К содержанию
РецензированоUZ1967

TASVIRGA BO‘LGAN HUQUQNING TIJORATLASHITIRILISHI: HUQUQIY ASOSLAR, NAZARIY QARASHLAR VA MUNOZARALAR

Koryog’diyev Bobur Umidjon o‘g‘li

Наука и технология в современном мире · 1967

Аннотация

Mazkur ish tasvir huquqining tijoratlashtirilishi bilan bog‘liq huquqiy asoslar, nazariy yondashuvlar va xalqaro hamda milliy amaliyotdagi dolzarb muammolarni tahlil qiladi. Unda shaxsiy hayot daxlsizligi va iqtisodiy manfaatlar o‘rtasidagi muvozanat, taniqli shaxslarning tasviridan tijorat maqsadida foydalanish, sun’iy intellekt va OAV faoliyatidagi huquqiy cheklovlar yoritilgan. Muallif O‘zbekiston qonunchiligi doirasida ushbu sohani takomillashtirish bo‘yicha takliflar beradi. Kalit so‘zlar: tasvirga bo‘lgan huquq, right of publicity, jamoat arbobi, deepfake. Tasvir huquqi shaxsning tashqi qiyofasini, suratlari, videotasvirlari yoki boshqa vizual tasvirlarining ishlatilishi ustidan nazorat qilish huquqini ifodalaydi. Ushbu huquq xalqaro huquq va milliy qonunchiliklarda shaxsiy hayot daxlsizligi, intellektual mulk huquqlari hamda tijorat huquqlari bilan uzviy bog‘liq. Nazariy jihatdan tasvir huquqining ikki asosiy talqini mavjud: 1. Shaxsiy huquqiy yondashuv: Tasvir insonning shaxsiyati bilan bog‘liq bo‘lib, u daxlsizlik va shaxsiy hayotning maxfiyligi asosida himoyalanishi kerak (Westin, 1967). 2. Iqtisodiy huquqiy yondashuv: Tasvir tijorat obyekti sifatida baholanadi, ya’ni shaxs o‘z tasviridan iqtisodiy manfaat olish huquqiga ega (Rothman, 2018). Bu yondashuvlar orasidagi farqlar shaxsiy erkinlik va iqtisodiy manfaatlar o‘rtasidagi chegara masalalarini yuzaga keltiradi. Tasvir huquqi xalqaro huquqiy konvensiyalar, inson huquqlari bo‘yicha deklaratsiyalar va intellektual mulk qonunlari orqali himoyalangan. Muhim huquqiy manbalar quyidagilar hisoblanadi:  Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948) – 12-moddasi shaxsiy hayot daxlsizligini himoya qiladi.  Yevropa inson huquqlari konvensiyasi (1950) – 8-moddasi shaxsiy hayotni himoya qilishni kafolatlaydi.  Berne Konvensiyasi (1886) – mualliflik huquqlarini muhofaza qiladi va tasvirlarning asar sifatida himoyalanishi imkoniyatini beradi.  Amerika Qo‘shma Shtatlarida – turli shtatlardagi “Right of Publicity” qonunlari orqali shaxslarning tasviri tijorat maqsadlarida foydalanishdan himoyalangan. Ba’zi yurisdiksiyalarda (masalan, AQSh) taniqli shaxslarning tasviri ularning merosxo‘rlari tomonidan ham boshqarilishi mumkin, bu esa tasvirni intellektual mulk sifatida iqtisodiy foydalanish imkonini beradi. O‘zbekiston qonunchiligida tasvir huquqi shaxsiy hayot daxlsizligi va mualliflik huquqlari bilan bog‘liq bo‘lib, asosiy huquqiy normalar quyidagilar:  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – 27-moddaga ko‘ra, har bir fuqaroning shaxsiy hayoti va daxlsizligi himoyalangan. 42 `  O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi – 100-moddasi shaxsning tasviridan ruxsatsiz foydalanishni taqiqlaydi. Shuningdek, O‘zbekistonda turli reklamalar va ommaviy axborot vositalarida shaxslarning tasvirlaridan foydalanish qat’iy tartibga solingan bo‘lib, bunga ruxsat olish shart. Biroq, Respublikamizdagi tasvir himoyasi va muhofazasini mukammal deb bo’lmaydi. Sababi, tasvirga bo‘lgan huquq faqatgina shaxsiy nomulkiy huquqlardan biri sifatida sanalgan, unga oid alohida qoidalar esa belgilanmagan. Bu amaliyotdagi nizolarni asoslarsiz tushuntirishlar orqali hal qilish holatlariga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, bugungi zamonaviy fuqarolik huquqida ayrim shaxsiy nomulkiy huquqlar aktiv sifatida tijoratlashtirilishi qonunan tan olinmoqda. Bundan shaxsiy nomulkiy huquqlar qatorida tasvirga bo‘lgan huquq ham mavjud. Tasvir huquqining tijoratlashtirilishi shaxsiy huquqlar, so‘z erkinligi va iqtisodiy manfaatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni yuzaga keltiradi. Bunday bahslar asosan quyidagi holatlarda dolzarb bo‘ladi: 1. Jamoat arboblari va mashhurlar tasviri o Mashhur shaxslarning suratlari tijorat maqsadlarida foydalanilishi mumkinmi? o Ayrim yurisdiksiyalarda (masalan, AQSh) bunday huquq merosxo‘rlarga o‘tadi. o O‘zbekistonda taniqli shaxslarning tasviridan reklama maqsadida foydalanish uchun ularning roziligi shartmi?. 2. Sun’iy intellekt va deepfake muammosi o Sun’iy intellekt vositasida yaratilgan tasvirlarning huquqiy maqomi qanday aniqlanadi? o Deepfake texnologiyalari shaxsning roziligisiz tasvirini yaratish va tarqatishga imkon beradi, bu esa maxfiylik huquqini buzishi mumkin. 3. Ommaviy axborot vositalari va so‘z erkinligi o Matbuot shaxs tasvirini ommaviy axborot maqsadida qanday hollarda ruxsatsiz ishlatishi mumkin? o Xalqaro tajribada matbuot erkinligi va shaxsiy hayot daxlsizligi o‘rtasidagi balans muhim masala hisoblanadi. Xulosa va takliflar Tasvir huquqining tijoratlashtirilishi zamonaviy huquqiy normalar va texnologik taraqqiyot kontekstida doimiy rivojlanayotgan soha hisoblanadi. O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda ushbu masala bo‘yicha qonunlar inson huquqlari, iqtisodiy manfaatlar va texnologik rivojlanish muvozanatini ta’minlashi lozim. Shu munosabat bilan quyidagi takliflar ilgari suriladi:  O‘zbekiston qonunchiligida taniqli shaxslarning tasviridan tijorat maqsadida foydalanish bo‘yicha aniqroq normalarni ishlab chiqish.  Sun’iy intellekt orqali yaratilgan tas

Доказательный фрагмент

«Mazkur ish tasvir huquqining tijoratlashtirilishi bilan bog‘liq huquqiy asoslar, nazariy yondashuvlar va xalqaro hamda milliy amaliyotdagi dolzarb muammolarni tahlil qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur ish tasvir huquqining tijoratlashtirilishi bilan bog‘liq huquqiy asoslar, nazariy yondashuvlar va xalqaro hamda milliy amaliyotdagi dolzarb muammolarni tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
right of publicity, tasvirga bo‘lgan huquq, jamoat arbobi, deepfake.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5