Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA ORIPOVNING IJODIY MEROSINI O'RGANISH
To'xtamurodova Nafisa Salim qizi
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
In this article we wrote about the current issues of studying the creative heritage of Abdulla Oripov and their analysis, as well as the place of Abdulla Oripov in the world of poetry and creativity, the deep meaning of his poems and the mastery of the use of words. We also analyzed the emotionality and impact of the poet's poems. We recorded the contribution to the relationship. Key words: Abdulla Oripov, creative path, poetry, literary heritage, artistic mastery, translations. O‘zbek she'riyatiga o‘zining qaynoq asarlari bilan kirib kelgan O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov o'zining serqirra va teran ijodi bilan nafaqat o‘zbek adabiyotida, balki millatning ma'naviy hayotida ham chuqur iz qoldirdi. Uning she'riyati, dostonlari va publitsistik asarlari xalqning dard -u hasratlari, orzu umidlari, milliy g'ururi va vatanparvarlik tuyg'ularining yorqin ifodasi bo‘lib kelgan. Abdulla Oripovning ijodiy merosini o‘rganish bugungi kun adabiyotshunosligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ijodining asosiy yo'nalishlari va mavzulari: Abdulla Oripov ijodini bir nechta asosiy yo‘nalish va mavzularga bo‘lish mumkin: *Vatanparvarlik va milliy o'zlikni anglash: Shoirning ko'plab she'rlarida Vatan tuyg'usi, ona yurtga muhabbat, milliy tarix va madaniy merosga hurmat baland ovozda yangraydi. "O‘zbekiston", "Ona yurt", "Turkiston", "Men nechun sevaman O‘zbekiatonni" ka‘bi she'rlari bunga yaqqol misol bo'la oladi. U o‘zbek xalqining boy tarixi,uning mashhur siymolari bilan faxrlanadi va bu tuyg'ularni o‘quvchi qalbiga singdirishga intiladi.Shoir va jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning «Tilla baliqcha», «Men nechun sevaman O‘zbekistonni» singari dastlabki she'rlari talabalik yillarida yozilgan va o‘zbek she'riyatiga yangi, iste'dodli, o‘ziga xos ovozga ega shoirning kirib kelayotganidan darak bergan. Ko‘p o‘tmay, «Mitti yulduz» (1965) ilk she'rlar to‘plamining nashr etilishi she'riyat muxlislarida paydo bo‘lgan shu dastlabki tasavvurning to‘g‘ri ekanligini tasdiqlagan. Shundan keyin shoirning «Ko‘zlarim yo‘lingda» (1966), «Onajon» (1969), «Ruhim», «O‘zbekiston» (1971), «Xotirot», «Yurtim shamoli» (1974), «Yuzma-yuz», «Hayrat» 16 (1979), «Najot qal'asi» (1981), «Yillar armoni» (1983), «haj daftari», «Munojot» (1992), «Saylanma» (1996), «Dunyo» (1999), «Shoir yuragi» (2003) singari she'riy kitoblari nashr etilgan. Men nechun sevaman O‘zbekistonni" she'ridan parcha tahlil qilamiz : Xalqim, tarix hukmi seni agarda, Mangu muzliklarga eltgan bo’lsaydi, Qorliklarni makon etgan bo’lsayding, Mehrim bermasmidim o’sha muzlarga? Ushbu she'rda shoir avvalo o‘ziga savol beradi bu savol faqat ijodkorninggina emas har bir o‘quvchining ,har bir yurt farzandining o‘ziga bergan savoli bo‘lishi kerak. Bunda shoirimiz nechun vatanni tanho ataymiz, aslida dunyoda tanho narsa nima deydi: Aslida dunyoda tanho nima bor? Paxta o‘smaydimi o‘zga elda yo? Yoki quyoshimi sevgimga sabab? Axir quyoshli-ku, butun Osiyo Yoki tuprog'i tanhomi deydi Аbdullа Оripоv shе’rlаridаgi bеаdаd sаmimiyat, tuyg‘ulаr chinligi kishini bеiхtiyor o‘zigа аsir qilаdi. Shоir shе’rlаri kаyfiyat vа hissiyotning yaхlit оbrаzlаridir. U insоn tuyg‘ulаrini, hissiyotini shu qаdаr chuqur bilgаni vа ifоdа etа оlgаnidаn butun shе’r emаs, bаlki аyrim misrаlаrning o‘ziyoq shе’rхоndа muаyyan kаyfiyat hоsil qilаdi”.[1] Badiiy mahoratni o‘rganish:Abdulla Oripov o‘zbek she'riyatining an’anaviy shakllarini zamonaviy ruh bilan uyg‘unlashtirish katta mahorat ko'rsatgan. Uning poetik uslubi, til boyligi va obrazlilik san‘ati o‘rganishga arziydi. Shoirimiz tarjimonlik sohasida ham o‘zini sinab ko‘rdi va ko'plab asarlar tarjima qilishga erishdi desak xato bo‘lmaydi. Abdulla Oripov Dantening “Ilohiy komediya” asarini, Nekrasov, Lesya Ukrainka, T. Shevchenko, K. Kuliyev kabi dunyoga mashhur yozuvchilarning asarlarini oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. Shu o‘rinda shuni ham aytib ketishimiz joizki ,2015-yilda Oripov Italiya yulduzi ordeni bilan taqdirlangan. Ordenni Oripovga Italiya prezidenti Serj Sotarelloning maxsus taklifiga binoan topshirilgan. *Badiiy mahoratni o‘rganish:Abdulla Oripov o‘zbek she'riyatining an’anaviy shakllarini zamonaviy ruh bilan uyg‘unlashtirish katta mahorat ko'rsatgan. Uning poetik uslubi,til boyligi va obrazlilik san‘ati o‘rganishga arziydi.“Abdulla Oripov she’riyatidagi xalq qalbiga yaqinlik, xalq dilidagi quvonch va shodlik, armon va dardlarni topib soʻylash, insonning rangin tuygʻularini rassomona koʻz bilan ilgʻab, musiqiy misralarda ifodalash, uning she’riyatidagi badiiy haqqoniyat uygʻunligi-shoir she’rlarining takrorlanmas, oʻziga xos xususiyatlaridandir”. [2] Xulosa: Abdulla Oripovning ijodiy merosi o‘zbek xalqining bebaho ma'naviy xazinasi hisoblanadi .Shoirning betakror so‘zi hamisha qalbimizdan joy olib,uni ezgulikka, vatanparvarlikka va yuksak ma'naviyatga chorlab turaveradi.Abdulla Oripovning boy va serqirra ijodiy merosi o‘zbek adabiyoti va madaniyatining bebaho qismidir. Uning she’riyati, dostonlari va pub
Доказательный фрагмент
«In this article we wrote about the current issues of studying the creative heritage of Abdulla Oripov and their analysis, as well as the place of Abdulla Oripov in the world of poetry and creativity, the deep meaning…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article we wrote about the current issues of studying the creative heritage of Abdulla Oripov and their analysis, as well as the place of Abdulla Oripov in the world of poetry and creativity, the deep meaning… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Abdulla Oripov, creative path, poetry, literary heritage, artistic mastery, badiiy mahurat, adabiy me'ros, she'riyat, tarjimalar, ijodiy yo‘l
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025