К содержанию
РецензированоUZ2026

TALABALARNI TA'LIMIY QADRIYATLAR ASOSIDA PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA TA'LIM TEXNOLOGIYALARINING O'RNI

TEXNOLOGIYALARINING O'RNI · Choriyeva Surayyo Choriyevna

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ta'lim qadriyatlarining ijtimoiy va shaxs omiliga yo'nalganlik xususiyatini ochib beradi. Ijtimoiy qadriyatlar, shu jumladan, ta'limiy qadriyatlar ham shaxsni shakllantirishga xizmat qilishi, uning qadr-qimmatini oshirishi, pedagoglar tomonidan shaxs omilining ta'lim- tarbiya jarayonlarining yetakchi subyekti sifatida tan olishini ta'minlashi, unda erkin va mustaqil fikrlash, shuningdek, ijtimoiy faollik ko'nikmalarini shaklantirishga yordam berishi maqsadga muvofiqdir. Kalit so'zlar: Ta'lim, qadriyatlar, ijtimoiy omil, yo'nalganlik, xususiyat, Ijtimoiy qadriyatlar, ta'limiy qadriyatlar, qadr-qimmat, pedagog, ta'lim-tarbiya jarayonlari, subyekt, ta'minlash, mustaqil fikrlash. Xalqimizning milliy ongi, milliy g'ururi, milliy iftixori, ma'naviy dunyosi kundan-kunga boyib bormoqda. Bu esa mustaqil davlatimizning ma'naviy asosini tashkil qiladi. Demak, ma'naviyat qay darajada shakllangan bo'lsa, u shunchalik taraqqiyotga xizmat qilgan. Milliy uyg'onish, milliy g'urur, milliy tuyg'uning tiklanishi-bu milliy rivojlanish bilan uzviy bog'liq bo'lgan tabiiy qonuniy jarayondir. Milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an'analarimiz qayta tiklanib yanada rivojlangandagina jamiyatimizda o'tkazilayotgan islohotlar muvaffaqiyatli amalga osha oladi, chunki ma'naviy barkamol, ma'rifatli, ruhan bardam, yangicha tafakkurlash qobiliyatiga ega insongina istiqlol va taraqqiyot yo'lini sharaf bilan o'ta oladi. Shunday ekan, xalqimizning madaniy merosi, yuksak ma'naviy qadriyatlarini chuqur va atroflicha o'rganib, ularni Respublikamizda yashovchi har bir insonning ongiga singdirib, ayniqsa, yosh avlodni ma'naviy yetuk, fidoyi kishilar etib tarbiyalash hozirgi kunda dolzarb muammolardan hisoblanadi. Ta'lim qadriyatlarining ijtimoiy va shaxs omiliga yo'nalganlik xususiyatini ochib beradi. Ijtimoiy qadriyatlar, shu jumladan, ta'limiy qadriyatlar ham shaxsni shakllantirishga xizmat qilishi, uning qadr-qimmatini oshirishi, pedagoglar tomonidan shaxs omilining ta'lim-tarbiya jarayonlarining yetakchi subyekti sifatida tan olishini ta'minlashi, unda erkin va mustaqil fikrlash, shuningdek, ijtimoiy faollik ko'nikmalarini shakllantirishga yordam berishi maqsadga muvofiqdir. Binobarin, barkamol shaxs va malakali mutaxasisni tarbiyalab voyaga yetkazishga bo'lgan ehtiyoj rivojlanayotgan hamda yangicha ijtimoiy munosabatlar qaror topayotgan mavjud sharoitda yanada dolzarb ma'no va mohiyat kasb yetadi. "O'z xaq-xuquqlarini taniydigan, o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofidagi sodir bo'layotgan voqea hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondoshadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg'un holda quradigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak". Bu esa ta'limiy qadriyatlarga bog'liq. Shuning uchun ham yoshlarga ta'limiy qadriyatlarni o'rgatib tanlangan mavzuning dolzarbligini ta'kidlaydi. Talabalarga ta'limiy qadriyatlar ta'lim tarbiya jarayonlari muhim o'rin egallashini ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan holda quyidagi vazifalarni hal qilish lozim: 74 - ta'lim va tarbiya jarayonlarida talabalarga ta'limiy qadriyatlar haqida ma'lumotlar berib borish; -boshlang'ich ta'limda ta'limiy qadriyatlarni o'quvchilar ongiga singdirish metodikasini asoslab berish; - ta'limiy qadriyatlarini ta'lim jarayonida qo'llashda zamonaviy pedagogik texnologiyasidan unumli foydalanish zarur. Milliy qadriyatlarni o'rganishda talabalarda milliy g'oya, milliy ong, milliy g'urur tushunchalari ketma-ketligini shakllantirish lozim. Chunki milliy g'ururi bo'lmagan inson hech qachon Vatan boyliklari qadriga yetmaydi, uni asrashni xayoliga ham keltirmaydi, ya'ni vatanparvar, fidoyi inson bo'lib yetisha olmaydi. Qadriyatlar o'zining mohiyatiga ko'ra bir necha turga bo'linadi. Jumladan inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo'q joyda biron narsaning qadr - qimmati haqida so'zlash be'manilikdir. Shuning uchun ham inson qadr-qimmatini e'zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog'lig'ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo'nalishini tashkil yetadi. Jamiyatimizda yuz berayotgan tub o'zgarishlarning, islohotlarning barchasi kishilar hayoti to'q, boy, go'zal bo'lishi, inson o'zini chinakam erkin his etishi, o'z mehnati natijasining, o'z taqdirining, o'z mamlakatining egasi bo'lishini taminlashga qaratilgandir. Shundan kelib chiqqan holda qadriyatlarga kompleks yondashuv asosida, fikr bildirishga harakat qilamiz. Qadr - kishining jamiyatda tutgan o'rni, obro' - e'tibori, hurmati, nufuzi. Qadriyat - tevarak-atrofdagi narsalarning, kishining jamiyat uchun ijobiy yoki salbiy ahamiyatini ko'rsatuvchi tushuncha bo'lib, axloqiy tamoyildir. Qadriyatga umuminsoniy qadriyatlar - ma'lum bir axloq me'yorlari, ilg'or, taraqqiyparvar madaniy me'roslar kiradi. Qadriyatlar moddiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy qadriyatlarga hamda ijobiy va salbiy qadriyatlarga bo'linadi. Qadriyatlar faqat o'tmish uchun qadrli bo'lmasdan, balki hozirda ham kel

Доказательный фрагмент

«Ta'lim qadriyatlarining ijtimoiy va shaxs omiliga yo'nalganlik xususiyatini ochib beradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ta'lim qadriyatlarining ijtimoiy va shaxs omiliga yo'nalganlik xususiyatini ochib beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ta'lim, qadriyatlar, ijtimoiy omil, yo'nalganlik, xususiyat, Ijtimoiy qadriyatlar, ta'minlash, mustaqil fikrlash., pedagog, qadr-qimmat, ta'limiy qadriyatlar, subyekt, ta'lim-tarbiya jarayonlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники