi. Bu borada ota-onalar ularning qobiliyatlarini о‘stirish, qiziqishlarini tо‘liq shakllantirish maqsadida turli xil ijodiy tо‘garaklarga jalb qiladi. Bilim va tajribani oshirish esa - kelgusi ijodiy faoliyat uchun mustahkam zamin yaratib beradi. Qolaversa, bolalarning fikrlash darajasi, kattalar ongida mustahkam о‘rnashib qolgan qonun - qoidalar, qо‘yilgan chegaralarga nisbatan birmuncha erkin va mustaqil bо‘ladilar. Bu muhim jihatlarni vaqtida payqash va har tomonlama rivojlantirish darkor. Xoreografiya san’ati esa - bolalarning aqliy va jismoniy jihatdan barkamol ulg‘ayishlarida muhim ijobiy rol о‘ynaydi. Bolalarni ularning yoshiga munosib о‘yinli raqslar vositasida tarbiyalash masalasining samaradorligi mazkur san’atning sintezlashgan xarakterida, xususan, musiqa, ritmika, tasviriy san’at, teatr va plastik harakatlarning mujassam etilishida kо‘rinadi. Mazkur maqola muallifining “Роль педагога-хореографа в детских танцевальных коллетивах” [2.31] 108 sarlavha ostidagi maqolasida bolalarning yoshiga muvofiq, о‘yin orqali о‘rgatiladigan raqslar metodikasi borasida amaliy illyustrativ tavsiyalar berib о‘tilgan. Kichkintoylarni estetik tarbiyalashda xoreografiyaning о‘rni beqiyos bо‘lsa ham, uning asl imkoniyatlaridan bugungi kunga qadar tо‘liq foydalanilmay kelinmoqda. Sababi, xoreografiyaga ixtisoslashgan о‘quv maskanlari asosiy e’tiborni raqs ta’limiga qaratgani holda, emotsional, ruhiy va tarbiyaviy tomonlari biroz chetda qolayotganga о‘xshaydi. Xoreografiya san’atida bolalarni estetik tarbiyalashning kо‘plab shakllari mavjud. Xususan, mazkur san’at о‘sib kelayotgan yosh avlodga vizual, eshitish, harakat qilish, hissiyot, emotsional ta’sirlanish yordamida olamni idrok etishga о‘rgatadi, aqliy toliqishning oldini olib, kelajakka intilish uchun kuch beradi. Bolalarning sahnada mahorat bilan erkin, yengil va parvozli raqs ijro etishlari ortida bolalar va ustozlarning mashaqqatli mehnati turganligini ba’zida unutmaslik kerak. Yosh avlod bilan ishlash - bu har daqiqani mas’uliyat bilan his qilish, barkamol shaxs bо‘lib ulg‘ayishlari uchun bolalarga о‘zining hayotiy va ruhiy kuchini baxshida etish demakdir. Bunday murakkab jarayon bolalar bilan taqdirini bog‘lagan har bir mutaxassisga taalluqli. Respublikamizda ta’lim tizimining turli bosqichlari uchun ishlab chiqarilayotgan dasturlar yoshlarning ma’naviy-axloqiy jihatdan kamol topishi, ularni mustaqil hayotga tayyorlab, jamiyat va davlatimiz ravnaqi uchun yetuk inson bо‘lib yetishishlariga qaratilgan. Axloqiy tarbiya tushunchasini ilk bor amaliyotga F. Shiller kiritgan bо‘lib, uning zamirida nafaqat san’atni idrok etish, tushunish, balki estetik tarbiya yordamida barkamol insonni shakllantirish maqsadi mujassam. Xoreografiya mashg‘ulotlaridagi estetik tarbiya jarayonida har bir bolaning maxsus, individual qobiliyati s
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada О‘zbekistonda xoreografiya ta’limi orqali bolalarni ijodiy qobiliyatini oshirish bо‘yicha tavsiyalar berilib, ta’lim usullari tadqiq qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada О‘zbekistonda xoreografiya ta’limi orqali bolalarni ijodiy qobiliyatini oshirish bо‘yicha tavsiyalar berilib, ta’lim usullari tadqiq qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- xoreograf-pedagog mahorati., bolalar olami, о‘yinli raqslar, konseptual asoslar, metodlar, qobiliyat, ruhiyat, raqs ta’limi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014