Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PEDAGOGIK TA’LIM SOHASIDA YOSHLARNING DUNYOQARASHI VA XULQ –ATVORIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Ro‘ziboyeva Azizaxon Abduqahhorovna
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2020
Аннотация
Ushbu maqolada hozirgi zamon yoshlariga talim berish jarayonida yosh avloda ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va uning sabablari haqida bo‘lib,yoshlarning jamiyaga moslashuvidagi umumbashariy qadryatlarning o‘rni haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: Yoshlar, jamiyat, axloq, xulq-atvor, dunyoqarash. Insoniyat qadim zamonlardanoq o‘z davomchilari bo‘֥lmish yosh avlod taqdiri haqida qayg‘urib kelgan. Farzandini o‘zidanda baxtli bo‘֥ishi haqidagi istagi insonni izlanishga ,yangi kashfiyotlar yaratishga undadi.Shu bois insoniyat tarixida yangidan yangi ilm eshiklari ochilib bordi.Tabiiyki bunday yangiliklarning ko‘payishi yosh avlod dunyoqarashi, uning rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmas edi. Har tomonlama rivoj topib borayotgan bugungi kunda yoshlarimiz xulq -atvoriga ko‘plab omillar sabab bo‘lmoqda. O‘zining ko‘p yillik madaniy tarixiga ega xalqimiz farzand tarbiyasi uning shaxs sifatida kamol topishi,xulq- atvor shakllanishiga alohida e’tibor qaratib kelgan. Yosh avlodni tarbiyalash, ularda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish va kamolga yetkazish muammolari doimo hukumat diqqat markazida turadi. Ma‘naviy boylikni, axloqiy poklikni va jismoniy mukammallikni mujassamlashtirgan, har tomonlama kamol topgan, ijtimoiy jihatdan faol shaxsni shakllantirish borasida sobitqadamlik bilan ish olib borilmoqda. Prezidentimiz Sh,Mirziyoyevning 2020-yil yanvar oyida Parlamentga qilgan murojaatida ham “Eng katta boylik-bu aql zakovat va ilm, eng katta meros- bu yaxshi tarbiya ,eng katta qashshoqlik- bu bilimsizlik” deya keltirib o‘tgan fikrlari ham yoshlar tarbiyasi masalasi Davlat ahamiyati darajasida ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy axloqqa quyidagicha ta'rif beradi: ―Axloq insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdir. Yaxshi xulqning yaxshiligini, yomon xulqning yomonligini dalil va isbotlar ila bayon qiladurgon kitobni axloq deyilur. Axloq – inson hayotida o‘z-o‘zini idora qilish me'yorlarini, boshqalar bilan munosabatda bo‘lish madaniyatini, halol ishlab, to‘gri hayot kechirish mezonlarini o‘rgatadi. Ibn Sino: ―Axloq har bir kishi uchun o‘z-o‘zini idora qilish ilmidur, deb uning mazmunini ifodalab bergan edi. Farzandlarimizning zamon talablari darajasida ilm olishi, har tomonlama komil shaxs bo‘lishi uchun davlatimiz ham barcha shart -sharoitlarni yaratib bermoqda. Yoshlar siyosati-bu yoshlarning muvafaqqiyati ijtimoiylashuvi va samarali o‘zini namoyon qilishi uchun sharoit va imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan bo‘lib, qator chora -tadbirlar tizimi hayotga tadbiq etilgan.Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan hayotga tadbiq qilinayotgan “ besh muhim tashabbus”-bugun yoshlar muammolarini yechishga ular dunyo qarashini shakllantirishga yo‘naltirilgan ustuvor vazifalardan biridi.Bugun yoshlar siyosatining asosiy yo‘nalishlari deb quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: -yoshlarni jamoat hayotiga jalb qilish, rivojlanishning mumkin bo‘lgan imkoniyatlari to‘g‘risida xabardor qilish; 4 -yoshlarning ijodiy faolligini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvalash; -qiyin hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan yoshlarni to‘laqonli hayotga qo‘shilishi. Yoshlar bu ijtimoiy va yosh guruhlar bo‘lib, ular yoshi va jamiyatdagi ijtimoiy mavqeyiga qarab farqlanadi.Ba’zi olimlar tomonidan yoshlik deganda, jamiyat ijtimoiy rivojlanishi uchun imkoniyat yaratib beradigan, ularga imtiyozlar beradigan,ammo jamiyatning muayyan sohalarida faol ishtirok etish imkoniyatini cheklaydigan yoshlar majmuyi tushuniladi. Yoshlarning jamiyatga moslashishi, ular xulq- atvori va dunyoqarashining shakllanishiga bir qancha ijtimoiy omillarni sabab qilish mumkin. Avvalo, shaxs ulg‘ayar ekan, turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta’sirida bo‘ladi va ko‘plab ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, o‘quv maskanlari, mehnat kollektivlari ,norasmiy tashkilotlar, din, san’at, madaniyat va boshk.) bilan bog‘liq bo‘ladi.Masalan, shaxsdagi turli g‘oyalar, fikrlar va mafkura mafkuraviy munosabatlar tizimi ta’sirida shakllanib, ular bevosita oila, bog‘cha, maktab va boshqa o‘quv va tarbiya muassasalari orqali ongga singdiriladi. Agar bu ta’sir uning e’tiqodi darajasida ko‘tarilsa, va unda yana yangidan - yangi fikrlar va g‘oyalarning paydo bo‘lishi va o‘sishiga olib kelsa, shaxs taraqqiyoti jarayonida shunday faoliyat sohasini tanlaydiki, o‘z qobiliyatlari, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantira borib,ziyoli sifatida yo o‘qituvchi yoki vrach, yoki olim, kashfiyotchi, muhandis bo‘lib,el-u - yurtiga xizmat qiladi. Iqtisodiy munosabatlar ham shaxs ongi va uning insoniy xususiyatlari shakllanishida katta rol o‘ynaydi. Iqtisodiy omillar asosan yoshlarning ahvoliga ta’sir qiladi. Masalan, bosqichma - bosqich bozor munosabatlariga o‘tayotgan O‘zbekiston sharoitini oladigan bo‘lsak, yangicha iqtisodiy o‘zgarishlar, bozor, rakobat, legalizatsiya va shunga o‘xshash yangiliklar, har bir shaxsning moddiy boyliklar va ularga bo‘lgan shaxsiy munosabatlarida aks etib, uning iqtisodiy ongi, tafakkuri va iqtisodiy xulqi norm
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada hozirgi zamon yoshlariga talim berish jarayonida yosh avloda ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va uning sabablari haqida bo‘lib,yoshlarning jamiyaga moslashuvidagi umumbashariy qadryatlarning o‘rni haqida fik…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada hozirgi zamon yoshlariga talim berish jarayonida yosh avloda ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va uning sabablari haqida bo‘lib,yoshlarning jamiyaga moslashuvidagi umumbashariy qadryatlarning o‘rni haqida fik… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Yoshlar, xulq-atvor, axloq, jamiyat, dunyoqarash.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025