К содержанию
РецензированоUZ2026

XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA GENDER TENGLIKNI TA’MINLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIKKA TA’SIRI

Nazarova Madina Burxonovna · Abdiyev Nosir Raximovich

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Gender equality refers to the equality of economic, political and social opportunities for women and men. The service sector is a dynamic sector of the economy of tourism, finance, health, education, it, etc., in which ensuring gender equality has a positive impact on productivity, innovation and sustainable economic growth. Ensuring gender equality in the field of services full-fledged use of human resources, that is, in addition to ensuring economic growth in the activities of enterprises, contributes to the expansion of the activities of the enterprise, the further development of this industry. Kalit so‘zlar: gender tenglik, xizmat ko‘rsatish sohasi, gender muvozanat, gender tenglikning huquqiy asoslari, rag‘batlantirish. Keywords: gender equality, service sector, gender balance, legal foundations of gender equality, promotion. Rivojlangan mamlakatlarda, shuningdek zamonaviy kompaniyalar faoliyatida, biznes dunyosida hamda boshqa turdagi jamoaviy faoliyatda loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshishida inson resurslarining sifat jihatdan xilma-xilligi, xususan gender muvozanati muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyo rivojining hozirgi davrida inson taraqqiyoti, uning huquq va erkinliklari, ijtimoiy adolat va inson xavfsizligini taʼminlash borasidagi olib borilayotgan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ayollar va erkaklarning jamiyat hayotining barcha jabhalaridagi tengligini amalda 72 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference taʼminlash masalalari ustuvor vazifalarning biriga aylanmoqda. Mamlakatimizda ushbu sohaga oid 25 ta qonunchilik hujjati qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitalari tashkil etilganligi buning yaqqol isboti hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida 6 milliondan ortiq xotin-qizlarning muammolari puxta o‘rganilganligi hamda xotin-qizlarni qiynayotgan ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga amaliy yechim topish maqsadida “Аyollar daftari” va “Temir daftar” shakllantirilganligi ushbu muammolarni hal etishda mahallalarda yangi tashkil etilgan “Аyollar maslahat kengashlari” ham yaqindan ko‘mak berib kelayotganligi taʼkidlab o‘tildi. Bu borada xotin-qizlarning jamiyatdagi va davlat boshqaruvidagi mavqeini yanada oshirishga qaratilgan yaxlit tizim yaratish bo‘yicha taklif ishlab chiqish vazifasi belgilab berildi. Fikrimizcha, jamiyatda ayollar va erkaklar tengligi tamoyilini ilgari surish demokratik boshqaruvning asosiy va ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining “2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida Oʻzbekiston Barqaror rivojlanishning Beshinchi maqsadi gender tenglikni taʼminlash, barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish belgilangan. Unga koʻra, 2030-yilga borib barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning toʻliq va samarali ishtirokini, yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlarni taʼminlash zarur. Xizmat ko‘rsatish sohasi zamonaviy iqtisodiyotda yuqori bandlik darajasi va YIMdagi ulushi bilan ajralib turadi. Biroq ushbu sohada gender tenglik hali ham dolzarb masala bo‘lib, ayollar ko‘pincha past maoshli lavozimlarda yoki norasmiy bandlik shakllarida ishlaydi. Gender tenglikni ta’minlash xizmat sifatini oshirish, innovatsiyalarni jadallashtirish va korxonalar samaradorligini kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Gender tenglik – bu ayollar va erkaklarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy imkoniyatlar tengligini anglatadi. Shuningdek, bu tushunchani inson kapitalini to‘liq safarbar etish vositasi sifatida ham ta’riflash mumkin. Ayollar va erkaklar teng huquqli bo‘lishi xizmat ko‘rsatish tarmog‘ida mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi. Xizmat koʻrsatish sohalari turizm, moliya, sogʻliqni saqlash, taʼlim, IT va boshqalarda iqtisodiyotning 73 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference dinamik tarmogʻi boʻlib, unda gender tengligini taʼminlash ishlab chiqarish samaradorligi, innovatsiyalar va barqaror iqtisodiy oʻsishga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Shuningdek, teng imkoniyatlar – bandlik darajasining oshishi, soliqlar tushumi ko‘payishi va iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi. Xizmat ko‘rsatish sohasida masalan, mehmonxona, restoran, chakana savdo sohalarida ko‘pincha ayollar tomonidan dominantlik qiladi, ammo rahbarlik lavozimlarida erkaklar ustunlik qiladi. Gender tenglik barcha xodimlarga teng imkoniyatlar taqdim etadi, bu esa ish samaradorligini va mijozlar ehtiyojlariga moslashuvchanlikni oshiradi. Gender tenglikka sarmoya kiritish ya’ni teng maosh, ayollarning

Доказательный фрагмент

«Gender equality refers to the equality of economic, political and social opportunities for women and men.»

Образец извлечения

Демо-превью

Gender equality refers to the equality of economic, political and social opportunities for women and men. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
gender equality, service sector, gender balance, legal, xizmat ko‘rsatish sohasi, gender tenglikning huquqiy asoslari, rag‘batlantirish., gender muvozanat, gender tenglik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти