К содержанию
РецензированоRU2026

TEXNOLOGIK TAʼLIMDA OʻQISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Normurodova Zebo

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

В этой статье анализируются способы повышения эффективности учащихся за счет использования технологической подготовки. Использование информационных и коммуникационных технологий, интерактивных платформ и цифровых ресурсов в образовательном процессе показано, что студенты могут укрепить интерес студентов, могут развить навыки для независимого мышления и решения проблем. Преимущества, проблемы и перспективы технологических инструментов покрываются. Результаты исследования завершились практическими рекомендациями для эффективного использования технологического образования. Ключевые слова: технологическое образование, эффективность производительности, цифровые ресурсы, интерактивные методы, информационные технологии, образовательный процесс, инновационный подход. Zamonaviy taʼlim tizimida texnologik yondashuvlarning roʻli tobora ortib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) taʼlim jarayonlarini yanada interaktiv, qiziqarli va samarali qilish imkonini beradi. Ayniqsa, texnologik taʼlim vositalari oʻquvchilarning mustaqil fikrlash, muammolarni hal etish va yangi bilimlarni o‘zlashtirish qobiliyatlarini 13 rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, oʻqituvchilar va taʼlim muassasalari texnologik vositalardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish va oʻqish jarayonining sifatini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Mazkur maqolada texnologik taʼlimning oʻqish samaradorligiga taʼsiri, uning afzalliklari va qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilinadi hamda samaradorlikni oshirish yoʻllari koʻrib chiqiladi. Texnologik taʼlimning ahamiyati va asosiy tamoyillari. Texnologik taʼlim – bu axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda taʼlim jarayonlarini samarali tashkil etish usuli. U o‘quvchilarga interaktiv materiallar, video darsliklar, simulyatsiyalar va onlayn platformalar orqali bilim olish imkoniyatini yaratadi. Bunday yondashuv o‘quvchilarning mustaqil o‘qishiga, o‘zlashtirish tezligining oshishiga va qiziqish darajasining ko‘tarilishiga yordam beradi. Texnologik vositalarning o‘qish samaradorligiga taʼsiri. Texnologik vositalar yordamida taʼlimda taqdimotlar, testlar, animatsiyalar, virtual laboratoriyalar va boshqalar qo‘llaniladi. Bu usullar o‘quvchilarning diqqatini jamlash, mavzuni chuqurroq tushunish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, interaktivlik o‘quvchilarning faol qatnashishini taʼminlab, o‘qish jarayonini yanada samaraliroq qiladi. Texnologik taʼlimda yuzaga keladigan muammolar. Texnologik taʼlimning samarali bo‘lishi uchun zarur infratuzilma, texnik vositalar va malakali oʻqituvchilar talab etiladi. Shuningdek, barcha o‘quvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish muhimdir. Baʼzi joylarda internetga kirishdagi cheklovlar yoki texnik jihozlarning yetishmasligi texnologik taʼlimning toʻliq tatbiq etilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Samaradorlikni oshirishga oid tavsiyalar. Texnologik taʼlim samaradorligini oshirish uchun taʼlim muassasalari quyidagi choralarni amalga oshirishi kerak:  O‘qituvchilarni zamonaviy texnologiyalar bilan muntazam o‘qitish;  Interaktiv va qiziqarli taʼlim materiallarini ishlab chiqish;  O‘quv jarayonida individual yondashuvni taʼminlash; 1. Texnik infratuzilmani yaxshilash va internet imkoniyatlarini kengaytirish;  O‘quvchilar va ota-onalarni texnologik taʼlimning afzalliklari haqida xabardor qilish. Texnologik taʼlimda o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish uchun zamonaviy pedagogik usullar va texnologiyalardan faol foydalanish zarur. Xususan, interaktiv darslar, multimedia vositalari, simulyatsiya va virtual laboratoriyalar taʼlim sifatini sezilarli darajada oshiradi. Bunday vositalar o‘quvchilarni mavzuga qiziqtirib, tushunishni yengillashtiradi. Bundan tashqari, taʼlim jarayonida individual yondashuvni qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Har bir o‘quvchining qobiliyatlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda taʼlim dasturlarini moslashtirish, ularning motivatsiyasini oshiradi va bilimlarni chuqurroq egallashga yordam beradi. Shuningdek, guruhli ishlar va loyihalar orqali o‘zaro muloqot va hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkin. Texnologik taʼlimda o‘qish samaradorligini oshirishda doimiy baholash tizimini joriy etish lozim. Bu o‘quvchilarning bilim darajasini muntazam monitoring qilish, kamchiliklarni aniqlash va o‘z vaqtida tuzatish imkonini beradi. Baholash natijalariga asoslanib, o‘qituvchi o‘quv jarayonini moslashtirishi va takomillashtirishi mumkin. Shuningdek, taʼlim muhitining ergonomikasi ham o‘rganishga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Quvvatlantirilgan yorug‘lik, toza va qulay sinf xonalari, zamonaviy jihozlar o‘quvchilarning 14 diqqatini jamlashiga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida taʼlim jarayonining samaradorligini oshiradi. Oxir-oqibat, texnologik taʼlimdan samarali foydalanish uchun o‘qituvchilarning malakasini doimiy oshirib borish muhimdir. Ularning yangi texnologiyalar, pedagogik yondashuvlar bilan tanishligi, o‘quvchilarga zamonaviy taʼlim berishda katta rol o‘ynaydi. Xul

Доказательный фрагмент

«В этой статье анализируются способы повышения эффективности учащихся за счет использования технологической подготовки.»

Образец извлечения

Демо-превью

В этой статье анализируются способы повышения эффективности учащихся за счет использования технологической подготовки. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Technological education, performance efficiency, digital resources, texnologik taʼlim, raqamli resurslar, o‘quv jarayoni, interaktiv metodlar, innovatsion yondashuv., oʻqish samaradorligi, axborot texnologiyalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники