Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA NUTQ O‘STIRISH METODIKASI
Jo‘rayeva Go‘zal Qodirovna
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
В статье рассматриваются понятие речи, методика развития речи, ее значение, пути развития речи учащихся, методика, ряд аспектов освоения речи, направления развития речи, четко обозначенные требования к развитию речи учащихся, жизненные навыки, которые должны быть сформированы у учащихся путем достижения развития речи в образовательном процессе. Ключевые слова: речь, методика, аспекты речи, жизненные навыки, развитие человека, великие ученые, духовное наследие, восточное образование и воспитание, нормы литературного языка, мышления и ораторского искусства, качество образования. ANNOTATION The article discusses the concept of speech, the methodology of speech development, its importance, ways of developing students' speech, methodology, a number of aspects of speech acquisition, directions of speech development, clearly defined requirements for developing students' speech, and life skills that should be formed in students by achieving speech development in the educational process. Keywords: speech, methodology, aspects of speech, life skills, human development, great scholars, spiritual heritage, oriental education and upbringing, norms of literary language, thinking and oratory, quality of education. Nutq — kishi faoliyatining turi, til vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabar, o‘z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir. Nutq o‘stirish nima? Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishini, bog‘lanishli nutqni) faol amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Agar o‘qituvchi ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda, o‘quvchilaming tilning talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi va bog‘lanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va usullami qo‘llash tushuniladi. Shuning uchun ham grammatika va imlo dasturi tovushlar va harflar, so‘z, gap, bog‘lanishli nutq kabi qismlarni o‘z ichiga olgan. Ona tili dasturining bo‘limlari “Xat-savod o‘rgatish va nutq o‘stirish”, 7 “O‘qish va nutq o‘stirish”, “Grammatika, imlo va nutq o‘stirish” deb nomlangan. Nutq faoliyati uchun, shuningdek o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur: 1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilar nutqini o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki yoki yozma bayon qilish xohishini va zaruriyatini yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi. 2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material qanchalik to‘liq, boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi. Shunday ekan, o‘quvchilar nutqini o‘stirishning ikkinchi sharti nutqqa oid mashqlarning materiali haqida bo‘lib, o‘quvchi nutqi mazmunli bo‘lishi uchun g‘amxo‘rlik qilish hisoblanadi. 3. Fikr tinglovchi tushunadigan so‘z, so‘z birikmalari, gap, nutq birliklari yordamida ifodalansagina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning uchinchi sharti — nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. O‘quvchilarga til namunalarini berish, ular uchun yaxshi nutqiy sharoit yaratish zarur. Nutqni eshitish va undan o‘z tajribasida foydalanish natijasida bolalarda ta'lim metodikasi asoslanadigan ongli ravishda “tilni sezish” shakllanadi. Nutq o‘stirishning metodik sharti nutqiy faoliyatning keng tizimini yaratish, ya’ni, birinchidan, yaxshi nutq namunasini idrok etish, ikkinchidan, o‘rgangan til vositalaridan foydalanib, o‘z fikrini bayon etish uchun sharoit yaratish hisoblanadi. Bola tilni nutqiy faoliyat jarayonida o‘zlashtiradi. Buning o‘zi yetarli emas, chunki u nutqni yuzaki o‘zlashtiradi. Nutqni egallashning qator aspektlari mavjud. Bular: 1. Adabiy til me’yorlarini o‘zlashtirish. Maktab o‘quvchilarini adabiy tilni sodda so‘zlashuv tilidan, sheva va jargondan farqlashga o‘rgatadi, adabiy tilning badiiy, ilmiy, so‘zlashuv variantlari bilan tanishtiradi. 2. Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur bo‘lgan muhim nutq malakalarini, ya’ni o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirish. Bu bilan o‘quvchilar yozma nutqning xususiyatlarini, uning og‘zaki so‘zlashuv nutqidan farqini bilib oladi. 3. O‘quvchilaming nutq madaniyatini takomillashtirish. Til jamiyatdagi eng muhim aloqa vositasidir. Tilning mana shu ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqib, maktabda o‘quvchilaming nutq madaniyatiga alohida e’tibor beriladi. Bu vazifalarni bajarish uchun o‘qituvchi o‘quvchilar bilan rejali ish olib borishi lozim. Buning uchun esa o‘quvchilar nutqini o‘stirish ustida ishlash tushunchasiga nimalar kirishini bilib olish muhimdir. Nutq o‘stirishda uch yo‘nalish aniq ajratiladi: 1) so‘z ustida ishlash; 2) so‘z birikmasi va gap ustida ishlash; 3) bog‘lanishli nutq ustida ishlash. So‘z, so‘z birikm
Доказательный фрагмент
«В статье рассматриваются понятие речи, методика развития речи, ее значение, пути развития речи учащихся, методика, ряд аспектов освоения речи, направления развития речи, четко обозначенные требования к развитию речи у…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматриваются понятие речи, методика развития речи, ее значение, пути развития речи учащихся, методика, ряд аспектов освоения речи, направления развития речи, четко обозначенные требования к развитию речи у… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- speech, methodology, aspects of speech, life skills, human development, great, hayotiy ko‘nikmalar, sharqona ta’lim va tarbiya, ta’lim sifati., metodika, inson kamoloti, tafakkur va notiqlik san’ati, nutq aspektlari, buyuk allomalar, nutq, adabiy til normalari, ma’naviy meros
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025