К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘QIB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISHGA OID TOPSHIRIQLAR TAHLILI (6-sinf misolida)

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Axmadaliyeva Maftunabonu Elmurodjon qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Akhmadaliyeva Maftunabonu Elmurodzhan's daughter (in-academy.uz/index.php/yo) · Alisher Navoi (Student of Tashkent State University of Uzbek language and Literature named after)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘qib tushunish ko‘nikmasi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari 6-sinf ona tili darsligidagi o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar tahlil qilinib va qo‘shimcha metodik tavsiyalar berilgan. Annotation: This article provides detailed information about the skills of reading and understanding. In addition, tasks aimed at developing reading comprehension skills in the textbook of the 6th grade native language are analyzed and additional methodological recommendations are given. Kalit so‘zlar: Tinglab tushunish, o‘qib tushunish, gapirish, yozish, metod, topshiriqlar, ona tili darsligi, davlat ta’lim standartlari. Keywords: listening, understanding, reading, speaking, writing, method, assignments, mother tongue textbook, state education standards. Bugungi kunda ona tilini o‘qitishda to‘rtta nutqiy ko‘nikmalardan faol foydalanilmoqda. Bular: tinglab tushunish, o‘qib tushunish, gapirish va yozish. Ushbu nutqiy ko‘nikmalar o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlashiga, har qanday vaziyatda o‘z fikrini erkin, mustaqil bayon qilishi uchun xizmat qiladi. Yaratilayotgan darsliklarning asl mahiyati ham shuni tashkil qiladi. Ona tili fanining maqsadi ham o‘quvchiga hayotni anglatish, hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Bugungi globallashuv va axborot asrida o‘qib tushunish ko‘nikmasi har bir inson uchun muhim hayotiy zaruriyatga aylangan. Axborotni tezda qabul qilish, uni anglash, tahlil qilish jamiyatda faol va muvaffaqiyatli bo‘lishning asosiy shartlaridan biriga aylandi. Shu bois, o‘qib tushunish ko‘nikmasi dolzarb masala sifatida e’tirof etilmoqda. O‘qib tushunish – bu matnning grafika yordamida ifodalangan mazmunini muloqot vazifasiga muvofiq qabul qilish va qayta ishlash, mazmunan anglashga doir ko‘nikma. O‘qish obyekti sifatida faqat yozma matn tushunilmaydi. Rasmlar, chizmalar, grafiklarda tasvirlangan axborotlar, shuningdek, ovozlashtirilmagan videomateriallarni ko‘rib ularda berilgan axborotni tushunish ham o‘qib tushunish jarayoniga kiradi. O‘qishdan maqsad matnli axborotni qabul qilish va qayta ishlashdan iborat.[1:34] Matnni o‘qish murakkab jarayon bo‘lib, u psixologik, pedagogic va psixofiziologik aspektlarda o‘rganiladi. Ko‘plab rivojlangan xorijiy davlatlarda o‘qib tushunish ko‘nikmasi maktab 65 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo ta’limining markaziy qismi hisoblanadi. Darslar faqat matnni o‘qish bilan cheklanmaydi, balki matnni tahlil qilish, tanqidiy fikrlash, ma’lumotni baholash va mustaqil xulosa chiqarish, matnga oid topshiriqlar ustida ishlash kabi faoliyatlar asosiy o‘rinni egallaydi. Maxsus dasturlar orqali (misol uchun PISA testlari) o‘quvchilarning o‘qib tushunish darajasi muntazam baholanib boriladi. Hozirgi ta’lim tizimida O‘zbekistonda ham o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Maktablarda yangi darsliklar va turli metodlar yordamida bolalarning mustaqil fikrlashi va matnni anglash qobilyatini oshirish maqsadida turli xil mavzularda, turli xil topshiriqlar berilmoqda. Shuningdek, xalqaro baholash dasturida (PISA) ishtirok etib bu ko‘rsatkichni yanada yaxshilash choralari nazarda tutilgan. Yaratilayotgan bu imkoniyatlar o‘quvchilarning savodxonligini, ijodiy va tanqidiy tafakkurini shakllantirishga qaratilgan. O‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirish darsliklarda quyidagicha aks etgan: 6-sinf ona tilidarsligidagi “Ko‘zlarimiz – eng aziz do‘stlarimiz?” nomli matn va ushbu matnga oid topshiriqlarni ilmiy-tadqiqotchi o‘qituvchi sifatida tahlil qildim. Dastlab, nutqiy mavzudaga oid matn, undan keyin matnga oid savollar va mavzuni mustahkamlovchi topshiriqlar berilgan. Ko‘zlarimiz – eng aziz do‘stlarimiz 1. Matnda ko‘zga qanday ta’riflar berilgan? Qosh va kipriklarga-chi? Siz qanday ta’riflagan bo‘lardingiz? 2. Ko‘z qorachig‘i nima? Uning ko‘rish jarayonidagi o‘rni qanday? 3. Qosh va kipriklar qanday vazifani bajaradi? 4. Ko‘zga oid qaysi ma’lumot sizni hayron qoldirdi? Nima uchun? 1- topshiriq. Matnda ajratib ko‘rsatilgan olmoshlarni ular ishora qilayotgan birliklar bilan birga ko‘chiring. Namuna ular – ko‘zlar. Matnda qo‘llangan fe’llarning qaysi zamonga tegishli ekanini aniqlab, yozing. Shaxs sonini ayting. 2- topshiriq. Ko‘z bilan bog‘liq turli shakllardagi birliklarni moslab ko‘chiring. Ushbu birikmalar ishtirokida gaplar tuzib, yozing. ko‘z - ko‘l ko‘zyoshdek tiniq - ochilmoq ko‘zi - asramoq ko‘z qorachig‘idek – ilinmoq[2:50]. Berilgan matn va uning topshiriqlari o‘quvchilarning tafakkur ong osti jarayonini shakllantirish bilan birga, ularning lingvistik bilimlarini va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ilmiy-tadqiqotchi o‘qituvchi sifatida ushbu nutqiy mavzuni o‘qitish bo‘yicha quyidagi metod va usullarni tavsiya qilaman. 1- topshiriq. “Matn ichida yashiringan topshiriq” metodi. Matn ichiga maxsus yashirilgan topshiriq qo‘yiladi. O‘quvchi matnni diqqat bilan o‘qib, yashirin topshiriqni topishi va bajarishi kerak bo‘ladi.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘qib tushunish ko‘nikmasi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘qib tushunish ko‘nikmasi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
listening, understanding, reading, speaking, writing, method, assignments, Tinglab tushunish, ona tili darsligi, davlat ta’lim standartlari., topshiriqlar, gapirish, metod, yozish, o‘qib tushunish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники