К содержанию
РецензированоRU2026

AVTOTRANSPORT VOSITALARINI O‘G‘IRLASH VA OLIB QOCHISH JINOYATLARINING JINOIY-HUQUQIY TAVSIFI

Jabborov Zokirjon Qodirjanovich · Yuldoshev Azizbek Shavkat o’g’li

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

В данной статье раскрыто понятие преступления угона чужого транспортного средства, его объективные и субъективные признаки, мотивы, а также наказания, назначенные виновникам этого преступления. Ключевые слова Угон автомобиля, умысел, применение силы, угроза применения силы, организованная группа, угон автомобиля с целью грабежа, разбой. Jinoyatning asosiy bevosita obyekti mexanik transport vositalarining yo‘l harakati qoidalari sohasidagi harakat xavfsizligidir. Qo‘shimcha bevosita obyekt sifatida o‘zganing mulki, shuningdek, transport vositasini olib qochish chog‘ida zo‘rlik ishlatilgan yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitilgan fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi1. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 264-moddasida nazarda tutilgan transport vositalaridan tashqari, barcha transport vositalari jinoyat predmeti hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 267-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning obyektiv tomoni transport vositasini olib qochishdan iborat2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorida transport vositalarini haydab qochish deganda, o‘ziga tegishli bo‘lmagan transport vositasini o‘zlashtirish maqsadisiz uni turgan joyidan boshqa joyga olib qochishni tushunish kerakligi qayd etiladi3. Qonunga xiloflik shaxsning transport vositasidan foydalanish, unga egalik qilish va uni tasarruf etishga oid hech qanday vakolati yo‘qligidan dalolat beradi. Olib qochishga transport 1 Б.Б.Муродов. “Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2012. Б.24 2 Б.Б.Муродов. Хусусий айблов институтини қўллаш самарадорлигини ошириш йўллари // Хусусий айблов ва ярашув институтларини такомиллаштириш чоралари: Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. Т:Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2015й.Б. 34-40. 3 Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар” Республика илмий-услубий журнали 10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109. 76 ` vositasiga qonunga xilof ravishda egallash xos bo‘lib, bunda undan mas’ul bo‘lmagan subyektlarning foydalanishi imkoniyati tug‘iladi. Egallab olish yashirin yoki ochiqdan-ochiq bo‘lishi mumkin. Jinoyatni kvalifikatsiya qilishda egallab olish usuli ahamiyatga ega emas. Olib qochish tushunchasi xususiyati va energiya manbaidan qat’i nazar, transportda yurishni, uni bir joydan boshqa joyga ko‘chirishni ham qamrab oladi4. Transport vositalarini olib qochish transport vositasi har qanday usulda (avtomobilni bevosita boshqarish, itarish, shatakka olish yo‘li bilan va h.k.) harakatga keltirilgan paytdan e’tiboran tugallangan jinoyat deb e’tirof etiladi. Bunda avtomobilni bir joydan boshqa joyga ko‘chirish uchun sarflangan vaqt hamda aybdor transport vositasini ko‘chirib ulgurgan masofa jinoyatni kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatga ega emas. Ayrim harakatlar, masalan, shaxs transport vositasining kabinasiga kirishi, dvigatelni yurg‘izishga harakat qilishi transport vositasini olib qochishga qasd qilish sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Subyektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasd bilan amalga oshiriladi. Aybdor avtomobil yoki boshqa transport vositasini qonunga xilof ravishda egallab olayotganini anglaydi, buning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetadi va uning yuz berishini istaydi5. Transport vositalarini olib qochish bilan bog‘liq qilmishlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun jinoyat motivlari va maqsadlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Sudlar bunday jinoyatlarga doir ishlarni ko‘rayotib, har bir muayyan holda olib qochish nima maqsadda amalga oshirilganini aniqlashlari lozim. Agar transport vositasini o‘g‘irlash maqsadi borligi isbotlansa, aybdor shaxsning harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasining tegishli qismlariga ko‘ra kvalifikatsiya qilinadi. Bunday holatlarda qilmish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164, 166, 169-moddalari majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi. Transport vositasini olib qochishni uni o‘g‘irlashdan farqlashda bir qancha holatlarni hisobga olish lozim. Jumladan, transport vositasi olib qochilganda, undan foydalanish imkoniyati bo‘la turib, transport vositasi tashlab ketilgani va boshqa shunga o‘xshash holatlar uni o‘g‘irlash maqsadi mavjud bo‘lmaganidan dalolat beruvchi holatlar deb e’tirof etilishi lozim. Transport vositasini o‘g‘irlash maqsadi mavjud bo‘lganidan quyidagi holatlar darak berishi mumkin: transport vositasining tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (ustidan bo‘yash, raqamini o‘zgartirish, qaytadan kuzov qildirish va boshqa o‘zgartirishlar), foydalanishga oid qalbaki hujjatlar tayyorlash; transport vositasini sotib yuborish; ba’zi qismlarini sotish, uzoq vaqt foydalanish va h.k. 14 yoshga to‘lgan, transport vositasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish vakolatlariga ega bo‘lmagan har qanday aqli raso j

Доказательный фрагмент

«В данной статье раскрыто понятие преступления угона чужого транспортного средства, его объективные и субъективные признаки, мотивы, а также наказания, назначенные виновникам этого преступления.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье раскрыто понятие преступления угона чужого транспортного средства, его объективные и субъективные признаки, мотивы, а также наказания, назначенные виновникам этого преступления. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Угон автомобиля, умысел, применение силы, угроза применения силы, jinoyat, xavfsizlik, maxsus avtotransport, bosqinchilik, talonchilik, jinoyat obyekti, Avtomobil, egalik qilish, olib qochish, tezkor-qidiruv tadbirlari, jinoiy javobgarlik, ichki ishlar organlari bo‘linmalari., o‘zgalar mulki, jinoyat subyekti, o‘g‘irlik, yo‘l harakati, ma’lumot, o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish, transport vositasi, aldash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5