Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUVCHILARDA OG’ZAKI NUTQ KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH USULLARI VA METODLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · USULLARI VA METODLARI (in-academy.uz/index.php/yo) · Abdunazarova Dildora Qahramon qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Speech, oral speech, written speech, colloquial style, methods and methods. Ma’lum bir kasb va sohada muvaffaqiyatga erishish uchun, avvalo, shu sohaning yetuk mutaxassisi bo’lishi, qolaversa, xorijiy tillarni bilishi, ijtimoiy muhitda o’z fikrini aniq va qisqa, tinglovchi shaxsga tushunarli tarzda yetkazib bera olish ham muhimdir. Shu bois, yoshlarning savodxonligini oshirish, og’zaki nutqini rivojlantirish, ularni xalqaro maydonda ham muvaffaqqiyatli bo‘lishlari uchun poydevor yaratadi. Ta’lim tizimida va ijtimoiy hayotda o’quvchilarning og’zaki nutq ko‘nikmasini o‘stirish — milliy tilimiz va madaniyatimizni asrash, raqamli hamda global dunyoda o‘z o‘rnini mustahkamlash uchun zarur boʻlgan dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.Og’zaki muloqot ko’nikmalari nafaqat ta’limda balki ijtimoiy hayot faoliyatida ham eng zarur bo’lgan ko’nikmalardan biridir. Insonga boshqa mavjudotlardan farqli ravishda o’z fikrlarini, kechinmalarini bayon etish imkoniyati berilgan, bu imkoniyatni amalga oshirish vositasi esa nutqdir. Alisher Navoiy bobomiz buni alohida ta’kidlab, shunday misralarni keltiradilar. Insonni so’z ayladi judo hayvondin, Bilgilki, guhari sharifroq yo’q ondin. Nutq deganda, aloqa jarayonida tilning namoyon bo’lishi, ro’yobga chiqishi, voqelanishi tushuniladi. Nutq-tilning uzviy, hal etuvchi bo’lagi bo’lib, tilning barcha tomonlarini namoyish etadi. Nutq kundalik hayotda kishilar orasidagi o’zaro aloqa ehtiyojini qondiruvchi vositadir1.Tilshunoslikda nutq monologik va dialogik ko’rinishda bo’lishi mumkin. Monologik nutqda bir kishining mulohazalariga qarshi savollarsiz yoki javoblarsiz yuzaga chiqadi. Suhbatdosh tomonidan bo’linmaydi.Dialogik nutqqa muloqot qiluvchi shaxslar navbat bilan goh tinglovchi goh so’zlovchi bo’lib turadi. Nutqni qanday usulda bayon qilishimiz, o’zgalarga qay holda yetqizishimizga ko’ra, nutqni og’zaki va yozma nutqqa ajratamiz. Harflar vositasida bayon qilingan nutq yozma nutq, hisoblansa, tovushlar orqali amalga oshiradigan nutqimizni og’zaki nutq deb ataymiz. Og‘zaki nutq so‘zlash- eshitishga qaratilgan bo‘lsa, yozma nutq yozish-o‘qishga qaratilgan bo‘ladi. Nutqning yozma va og‘zaki shakllari muayyan ko‘rinishlarga ega. Yozma nutq ko‘rinishlari: 1 Nutq madaniyatiga oid masalalar.Fan, -1973. 68 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 1) badiiy nutq. 2) ilmiy nutq. 3) publitsistik nutq. 4) rasmiy nutq. 5) neytral nutq. Og‘zaki nutq esa turli ijtimoiy qatlamlar nutqlaridan, turli sheva nutqlaridan tashkil topadi. U quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: betaraf (neytral), tantanali, ishqiy, yumoristik va satirik, rasmiy. Og‘zaki nutq-bir yoki bir necha kishining ovoz chiqarib so‘zlashi asosida yuzaga keladi. Og‘zaki nutq o‘z navbatida yana ikki turga bo‘linadi: dialogik va monologik. Fikr suhbat, muhokama, munozara shaklidagi nutqiy faoliyatlar davomida og‘zaki bayon qilinadi. Og‘zaki nutqning xususiyatlari quyidagilar: Suhbat – ma’lum bir mavzu yuzasidan dialog (yoki polilog) tarzida bo‘lib o‘tadigan nutqiy muloqot. Muhokama – biror masala yuzasidan ko‘pchilikning fikrini to‘plash, ma’lum to‘xtamlarga kelishini anglatadi. Munozara – biror masala yuzasidan taraflarning bahsini, tortishuvini anglatadi. Bahs jarayonida har bir ishtirokchi o‘zining haq ekanligini isbotlashga intiladi Og‘zaki nutqning yuzaga kelishida soʻzlashuv uslubi juda katta ahamiyatga ega, bu uslubda ohang - intonatsiyaning ahamiyati nihoyatda kattadir. Ohang og‘zaki nutqning reallashuvida til birliklaridan keyingi muhim, hal qiluvchi vosita bo‘lib, uning nutq tempi, pauza, ton, melodiya, tovush tembri, so‘z va gap urg‘usi kabi ko‘rinishlari ma’noni farqlashda, ottenkalarni ajratib ko‘rsatishda, hayajonni kuchaytirishda xizmat qiladi.So‘zlashuv uslubi kishilarning kundalik rasmiy-norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining o‘ziga xos tarzda amal qilishidir. Bu uslubning o‘ziga xos xususiyati nutq jarayonida til va tildan tashqari omillarning uyg‘un bo‘lishida ko‘rinadi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirish muhim metodik vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki og‘zaki nutq — bu bolaning shaxsiy fikri, dunyoqarashi va ichki dunyosining ifodasidir. O‘quvchi o‘z fikrini ravon, izchil va ishonch bilan bayon eta olsagina, u jamiyatda faol va muvaffaqiyatli shaxs bo‘lib shakllanadi. Og‘zaki nutq ko‘nikmalari o‘z-o‘zidan shakllanmaydi — bu doimiy mashq, faol muloqot, eshitish va ifodalash jarayonlari orqali rivojlanadi. Shu bois, dars jarayonida so‘zlashuvga yo‘naltirilgan metodlar, interaktiv usullar, guruhlarda ishlash, suhbatlar, bahs- munozaralar kabi faoliyatlar qo‘llanilganda, o‘quvchining til boyligi, nutq madaniyati va ijodiy tafakkuri yuksaladi. Shuningdek, og‘zaki nutq — bu faqat grammatik jihatdan to‘g‘ri gapirish emas, balki ta’sirchanlik, mantiqiylik, izchillik va ifodaviylikni o‘zida jamlagan ko‘nikmadir. O‘quvchining og‘zaki nutqi rivojlangan sari uning yozma savodxonligi, mustaqil fikrlashi va muloqotda faol ishtiroki
Доказательный фрагмент
«Speech, oral speech, written speech, colloquial style, methods and methods.»
Образец извлечения
Демо-превьюSpeech, oral speech, written speech, colloquial style, methods and methods. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- og’zaki nutq, so’zlashuv uslubi, Nutq, yozma nutq, usul va metodlar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026