Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QIZIRIQ TUMANI SHEVASINING LEKSIK VA LEKSIKOGRAFIK XUSUSIYATLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Xoliqulova Zarnigor Azim qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Xolova Muyassar Abdulhakimovna (in-academy.uz/index.php/yo) · ЛЕКСИКО-ЛЕКСИКОГРАФИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ДИАЛЕКТА (in-academy.uz/index.php/yo) · КИЗИРИКСКОГО РАЙОНА (in-academy.uz/index.php/yo) · Холикулова Зарнигор Азим кызы (in-academy.uz/index.php/yo) · Холова Муяссар Абдулхакимовна (Студент факультета (узбекский язык))
Молодые ученые · 2026
Аннотация
В данной статье рассматриваются лексические и лексикографические особенности диалекта Кызырыкского района, входящего в состав Сурхандарьинской области, одного из регионов, где распространен кипчакский диалект, и в качестве доказательства этих соображений приводятся примеры диалектных единиц, используемых в настоящее время в языке населения региона. Кроме того, в статье дается представление о лексическом и лексикографическом анализе, а также кратко описываются научные исследования ученых, работающих в этой области. Ключевые слова: Диалект, диалект, лексический анализ, лексикографический анализ, омоним, синоним, антоним, полисемия, фразеология. 20 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo LEXICAL AND LEXICOGRAPHIC FEATURES OF THE DIALECT OF KIZIRIK DISTRICT Kholikulova Zarnigor Azim kyzy Termez State University Philology and Language Teaching Student of the Faculty (Uzbek language) O6984404@gmail.com Kholova Muyassar Abdulhakimovna Scientific Supervisor: Termez State University Associate Professor of the Department of Uzbek Linguistics, Candidate of Philological Sciences xolovam@tersu.uz Resume: This article discusses the lexical and lexicographic features of the dialect of the Kyzyryk district, part of the Surkhandarya region, one of the regions where the Kipchak dialect is widespread, and provides examples of dialect units currently used in the language of the region's population as evidence of these considerations. In addition, the article provides an understanding of lexical and lexicographic analysis, and briefly describes the scientific research of scientists working in this area. Keywords: вialect, dialect, lexical analysis, lexicographic analysis, homonym, synonym, antonym, polysemy, phraseology. Har bir xalq o‘z mahalliy shevalarida muloqot yuritadi, binobarin, xalq o‘z shevasi bilan birga yashaydi va sheva ham xalqning butun borlig’ini, moddiy va ma’naviy dunyosini, his- tuyg’ularini ifoda qiladi hamda bu jarayonda u to‘xtovsiz rivojlanish sari faoliyatda bo‘ladi va boyib boradi. Uning boyligi fonetik, grammatik va leksik sathlarda namoyon bo‘ladi. O‘zbek tili boshqa turkiy tillardan ko‘p shevaliligi bilan farqlanadi. O‘tgan tarixiy davr ichida o‘zbek shevalari to‘xtovsiz taraqqiy etdi. O‘zbek tili o‘z tarixiy taraqqiyotida uchta lahjaning birligidan tarkib topgan. Ular qarluq lahjasi, qipchoq lahjasi, o‘g’uz lahjasidir. Biz ushbu shevalardan qipchoq lahjasi haqida so‘z yuritamiz. Qipchoq qabilalari uzoq o‘tmishda Oltoy o‘lkasida yashaganlar. 7-8- asrlarda Turk hoqonligi tarkibida bo‘lgan. 13- asr o‘rtalarida ular kimak// imak (yimak)lar davlati tarkibida qoladilar. 11- asrda bu davlat parchalanib ketgach, qipchoqlar siyosiy jihatdan faollashadi. Qipchoqlarning avlodlari hozirgi Mongoliya, Oltoy, O‘rta Osiyo, Itil bo‘yi hududlarida istiqomat qiladilar. Bu lahja vakillari O‘zbekiston Respublikasining Toshkent viloyati, Sirdaryo, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax viloyatlarida, Tojikistonning janubiy hududlarida, Turkistonning Suvnoq, Cho‘moq qishloqlarida yashaydilar1. Qipchoq lahjasi bo‘yicha ko‘plab olimlar, jumladan, A.Shermatov, A. Jo‘rayev, A. Ishayev, Q. Mamayevlar bir qancha tadqiqotlar olib borgan. Bu tadqiqotlar ichida S. Raximovning “Surxondaryo o‘zbek shevalari lug’ati” nomli ilmiy-tadqiqot ishi alohida o‘rin tutadi. Biz tahlilga tortmoqchi bo‘lgan sheva aynan qipchoq lahjasiga kiruvchi Surxondaryo viloyatining hududida joylashgan tumandir. 1Fayziyeva X,“O`zbek dialektologiyasi”. “KITOB NASHR” . Termiz-2024. 55-bet. 21 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Qiziriq tumani o‘zida shevasini to‘liq saqlagan hududlardan biri bo‘lib, aholisining deyarli barcha qismi to‘liq shevada so‘zlashadi. Bu sheva o‘zining fonetik va grammatik xususiyatlari qatorida xilma-xil leksik xususiyatlarga ham ega. Bu xususiyatlar shevani adabiy tildan va ayni vaqtda boshqa shevalardan farqlaydi. Qiziriq tumani shevasida boshqa hudud shevalari kabi o‘zbek adabiy tilida yo‘q bo‘lgan so‘zlar uchraydi. Masalan, čātïrïq (o‘rgimchak ini), äŋŋärä (bug’doy ekinidan bo‘shagan maydon), bӧbäk (chaqaloq), ǯerǯāγïč (buzoqboshi), väläsävit, välsävit (velosiped), mäšinä (to‘g’nog’ich), šüllä (shavla), bāvïr (jigar) kabi singarmonizmni o‘zida to‘liq saqlagan so‘zlar misol sifatida keltirishimiz mumkin. Shevalar o‘zbek tilining bir tarmog’i bo‘lishi bilan birga, adabiy til bilan o‘zaro umumiy va xususiy leksik qatlamlarga ega. Bu shevalardagi ma’nodosh, ko‘p ma’noli va zid ma’noli kabi munosabatlar tufaylidir. Ma’nodosh so‘zlar. Ma’nodosh(sinonim) so‘zlar yozilishi va shakli har xil,ammo o‘zaro umumlashtiruvchi ma’noga ega bo‘lgan bir guruh so‘zlarning o‘z ma’nolari bilan bir xil yoki o‘xshash bo‘lib, talaffuz va yozuvda farqlanishi, jumladan, turli xil uslubiy bo‘yoqdorlikka ega bo‘ladi. Qiziriq tumani shevasida ham ma’nodosh so‘zlar adabiy tildagiga nisbatan ko‘proq ko‘rinishlarga ega bo‘lib, o‘zida rang-barang ma’no nozikliklarini mujassam etgan. Masalan,b
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются лексические и лексикографические особенности диалекта Кызырыкского района, входящего в состав Сурхандарьинской области, одного из регионов, где распространен кипчакский диалект, и в кач…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются лексические и лексикографические особенности диалекта Кызырыкского района, входящего в состав Сурхандарьинской области, одного из регионов, где распространен кипчакский диалект, и в кач… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- вialect, dialect, lexical analysis, lexicographic analysis, homonym, synonym, sheva, omonim, Lahja, leksikografik tahlil, antonim, leksik tahlil, polisemiya, sinonim, frazeologiya.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025