К содержанию
РецензированоUZ2026

IQTISODIYOT TA'LIM YO'NALISHIDA INGLIZ TILINI INTERFAOL METODLAR ASOSIDA O‘RGATISH

ASOSIDA O‘RGATISH · Axmedova Nargisa Ravshanovna · Saidmalikova Muslima

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga ingliz tilini interfaol metodlar asosida o‘rgatishning samarali usullari yoritilgan. CLIL yondashuvi, case study, rolli o‘yinlar kabi metodlar orqali iqtisodiy terminologiyani o‘rganish va amaliy nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ingliz tilining professional sohalardagi ahamiyati hamda interfaol metodlar asosida o‘qitishning afzalliklari ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: iqtisodiyot, ingliz tili, interfaol metodlar, CLIL, kommunikativ yondashuv, case study. Bugungi kunda ingliz tili nafaqat xalqaro muloqot vositasi, balki kasbiy faoliyat yuritish, ilmiy izlanishlar olib borish va ishga joylashish uchun muhim vositaga aylangan. Ayniqsa, iqtisodiyot sohasida ingliz tilini bilish zamonaviy iqtisodchi mutaxassisning asosiy kompetensiyalaridan biridir. Shuning uchun iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishida ingliz tilini faqat grammatik qoidalarni o‘rgatish asosida emas, balki interfaol, kasbiy faoliyatga yaqin metodlar orqali o‘qitish zarurati mavjud. Globalizatsiya jarayonlari, xalqaro iqtisodiy aloqalarning kengayishi va axborot texnologiyalarining tez sur’atlarda rivojlanishi iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash tizimiga ham yangicha talablarni qo‘ymoqda. Xususan, iqtisodiyot sohasi mutaxassislari ingliz tilini nafaqat umumiy muloqot vositasi sifatida, balki kasbiy faoliyatda keng qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lgan muhim vosita sifatida egallashlari zarur. Ingliz tili hozirgi kunda xalqaro iqtisodiy aloqalarning asosiy vositasiga aylangan. Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, BMT, YeI, WTO kabi yirik tashkilotlarning rasmiy ishlash tili ingliz tilidir. Shuningdek, xorijiy investitsiyalar, xalqaro savdo, birja bozori, moliyaviy tahlil, marketing, eksport-import sohalarida ham ingliz tilidagi atamalar, hujjatlar va hisobotlar bilan ishlash muhim sanaladi. Shu bois iqtisodiyot yo‘nalishidagi talabalar ingliz tilini o‘z kasbiy ehtiyojlari asosida, ya’ni iqtisodiy kontekstda o‘rganishlari maqsadga muvofiqdir. An’anaviy tarzda umumiy ingliz tili o‘rgatish yondashuvi iqtisodiyot sohasiga oid real nutqiy vaziyatlarni to‘liq qamrab ololmaydi. Shu sababli, CLIL (Content and Language Integrated Learning) kabi integratsiyalashgan yondashuvlar orqali til va sohaga oid bilimlarni bir vaqtda o‘rgatish yanada samaralidir. Masalan, talabalar "inflation", "GDP", "monetary policy", "market competition" kabi terminlarni faqat lug‘aviy jihatdan emas, balki iqtisodiy mazmuni va amaliy qo‘llanilishi bilan birga o‘rganadilar. Bu esa ularning til ko‘nikmalarini ham, kasbiy bilimlarini ham mustahkamlaydi. Shuningdek, ingliz tilini iqtisodiyot kontekstida o‘rgatish: a) talabalarni xorijiy adabiyotlar, ilmiy maqolalar, iqtisodiy hisobotlar bilan mustaqil ishlashga tayyorlaydi; b) chet eldagi ilmiy anjumanlarda ishtirok etish, xalqaro grant va loyihalarga ariza topshirish imkoniyatlarini kengaytiradi; 22 c) xalqaro kompaniyalarda ish yuritish, muzokaralar olib borish, biznes reja tuzish kabi kasbiy faoliyatlarda til to‘siqlarini kamaytiradi. Zamonaviy til ta’limi samaradorligini oshirishda interfaol metodlar muhim o‘rin tutadi. An’anaviy ta’lim yondashuvlarida o‘quvchi ko‘proq tinglovchi va yozuvchi rolida bo‘lsa, interfaol metodlar uni dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylantiradi. Bu esa tilni faqat grammatik qoidalar asosida emas, balki real muloqot, muammoli vaziyatlar va kasbiy faoliyat kontekstida o‘rganishga olib keladi. Interfaol metodlar — bu o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini oshirish, mustaqil fikrlash, muammolarni hal qilish va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan uslublar majmuasidir. Ular talaba va o‘qituvchi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, guruhda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish va eng asosiysi, kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga xizmat qiladi. Bunday interfaol metodlarga quyidagilarni misol qilish mumkin: 1. CLIL (Content and Language Integrated Learning) - fan va tilni birgalikda o‘rganish. 2. Case Study: muayyan iqtisodiy holatni tahlil qilish orqali ingliz tilida tahlil qilish va fikr bildirish. 3. Role Play (rolli o‘yinlar): real iqtisodiy vaziyatlarda professional rollarni ijro etish. 4. Debate: iqtisodiy muammolar yuzasidan ingliz tilida bahs yuritish. 5. “Think-Pair-Share” metodikasi: talabalar o‘z fikrini ishlab chiqadi, sherigi bilan muhokama qiladi va guruhda taqdim etadi. Iqtisodiyot yo‘nalishidagi talabalar uchun ingliz tilini interfaol metodlar asosida o‘rgatish – bu zamonaviy, samarali va motivatsiyaga boy yondashuvdir. Bunday metodlar orqali talabalar nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan bog‘laydi, kommunikativ kompetensiyasini rivojlantiradi va kelgusidagi professional faoliyatiga tayyorlanadi. Kelgusida bu boradagi dars ishlanmalari, innovatsion platformalar va raqamli resurslar bilan boyitilgan metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Xulosa qilib aytganda, iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga ingliz tilini interfaol metodlar asosida o‘rgatishning samarali usullari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga ingliz tilini interfaol metodlar asosida o‘rgatishning samarali usullari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
case study., kommunikativ yondashuv, interfaol metodlar, CLIL, ingliz tili, iqtisodiyot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники