Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA SO’ZLARNI TO’G’RI TALAFFUZ ETISH JARAYONLARINI O’RGATISHDA O’QISH TURLARINING AHAMIYATI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Mohidilxon Sidiqova (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2 · 2026
Аннотация
Jahon andozalariga mos ravishda rivojlanayotgan mustaqil O’zbekistonimizda ta’lim tizimida har soniyada o’zgarish va islohotlar davom etmoqda. Islohotlar ko’zlangan asosiy maqsad—kelajak egalari bo’lgan yosh avlodga, murg’ak qalblarga yetarlicha bilim, ilm berish. Biz buning yaqqol misolini maktabga ilk qadam qo’ygan jajji bolajonlarimizga o’qitiladigan ona tili va o’qish savodxonligi darslari misolida ko’rishimiz mumkin. Kalit so’zlar: Ona tili va o’qish savodxonligi, ifodali o’qish, matn, ifodali o’qish, izohli o’qish, badiiy o’qish, tez o’qish, ongli o’qish. Bоshlang’ich sinflarda о’qitilayоtgan Ona tili va о’qish savоdxоnligi darslari adabiyot fanining bir qismi. O’qish darslarida o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatishning, asosan ikki yo’li bor: 1. Dars jarayonida turli matn xarakteridan kelib chiqib, o’quvchilarni ifodali o’qishlariga, xulosa chiqara olishlariga o’rgatish; 2. O’qish darslari materiallariga berilgan soatlarni qisqartirish hisobiga maxsus ifodali o’qish dasturlari tashkil etish.1 Umuman, ,,Ona tili va o'qish savodxonligi " darsliklaridagi barcha mavzular o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug'atini ko’paytirishga, og'zaki va yozma nutqini har tomonlama to'g'ri va aniq rivojlantirish va nutq madaniyatini o'stirishga ham yo’naltiriladi. Bundan tashqari fanlararo integratsiyaga ham alohida e’tibor berilgan bo’lib, har bir mavzu orqali o’quvchilar boshqa fanlarda ham ishlatiladigan, egallanishi zarur bo’lgan bilimlardan ham xabardor bo’ladilar. Misol uchun, 1- sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darsligida berilgan “Yashil sayyora”, “Mo’jizaviy hasharot”, “Uy hayvonlari”, “Oy yerdan kattami?” 2-sinfda berilgan “”Qishda uxlaydigan hayvonlar”, “Yer ostida nima bor?”, “Sayohatchi qushlar” mavzulari Tabiatshunoslik fani uchun aloqador bo’lsa, 2-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darsligida berilgan “Robot ixtiro qilaman”, “G’aroyib ixtirolar” mavzulari esa Texnologiya faniga, 3-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darsligida berilgan “Jamg’arma pullarim” , “Yetti xazina” mavzulari Iqtisodiy bilim asoslari faniga aloqador bo’lsa, 2-sinfdagi “Samarqand—tarix beshigi”, “Yozuvni kim ixtiro qilgan?” “Sayyohlari ko’p diyor” mavzulari tarix fani uchun aloqadordir. Hozirgi darsliklarimizda materiallarning sinfdan sinfga o'tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan. 2-sinf Ona tili o’qish savodxonligi darsligida “Hunar—hunardan unar”, “Kasblar”, “Katta bo’lsam kim bo’laman?” mavzulari orqali o’quvchilar kichik yoshdanoq kasblar haqida ma’lumotga ega bo’ladilar, o’zlariga kasb yoki hunar tanlashga harakat qiladilar. Izohli o'qishga XIX asrning 60—70-yillarida rus pedagogi K. D. Ushinskiy asos solgan, u o'qishda o'quvchilarni ,,ongli, tushunib, o'ylab o'qishga" o'rgatishni alohida ta'kidlaydi va uni 1 Xòjamova Ma'rifat Rajabboyevna. Boshlang’ich sinf o’qish darsini yangi pedagogic texnologiyalar orqali tash kil etishda interfaol usullardan foydalanishning shakl metod va vositalaridan foydalanishning ta’limiy ahamiyati. SYNERGY: JOURNAL OF ETHICS AND GOVERNANCE Volume: 01 Issue: 06 | 2021ISSN: 2181-2616 12 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si ,,Izohli o'qish" deb nomlaydi.2 Demak, izohli o'qish deb o'ylashga, uni his etishga, asarni to’liq tafakkur etishga, o'qilganning mazmunini o'zlashtirishga olib keladigan o'qishga aytiladi. Izohli o'qish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari surayotgan g'oyani idrok qilishga yordam beradi. Boshlang'ich sinf o'qish darslarida asosan she'rlar, masallar, ertaklar, hikoyalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar matni bilan tanishiladi. Tabiiyki, ularning har biri o'ziga xos shakl, uslub va mazmunda yaratiladi. Shuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni o'ziga xos usulda o'qib o'rganish talab etiladi. Badiiy asarni izohli o'qishga yondosh metodlardan biri bu ijodiy o'qishdir. Ijodiy o'qish izohli o'qishdan farqli o’laroq, to'g'ridan- to'g'ri matnning mazmunini ro’yobga chiqarishga ijodiy yondashishni talab qiladi. Masalan, 3- sinfda X. To’xtaboyevning “Mehribon aka-ukalar” asarini ijodiy o'qish metodi asosida o'rganish jarayonida matn mazmuni va yozuvchi g'oyaviy niyatidan kelib chiqib, aka-ukalarning bir- biriga oqibatli bo’lishlari, inson faqatgina o’zinigina o’ylab yashamasligi, boshqalarni ham o’ylashi, boshqalar uchun ham qayg’urib yashashi, milliy xususiyatlar haqida ham atroflicha tushuncha beriladi. ,,Alpomishning bolalaligi”, “Momoning sirli sandig’i” asarlarini ham ijodiy o'qish metodi asosida o'qitish ijobiy samaralar beradi. Ifodali o'qish. Boshlang'ich ta'lim tizimida mantiqiy o'qish (matnni to'g'ri, tushunib, tez (me'yorida) o'qish) va adabiy o'qish mukammal o'zlashtirilganidan so'nggina ifodali o'qish bosqichiga o'tish mumkin. U yod olingan she'riy asarlarni ifodali o'qishni ham o'z ichiga oladi.3 Ifodali o'qishning muvaffaqiyati o'quvchilarning asar mazmuni, g'oyaviy-badiiy xususiyatlari haqida muayyan tu
Доказательный фрагмент
«Jahon andozalariga mos ravishda rivojlanayotgan mustaqil O’zbekistonimizda ta’lim tizimida har soniyada o’zgarish va islohotlar davom etmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюJahon andozalariga mos ravishda rivojlanayotgan mustaqil O’zbekistonimizda ta’lim tizimida har soniyada o’zgarish va islohotlar davom etmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ona tili va o’qish savodxonligi, izohli o’qish, ifodali o’qish, tez o’qish, badiiy o’qish, ongli o’qish., matn
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025