Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HIMOYA TAKTIKASI: ZAMONAVIY VOLEYBOLDAGI YONDASHUVLAR
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Shaalimov Muhtorsho Adxamovich (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 99-103 · 2026
Аннотация
В данной статье анализируется роль и значение защитной тактики в современной игре в волейбол. Рассматриваются виды защитных действий блок, зональное расположение, задачи игрока либеро и их влияние на результативность. Также освещаются методы формирования системы защиты на основе современных технологий, видеоанализа и статистического анализа. Методы, используемые на тренировках для повышения эффективности защиты, физическая и психологическая подготовка игроков указаны как важный фактор. Ключевые слова: волейбол, виды защитной тактики, блок, либеро, зональная защита, технологические подходы, физическая подготовка, видеоанализ. Annotation. This article analyzes the role and importance of defensive tactics in the modern game of volleyball. The types of defensive actions block, zonal location, tasks of the libero player and their impact on performance are considered. Methods of forming a protection system based on modern technologies, video analysis and statistical analysis are also highlighted. The methods used in training to improve the effectiveness of protection, physical and psychological preparation of players are indicated as an important factor. Keywords: volleyball, types of defensive tactics, block, libero, zonal defense, technological approaches, physical training, video analysis. Zamonaviy sport turlari ichida voleybol o‘zining dinamikasi, tezkor qarorlar qabul qilish talabi va jamoaviy muvofiqlashtirish darajasi bilan ajralib turadi. Bu sport turida nafaqat hujum, balki himoya harakatlari ham g‘alaba taqdirini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, yuqori darajadagi musobaqalarda himoyaning to‘g‘ri tashkil etilishi o‘yin taqdirini hal qilishi mumkin. Ushbu maqolada zamonaviy voleyboldagi himoya taktikasi, uning turlari, tashkil etish usullari va samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Voleybol o‘yinida himoya taktikasi deganda raqib hujumiga qarshi kurashish uchun o‘yinchilarning maydonda joylashuvi, harakatlanish algoritmi va o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakatlar tizimi tushuniladi. Himoya nafaqat zarbani qaytarish, balki hujumni qayta tashkil etish uchun sharoit yaratishga xizmat qiladi. Himoya taktikasining ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: raqibning kuchli hujumlarini neytrallashtirish; o‘yinchilarning harakatini muvofiqlashtirish; qayta hujum uchun imkoniyat yaratish; 42 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si jamoaviy intizom va mas'uliyatni shakllantirish. Zamonaviy voleybolda qo‘llaniladigan himoya taktikalari quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Blok himoyasi Blok — bu raqib hujumini to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘xtatishga qaratilgan faol himoya turi. Blok qilish o‘yinchining balandligi, sakrash qobiliyati va vaqtni to‘g‘ri baholash ko‘nikmasini talab qiladi. Bloklar bir kishilik, ikki kishilik va uch kishilik shakllarda bo‘ladi. Hujumchi pozitsiyasiga qarab, blokchilar joylashuvi ham o‘zgaradi. 2. Zona bo‘yicha joylashgan himoya Bu usulda o‘yinchilar oldindan belgilangan zonalarga joylashtiriladi va har bir o‘yinchi ma’lum hudud uchun mas’ul bo‘ladi. Bu yondashuv raqibning hujum yo‘nalishlarini to‘g‘ri taxmin qilishga asoslanadi. Zonal himoya kuchli jamoaviy muvofiqlikni talab qiladi. 3. "Libero" o‘yinchining roli Zamonaviy voleybolda "libero" pozitsiyasi himoya taktikasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Libero o‘yinchisi qabul, pas va himoya harakatlariga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, blok va hujumda ishtirok etmaydi. U asosan past to‘plarni qabul qiladi va markaziy himoyani kuchaytiradi. So‘nggi yillarda zamonaviy voleybolda analitik va texnologik vositalar yordamida himoya taktikasini rejalashtirish keng tarqalgan. Jumladan: 1. Video tahlil. O‘yinlar videoyozuvlari asosida raqibning hujum uslubi, asosiy zarba yo‘nalishlari, hujumchi pozitsiyasi va zaif nuqtalari aniqlanadi. Shu asosda himoya taktikasiga o‘zgartirishlar kiritiladi. 2. Ma’lumotlar tahlili (data analysis). Statistik dasturlar yordamida har bir o‘yinchining himoyadagi ishtiroki, muvaffaqiyatli qabul va bloklar soni, zonal qamrov darajasi aniqlanadi. Trendlarga qarab himoya strategiyasi moslashtiriladi. 3. Sun’iy intellekt va simulyatsiya. Ayrim professional jamoalar simulyatsiya dasturlari va sun’iy intellektdan foydalangan holda voleybol o‘yinining turli ssenariylarini tahlil qilmoqda. Bu esa real vaziyatlarga mos himoya tizimini shakllantirishga imkon beradi. Zamonaviy voleybolda himoya taktikasini takomillashtirish uchun quyidagi yondashuvlar qo‘llaniladi: Mashg‘ulotlarda himoyaviy senariylarni takrorlash – turli vaziyatlarda o‘yinchilarning reaksiya tezligini oshiradi. Pozitsion himoya mashqlarini olib borish – o‘yinchilarning zonal joylashuvi va o‘zaro almashinishini yaxshilaydi. Jismoniy tayyorgarlikni kuchaytirish – ayniqsa, past to‘plarga tez yetib borish, sakrash va turg‘unlikni saqlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Psixologik tayyorgarlik – o‘yin bosimi ostida to‘g‘ri qaror qabul qilish va e’tiborni saqlashga yordam beradi. Zamonaviy voleybolda h
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируется роль и значение защитной тактики в современной игре в волейбол.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируется роль и значение защитной тактики в современной игре в волейбол. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- volleyball, types of defensive tactics, block, libero, zonal defense, zonal himoya, himoya taktikasining turlari, texnologik yondashuvlar, videoanaliz., jismoniy tayyorgarlik, voleybol, blok
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024