К содержанию
РецензированоUZ2026

KIMYO FANIDAN TABIIY-ILMIY SAVODXONLIKNI OSHIRISHDA STEAM YONDASHUVINING AHAMIYATI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · YONDASHUVINING AHAMIYATI (in-academy.uz/index.php/yo) · Xolmirzayev O’smonali Isomiddin o’g’li (in-academy.uz/index.php/yo) · Sog’inaliyeva Tursinoy Rahmonali qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

The article discusses the concept of natural scientific literacy, its importance in modern education, and the role of chemistry in its formation. The theoretical and practical aspects of chemistry, its potential for developing natural scientific literacy through environmental education, scientific thinking, and connection with life are analyzed. The role of chemistry in innovative and integrated educational approaches, in particular, within the framework of STEAM, is also shown. Kalit so‘zlar: STEAM, tabiiy-ilmiy savodxonlik, kimyo, integratsiya, kreativ fikrlash, muammo asosida o‘rganish. Ключевые слова: STEAM, научная грамотность, химия, интеграция, творческое мышление, проблемно-ориентированное обучение. Keywords: STEAM, scientific literacy, chemistry, integration, creative thinking, problem-based learning. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini shakllantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) yondashuvi bu borada innovatsion va samarali pedagogik yechim sifatida maydonga chiqmoqda. Ushbu yondashuv orqali o‘quvchilarning kimyo, fizika, biologiya kabi tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishi oshadi, bilimlarni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llash ko‘nikmalari shakllanadi. Ayniqsa, kimyo fanida tajriba, muammo yechish, loyiha asosidagi o‘rganish va kreativ yondashuvlar orqali o‘quvchilar o‘zining kuzatish, tahlil qilish, xulosa chiqarish va ilmiy asosda fikrlash kabi ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu borada STEAM modeli nafaqat fanni o‘rganishni, balki uni o‘zaro bog‘liq sohalar bilan integratsiyalashgan holda o‘rgatishni ta’minlab, o‘quvchilarni zamonaviy ilmiy tafakkur egalari sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. 35 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Tabiiy-ilmiy savodxonlik – bu o‘quvchining atrof-muhitdagi hodisalarni ilmiy nuqtai nazardan tushunish, sabab-oqibat munosabatlarini anglash, tajriba asosida xulosa chiqarish va ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish qobiliyatidir. Bu savodxonlik XXI asrda zamonaviy jamiyatda to‘laqonli ishtirok etish, texnologiyalardan foydalana olish, ekologik muammolarga ongli yondashish uchun zarur. PISA (Programme for International Student Assessment) baholash dasturida ham tabiiy-ilmiy savodxonlik alohida mezon sifatida ko‘rsatiladi. Kimyo fanining tabiiy ilmiy savodxonlikni oshirishdagi o’rni beqiyosdir. Jumladan: a) Nazariy bilimlar orqali ilmiy asoslar berish Kimyo materiyaning tuzilishi, xossalari va o‘zgarishlarini o‘rgatadi. Bu orqali o‘quvchilar moddalarning tabiatini tushunadi, kundalik hayotda uchraydigan hodisalarga (masalan, oziq- ovqat tarkibi, dori vositalari, tozalash vositalari) ilmiy yondasha boshlaydi. b) Tajriba asosida fikrlashni rivojlantirish Kimyo laboratoriya mashg‘ulotlariga boy fan bo‘lib, o‘quvchilarda kuzatish, eksperiment o‘tkazish, xulosa chiqarish, sabab-oqibatni aniqlash kabi muhim ko‘nikmalarni shakllantiradi. c) Muhit va ekologiya bilan bog‘liqlik Kimyo fanida atrof-muhit ifloslanishi (havo, suv, tuproq), chiqindilarni qayta ishlash, ekologik xavfsizlik, yashil kimyo (green chemistry) kabi mavzular orqali o‘quvchilar ekologik ong va javobgarlikni o‘zlashtiradi. d) Hayot bilan bog‘lanish Kimyo fani orqali o‘quvchilar oziq-ovqat tarkibi va xavfsizligi, tibbiyotdagi kimyoviy vositalar, kundalik kimyo (sovun, bo‘yoq, dori vositalari) haqida tushunchaga ega bo‘ladi. STEAM yondashuvi – bu o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini oshirishda samarali strategiya bo‘lib, u nafaqat bilim berish, balki fikrlash, izlanish va yechim topish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. STEAM yondashuvi orqali tabiiy-ilmiy savodxonlikni shakllantirishning afzalliklari 1. Fanlararo integratsiya: Kimyo, fizika, biologiya, matematika kabi fanlar muhandislik, texnologiya va san’at bilan uyg‘unlashtiriladi. Bu esa o‘quvchilarning kompleks fikrlashini rivojlantiradi. 2. Amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim: Har bir mavzu real hayotiy muammolar bilan bog‘lanadi. Masalan, “Suvning ifloslanishi” mavzusini o‘rganishda o‘quvchilar kimyoviy ifloslantiruvchilarni aniqlash, filtrlash usullarini taklif qilish orqali loyihada ishtirok etadilar. 3. Muammoga asoslangan o‘rganish (PBL): O‘quvchilarga real muammo beriladi, ular esa jamoaviy ish orqali ilmiy asoslangan yechim taklif qiladilar. 4. Kreativlik va innovatsion yondashuv: San’at elementi orqali dizayn, vizualizatsiya va estetik fikrlash shakllanadi. 5. Eksperimentlar va loyiha ishlari: Kimyo fanida tajribalar o‘tkazish, reaksiya natijalarini baholash va ilmiy xulosa chiqarish orqali o‘quvchilar ilmiy metodologiyani o‘zlashtiradilar. Amaliy misollar: 7-sinf: “Moddalar va ularning xossalari” mavzusida loyihaviy ish – o‘quvchilar turli moddalarning yonish xususiyatlarini o‘rganib, ekologik toza yoqilg‘i turini taklif etadilar. 8-sinf: “Kimyoviy reaksiyalar” bo‘yicha tajriba – reaksiya turlarini laboratoriyada kuzatib, ularni kundalik hayot bilan bog‘lash. 9-sinf: “Elektroliz va galvanik elemen

Доказательный фрагмент

«The article discusses the concept of natural scientific literacy, its importance in modern education, and the role of chemistry in its formation.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article discusses the concept of natural scientific literacy, its importance in modern education, and the role of chemistry in its formation. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
STEAM, scientific literacy, chemistry, integration, creative thinking, kreativ fikrlash, tabiiy-ilmiy savodxonlik, muammo asosida o‘rganish., kimyo, integratsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники