К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY JURNALISTIKA: RIVOJLANISH ORTIDAGI MUAMMOLAR

Durdonabonu Musajonova

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada zamonaviy jurnalistika rivojlanishi bilan birga yuzaga kelayotgan muammolar chuqur tahlil qilinadi. Sifatli axborot tanqisligi, soxta yangiliklar, jurnalistlar erkinligining cheklanishi, kasbning qadrsizlanishi kabi dolzarb masalalar misollar asosida yoritiladi. Shuningdek, jurnalistika sohasini yanada mustahkamlashga doir tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: Jurnalistika, axborot, feyk yangiliklar, senzura, mustaqillik, media savodxonlik. So‘nggi yillarda dunyo jurnalistikasi jadal o‘zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda. Raqamli inqilob, ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi, blog va vlog kabi yangi formatlarning ommalashuvi an’anaviy jurnalistikaga qator muammolarni olib keldi. Bugun deyarli har bir fuqaro axborot tarqatuvchiga aylangan bir paytda, jurnalistikaning asosiy vazifasi – aniqlik, xolislik va dolzarblik – sinovdan o‘tmoqda. Bu holat O‘zbekiston jurnalistikasi oldiga ham yangi mas'uliyatlar va sinovlar qo‘ymoqda 1. Tezlik va sifat o‘rtasidagi ziddiyat. Internetda yangilik berish poygasi jurnalistni tezroq yozishga undaydi. Ammo bu holat ko‘pincha axborotning aniqligiga putur yetkazadi. Masalan, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan biror voqea haqida jurnalist manbani tekshirmay turib e’lon qilsa, bu nafaqat xatolik, balki jamoatchilik fikrini chalg‘itishga ham olib keladi. 2. Feyk yangiliklar va axborot xavfsizligi. Soxta yangiliklar (feyklar) tarqalishi dunyo bo‘ylab jiddiy muammoga aylandi. Feyk kontent siyosiy qarorlar, saylov natijalari, hatto pandemiya chog‘ida sog‘liqni saqlash tizimiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan. “O‘zbekistonda ham feyklarga qarshi kurashish maqsadida turli tashabbuslar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, bu muammo hanuz dolzarb, bu masala yuzasidan insonlar orasida turli nizo va bahslar kelib chiqmoqda, bu kichik bir salbiy jihati sifatida bo‘lsa-da, jamiyatga va ijtimoiy hayotga katta zarar keltirmoqda”. [1] Buning oldini olish uchun ko‘plab choralar amalga oshirilishi zarur: OAV xodimlari va keng jamoatchilik uchun media savodxonlikni oshirishga qaratilgan treninglar, platformalar soni ko‘paytirilishi kerak, fuqarolarga feyk xabarlar jamiyatda qanday asoratlarga olib kelishi mumkinligi haqida hamda har qanday feyk axborotlarga ishonch bildirmasliklari uchun tushuntirish ishlari olib borilishi lozimdir. 3. Senzura, bosim va jurnalist mustaqilligi. Ko‘plab mamlakatlarda, jumladan, ba’zida bizda ham jurnalistlar to‘liq erkin ishlay olmaydi. Tanqidiy maqolalar sababli bosimga uchrash holatlari uchrab turadi. Mustaqillikning cheklanishi esa jamiyatni muammolarni ko‘rmaslikka olib keladi. Jurnalistning erkin ijod qila olmasligi uning kasbiy rivojlanishining pasayishi, kasbga bo‘lgan muhabbatning yo‘qolishi va bir qancha muammolarga olib keladi. 4. Clickbait va auditoriya uchun kurash. Bugungi OAV aksariyat hollarda klik uchun kurashmoqda. Diqqatni tortuvchi, lekin asossiz sarlavhalar o‘quvchini jalb qilishi mumkin, ammo bu ishonchni yemiradi. Misol: “Siz bunga ishonmaysiz!” kabi sarlavhalar, aslida, oddiy hodisani haddan tashqari shov-shuvli ko‘rsatadi. 5. “Jurnalist kasbining qadrsizlanishi va yosh kadrlar muammosi. Axborotga oson kirish 14 imkoniyati ko‘pchilikni jurnalistikani “har kim qiladigan ish” deb o‘ylashga undamoqda”.[2] Buning natijasida malakasiz, savodsiz kontent ko‘paymoqda. Telekanallar ko‘plab ko‘rsatuvlarda boshlovchi sifatida turli “Madaniyat xodimlari”(aktyor, aktrisa,bloger,qiziqchi) larning boshlovchi sifatida faoliyat ko‘rsatishi orqali faqatgina ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar hamda yengil,saviyasiz tele-shoularning soni ortib bormoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad, faqatgina audiotiyani jalb qilishdan iborat bo‘lib qolmoqda.Ularning ekran orqali muomula madaniyatiga rioya qilmasligi, adabiy til unsurlarini chetlab o‘tgan holda ko‘rsatuv olib borishlari ommaga qanchalik salbiy ta’sir ko‘rsatishi, yosh avlodning tarbiyasida nechog‘lik rol o‘ynashi haqida kim o‘ylab ko‘rmoqda.? Va hozir auditoriyaga manfaatli va foydali ma’lumotlar yetkazish keyingi darajaga o‘tib qolmoqda. Yangi jurnalistlar tayyorlash, ularni amaliyotda o‘qitish tizimi hali yetarlicha mukammal emas. Jurnalistika ta’limida zamonaviy texnologiyalar, media etikasi, ma’lumotni tekshirish (fact-checking) bo‘yicha maxsus kurslar joriy etilishi zarur. Zamonaviy jurnalistika kuchli raqobat, texnologik bosim va ijtimoiy omillar ostida ishlayotgan bo‘lsa-da, uning asl vazifasi – jamiyatga haqiqatni yetkazishdan iboratdir.

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada zamonaviy jurnalistika rivojlanishi bilan birga yuzaga kelayotgan muammolar chuqur tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada zamonaviy jurnalistika rivojlanishi bilan birga yuzaga kelayotgan muammolar chuqur tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
feyk yangiliklar, senzura, axborot, media savodxonlik., mustaqillik, Jurnalistika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники