Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NIMANI O‘QITISH KERAK? QANDAY O‘QITISH KERAK?
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Mohidilxon Sidiqova (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
We are the heirs of our ancestors who developed and enriched their language along with the development of society. In our country, great attention is paid to the language policy, and in the trainings and lessons given to the young generation, the love of one's mother tongue and its perfect learning are instilled in the trainings and lessons. Kalit so’zlar: nutq o’stirish,to’g’ri talaffuz, Ona tili, Davlat ta’lim standartlari, esse, Milliy o‘quv dasturi. Ключевые слова: развитие речи, правильное произношение, родной язык, государственные образовательные стандарты, эссе, национальная учебная программа. Key words: speech development, correct pronunciation, native language, state educational standards, essay, national curriculum. Ona tili va adabiyot darslarida o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish — ta'lim jarayonining eng muhim jihatlaridan biridir. Bu jarayon nafaqat til bilimi va adabiyotga bo'lgan qiziqishni oshiradi, balki o'quvchilarning fikrlash, muloqot qilish va ijodkorlik qobiliyatlarini ham yaxshilaydi. O'quvchilarga biror mavzuda esse yoki insho yozishni taklif qilish orqali ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantirib, o'z fikrlarini yozma ravishda ifodalashga yordam beradi. Darsda ko'proq turli mavzularni taklif etish, shuningdek, ular yozgan asarlarni sinfda muhokama qilish foydali. O‘zbekistonda xorijiy tajribadan foydalanilgan holda Milliy o‘quv dasturi ishlab chiqildi. Bu haqda Prezidentning “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” (PF–6108-son 06.11.2020 y.) farmonida so‘z borib, ta’lim berish jarayoni yangicha bilimlar bilan boyitildi. Milliy o‘quv dasturi o‘rganuvchining ehtiyojlariga asoslanadi. Dasturda til o‘qitish uchun kommunikativ yondashuv tanlangan. Kommunikativ yondashuvning natijasi esa grammatik va audiolingual yondashuv kesishgan nuqtada yuzaga chiqadi. Audiolingual yondashuv nima? Bu til muhitida yashab qolish uchun zarur bo‘ladigan darajada muloqotni o‘rgatishdir. Masalan o‘qishni, yozishni bilmagan bolalar ham o‘zining 33 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo ehtiyoji uchun tildan ongsiz ravishda foydalanadi. – Agar bolaga o‘zi foydalanib kelayotgan til birliklari uchun grammatik qonuniyatlarni to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatsak (masalan qaysi vaziyatda qaysi ko‘makchidan foydalansa to‘g‘ri bo‘lishi) shunda o‘quvchi tilni o‘rganayotgan bo‘ladi, – deydi “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligi muallifi Shokir Tursunov. – Demak, Milliy o‘quv dasturida grammatik yondashuvdan voz kechilmadi, balki grammatik yondashuv audiolingual yondashuv asosiga qurildi. 1-4-sinf o‘quvchilari Milliy o‘quv dasturi asosida nashr etilgan darsliklar asosida bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lmoqdalar. Ularda o‘qitalayotgan mavzular fanlararo integratsiyaga asoslangan bo‘lib, ular Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarining o‘zida ham boshqa fanlar va ko‘plab bilimlarga ega bo‘lib bormoqdalar. Misol tariqasida esa 2-sinflarda o‘qitiluvchi Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligida berilgan 7-bo‘limdagi “Robot ixtiro qilaman” mavzusi orqali bolajonlarda texnologiya va robototexnika fanlariga oid bo‘lgan bilimlar shakllantiriladi. 3-sinflarda esa “Zamonaviy texnologiyalar” mavzusi orqali bolalarning bu sohada qarashlari yanada kengayadi. “Teleskop—osmonga qo‘yilgan narvon”, mavzusida esa kelajak egalari astronomiya—falakkiyot faniga asta qadam qo‘yishni boshlasalar, “Birovning mulki” mavzusida esa huquqshunoslik fanining zaruriy qismlaridan birini o‘zlashtiradilar. “Mikroskop—zarrabin” biologiya bilan, “Aqlli yordamchi“ informatika bilan, “O‘zim xarid qilaman” iqtisodiyot fani bilan chambarchas integratsiya qilingan bo‘lib, quyida berilgan mavzu orqali ularning geografik bilimlari yana bir pog‘ona yuqorilaydi. Darslikda berilayotgan topshiriq va mashqlar avvalgidek gaplarni ko‘chiring, matnni davom ettiring kabi zerikarli va qisqa gaplar, faqat yod olishga qaratilgan she’rlardangina iborat bo‘lib qolmay, ularning yuksak bilimli va mulohazakor bo‘lishlariga sidqidildan xizmat qilmoqda. Har tomonlama bilimga ega bo‘lgan bolalar endi hech ikkilanmasdan, tortinmasdan, qo‘rqmasdan har qanday mavzu yuzasidan erkin matnlarni og‘zaki va yozma holatda yarata oladilar va fikrlarini izchil bayon eta oladilar. Matn turlari bo‘lgan hikoya, tasviriy va muhokama matnlari orqali ular yuqori sinflarda yoziluvchi kichik ijodiy ish bo‘lgan insho va bugungi kunda keng ommalashayotgan esse mavzularga mohir ustozlar tomonidan oldindan tayyorlab boriladi. Ularga berilayotgan mukammal bilimlar uchun ta’lim jonkuyarlarining o‘zlari ham har bir yo‘nalishlardan xabardor bo‘lishlari, AKT savodxonligiga ega bo‘lib audio va video topshiriqlarni oldindan eshitgan holatda, o‘tiladigan darslarga interfaol va zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan qurollangan holatda kelishlari maqsadga muvofiq.
Доказательный фрагмент
«We are the heirs of our ancestors who developed and enriched their language along with the development of society.»
Образец извлечения
Демо-превьюWe are the heirs of our ancestors who developed and enriched their language along with the development of society. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- speech development, correct pronunciation, native language, state, Ona tili, esse, Milliy o‘quv dasturi., nutq o’stirish, Davlat ta’lim standartlari, to’g’ri talaffuz
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024