Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
SUD MAJLISIDA GUVOHNING PROTSESSUAL MAQOMINING HUQUQIY ASOSLARI: NAZARIYA VA AMALIYOT
O‘zbekiston Respublikasi · RELATED THEORETICAL APPROACHES · A.Sh. Kholdorov · Republic of Uzbekistan (Master’s Student, Tashkent State University of Law)
Наука и технология в современном мире · 2001
Аннотация
Ushbu tezisda guvohning sud majlisidagi protsessual maqomi, uni belgilovchi huquqiy asoslar, huquq va majburiyatlar tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi asosida guvohning suddagi ishtiroki, uning huquqlari, majburiyatlari va xavfsizligini ta’minlashga oid me’yoriy-huquqiy kafolatlar o‘rganiladi. Shu bilan birga, xorijiy davlatlar tajribasi asosida guvoh maqomini yanada mustahkamlovchi huquqiy normalarni milliy qonunchilikka joriy etish zarurati asoslab berilgan. Tezisda guvohning faoliyati bilan bog‘liq zamonaviy yondashuvlar, xalqaro huquqiy standartlar va amaliy masalalar chuqur tahlil qilinadi. Ishda guvoh maqomini mustahkamlash va sud muhokamasining adolatli yuritilishini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: Guvoh, protsessual maqom, jinoyat-protsessual huquq, sud majlisi, guvoh huquqlari, guvoh majburiyatlari, guvoh xavfsizligi, JPK, xalqaro standartlar, majburlov chorasi, qasamyod, tergov, so‘roq, advokat, tarjimon. THE PROCEDURAL STATUS OF A WITNESS IN CRIMINAL PROCEEDINGS AND RELATED THEORETICAL APPROACHES A.Sh. Kholdorov Master’s Student, Tashkent State University of Law Tashkent, Republic of Uzbekistan Phone: +998 91 235 2001 Annotation: This thesis explores the procedural status of a witness in court proceedings, with particular emphasis on the legal foundations that define and protect this status. The research is grounded in the provisions of the Criminal Procedure Code of the Republic of Uzbekistan and examines the procedural rights, duties, and legal guarantees provided to witnesses during court hearings. The study further analyzes the international standards and comparative legal practices of foreign jurisdictions such as Ukraine, Belarus, Kazakhstan, and Moldova, identifying procedural rights granted to witnesses abroad that are not yet incorporated into national legislation. The work also highlights the role of the witness in the administration of justice, focusing on the importance of ensuring their legal protection, impartiality, and cooperation. Based on the findings, the paper proposes a range of recommendations aimed at improving the legal regulation of witness participation in criminal proceedings. Key words: Witness, procedural status, criminal procedure law, court hearing, procedural rights, procedural obligations, legal guarantees, procedural coercive measures, testimony, presumption of innocence, adversarial principle, legal counsel, interpreter, false testimony, witness protection, procedural participation. 45 ` Ma’lumki sud majlisida, umuman olganda jinoyat protsessida guvohning ishtiroki jinoyat- protsessual munosabatlar asosida amalga oshiriladi va bu guvoh ishda ishtirok etishi davomida ushbu munosabatlarga kirishadi. Yuridik manbalarda qayd etilishicha jinoyat-protsessual munosabatlar vujudga kelishi uchun muayyan asoslar mavjud bo‘lib, ular - a) jinoyat- protsessual qonun normalari; b) jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqiy layoqatliligi; c) yuridik faktlar1 kabilardan iboratdir. Ushbu jihatlar mavjud bo‘lganda shaxs, shu jumladan guvoh ham jinoyat-protsessual munosabatlar ishtirokchisiga aylandi. Ushbu jarayonda qonun normalari mazkur munosabatlarning vujudga kelishi, ularning borishi va tugallanishiga oid tartibni, shuningdek qoidalarni ham belgilab beradi. Bundan tashqari ushbu munosabatlarda qatnashuvchi vakolatli subyektlarning vakolati doirasi va munosabatga kirishgan boshqa ishtirokchilarning huquqlari va majburiyatlarini o‘zida mujassam etadi. Yuridik faktlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu element jinoyat-protsessual munosabatlarning predmetini tashkil etadi va mazkur munosabatlarning qaysi masalani hal etishga qaratilganligini va qay asoslarga ko‘ra vujudga kelganligini ularning davom etishiga oid ma’lumotlarni o‘zida jamlab, shaxsning aybdor yoki yo‘qligi haqidagi masalani aniqlash, shundan kelib chiqib tegishli tartibda jazo tayinlash masalasini ham qamrab oladi. Huquq layoqatiga egalik esa protsess ishtirokchilari, jumladan guvoh uchun ham jinoyat- protsessual munosabatlar vujudga kelishi uchun eng muhim asoslardan biri sanaladi. “Huquqiy layoqatlilik” deganda protsessual fanlar doirasida protsess ishtirokchisining, jumladan guvohning ham huquqqa va o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish qobiliyatiga ega ekanlik holati anglashiladi2. Yuqorida keltirilgan tartib asosida jinoyat-protsessual munosabatga kirishgandan so‘ng ishtirokchilar, shu jumladan guvoh ham huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishadi va ushbu huquq va majburiyatlar, shuningdek o‘zlarining qonuniy manfaatlarining kafolatlariga ehtiyoj tug‘iladi. Xususan, guvoh misolida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, uning protsessual maqomini himoya qiluvchi va guvohning protsessdagi faoliyatini belgilab beruvchi asosiy jihatlar, huquqiy asoslar O‘zbekiston Respublikasining 66-moddasi bilan mustahkamlanib qo‘yilgan. Ushbu moddada keltirib o‘tilgan guvohning huquqlari va majburiyatlari, shu bilan bog‘liq holatlar sud majlisida ham guvohn
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda guvohning sud majlisidagi protsessual maqomi, uni belgilovchi huquqiy asoslar, huquq va majburiyatlar tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda guvohning sud majlisidagi protsessual maqomi, uni belgilovchi huquqiy asoslar, huquq va majburiyatlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Witness, procedural status, criminal procedure law, court hearing, sud majlisi, protsessual maqom, guvoh majburiyatlari, xalqaro standartlar, guvoh huquqlari, qasamyod, guvoh xavfsizligi, advokat, tarjimon., tergov, JPK, jinoyat-protsessual huquq, majburlov chorasi, Guvoh, so‘roq
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020