American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchBakirova Umida Bakhtiyor Kizi2021
OILADAGI TAZIYQ VA ZOʻRAVONLIKNING JINOIY-HUQUQIY TAVSIFI
Normatova Shirin Abdulnabiyevna · Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi · Normatova Shirin Abdulnabiyevna · Republic of Uzbekistan
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This article analyzes issues related to the criminal-legal characteristics of pressure and violence within the family. It explores different definitions of domestic violence and coercion, providing a criminological description of their causes, conditions, nature, social context, and indicators. The author examines relevant criminal law and criminological literature and presents their own perspective. The article also addresses various forms of domestic violence — physical, psychological, sexual, and economic — and explains their distinguishing features. Keywords: punishment, crime, sexual, physical, coercion, violence, family, criminological, characteristics, psychological. Maʼlumki, oila-turmush munosabatlari doirasidagi muammolar oʻzining koʻp qirraliligi bilan ajralib turadi. Bu boradagi muammolarni oʻrganish, ilmiy tadqiq etish, ayniqsa bugungi kunda oʻta dolzarb masala hisoblanadi1. Sharq mutafakkirlarining bizlarga qoldirgan boy ilmiy-madaniy meroslarida oʻzbek xalqining oila-turmush qoidalari, undagi kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, oila aʼzolari oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi madaniyat, ayniqsa, er-xotin munosabatlari toʻgʻrisidagi inson tarbiyasida axloqiy ahamiyatga ega boʻlgan fikr mulohazalar, taʼlimotlar mavjud. Mazkur muammo buyuk allomalarimiz Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, at-Termiziy ijodlarida hamda tasavvuf falsafasining yirik namoyandalari Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro tariqatlarida ham keng yoritilgan2. 1 Karimova V. Oila himoyasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi // HUQUQ BA BURCH. – №5. – T., 2007. – B. 31. 2 Fayziyeva M., Jabborov A. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi. –T:. “Yangi asr avlodi”, 2007. –B. 7. 9 Ushbu masalaga Burhoniddin Margʻinoniy oʻz fikr va mulohazalarini bildirib, “jamiyatning negizi ham, inson ruhiy-maʼnaviy olamining beshigi ham oiladir”3, deb taʼkidlagan edi. Zero, azaldan insonni hurmat qilish va ulugʻlash xalqimiz tabiatiga xos milliy qadriyatdir. Qadimgi tarixiy manba hisoblanmish – zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da ham insonning shaʼni, qadr-qimmati, or-nomusi, ayniqsa insonni ulugʻlash, uning huquqlarini himoya qilish gʻoyasi oʻz aksini topgan. Ushbu nodir manba insoniyat va ilm-fan taraqqiyoti hamda insoniy qadriyatlarning rivojlanishiga oʻzining betakror hissasini qoʻshgan. “Avesto”da jinoyat va jazo, oila-nikoh munosabatlariga, bu munosabatlar jarayonida insonning huquqlariga alohida eʼtibor berilgan. Ayniqsa, jinoyat sodir etish ogʻir gunoh ekanligi, undan saqlanish gʻoyasi muqaddas islom dinida oʻz ifodasini topgan. Xususan, bularda inson huquqlariga daxldor koʻplab qoidalar mavjud4. Chunki, bu manbalarda insonning huquq va erkinliklari, hayoti, sogʻligʻi, or-nomusi, shaʼni, obroʻsi, qadr-qimmati birlamchi qadriyat sifatida tan olingan. Oila, qarindosh urugʻ, er- xotin oʻrtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarda rahm-shavqatli boʻlish masalalari alohida oʻrin egallaydi. Oilada sodir etiladigan zoʻravonlik kishilar oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi tajovuzkorlikda namoyon boʻladi. Bu holat kundalik oila-turmush munosabatlari doirasida turlicha tajovuzkor xulq-atvorda namoyon boʻladi. Umumiy koʻrinishda oiladagi zoʻravonlikni quyidagilarga ajratish mumkin: ayollarga nisbatan zoʻravonlik; bolalarga nisbatan zoʻravonlik; qarindoshlarga nisbatan zoʻravonlik. Oiladagi jinoiy zoʻravonlikning keltirib oʻtilgan taʼriflari bir shaxsning ikkinchisi ustidan uning sogʻligʻi yoki hayotiga zarar yetkazish maqsadini koʻzda tutib, uning ixtiyoriga qarshi qasddan jismoniy kuch ishlatishiga kelib taqaladi. Yuqorida keltirilganlarga koʻra oilada zoʻrlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar deyilganda esa, zoʻrlik nafaqat jinoyat obyektiv tomoni usuli sifatida balki, motivning tarkibiy elementi sifatida namoyon boʻladigan jinoyatlar tushuniladi1. Ular sirasiga qasddan odam oʻldirish, qasddan sogʻliqqa ogʻir, oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish, nomusga tegish, jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish kabi jinoyatlar kiradi. Shuni hisobga olish lozimki, zoʻrlik ishlatish motivi barcha hollarda ham qasddan odam oʻldirgan, boshqa fuqarolarning sogʻligʻiga zarar yetkazgan shaxslarni harakatlantiruvchi birdan-bir motiv hisoblanavermaydi. Mazkur yoʻnalishda oʻrganilgan xorijiy davlatlar tajribasi asosida aytish mumkinki, soʻnggi vaqtda shaxsiy oʻch olish, sugʻurta mukofotini qoʻlga kiritish maqsadida qotil yollash yoʻli bilan sodir etiladigan odam oʻldirishlar soni koʻpayib bormoqda. Shuni hisobga olganda, tadqiqot predmetini oilada zoʻrlik ishlatish birinchi oʻrinda turadigan shaxsga qarshi jinoyatlar tashkil etadi. Bu, eng avvalo, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Maxsus qismining “Hayotga qarshi jinoyatlar” deb nomlangan I bobidan oʻrin olgan jinoyat tarkiblaridir. Bunda biz quyidagi omillarni hisobga oldik. Ijtimoiy xavflilik darajasi ayniqsa baland boʻlgan jinoyatlar qasddan odam oʻldirish (JKning 105-moddasi) va qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish hamda q
Доказательный фрагмент
«This article analyzes issues related to the criminal-legal characteristics of pressure and violence within the family.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes issues related to the criminal-legal characteristics of pressure and violence within the family. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- punishment, crime, sexual, physical, coercion, violence, family, criminological, jinoyat, tavsifi, ruhiy., jinsiy, oila, zoʻravonlik, jismoniy, zoʻrlik, kriminologik, jazo
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021