К содержанию
РецензированоUZ2026

TRANSPORT VOSITALARI HARAKATI YOKI ULARDAN FOYDALANISH XAVFSIZLIGI QOIDALARINI BUZISH JINOYATLARINI TERGOV QILISHDA ZAMONNAVIY TEXNIKA VOSITALARINI QO’LLASHNING AHAMIYATI

VOSITALARINI QO’LLASHNING AHAMIYATI · Majidov Jamshed Abdulla o’g’li

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

The article presents the author's views on certain modern technical means used in some foreign countries in the investigation of crimes related to violations of road traffic or vehicle operation safety rules. Keywords: Inquirer, investigator, crime scene, inspection, individual rights, individual freedoms, road traffic and vehicle operation safety, road traffic accident. Bir qator mamlakatlarda YTH natijasida o‘lim holatlari aholi sonining qisqarishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan yuritiladigan va har 3-5 yilda bir marta e’lon qilinadigan “Dunyoda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha hisobot” (“Global Status Report on Road Safety”)ga ko‘ra, joriy yilda dunyo bo‘yicha har 100.000 nafar aholiga nisbatan YTH oqibatida vafot etganlar nisbati 17 nafar shaxsni tashkil qilmoqda. YTH natijasida halok bo‘lganlar ulushi AQShda har 100 ming nafar aholiga – 11,1, Rossiyada – 11,2, Germaniyada – 3, Buyuk Britaniyada – 2,8, Yaponiyada – 2,2, Tojikistonda – 19,4, Turkmanistonda –15,5, Qirg‘izistonda – 13,8, 34 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Qozog‘istonda – 12,8 nafarni tashkil etmoqda. Yil sayin yo’l transport hodisalarining jadal suratda ko’payib, turli xil usullarda sodir etilayotgani davlatlar tomonidan milliy qonunchilikni rivojlantirish va YTH bilan bog’liq jinoyatlarni samarali ochish va tergov qilishni yanada takomillashtirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar ishlab chiqish lozimligini ko‘rsatmoqda. Jahonda transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligini buzish jinoyatlarini tergov qilishda qilmishga to’g’ri huquqiy baho berish, xususan, aybning shakli, shikastning xususiyati, sodir etilgan qilmish bilan kelib chiqqan oqibat o’rtasidagi sababiy bog’lanishning mavjudligini aniqlash, murakkab ob-havo sharoitida hodisa joyidagi dalillarni yo’q bo’lib ketishini oldini olish maqsadida hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirishda zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish, haqiqiy aybdorlarni fosh etishda maxsus bilim va kriminalistik uslublardan foydalanish, isbotlanishi zarur bo’lgan holatlar doirasini aniqlash va ular bo’yicha o’tkazilishi talab etilgan tergov va protsessual harakatlar ketma-ketligi (algoritmi)ni ishlab chiqish, tergov harakatlarini o’tkazishning yangi taktik usul va imkoniyatlaridan samarali foydalanish jinoyatlarni tergov qilish faoliyatining samarali tashkil etilishiga to’sqinlik qiluvchi amaldagi qonunchilikdagi bo’shliqlarni bartaraf etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Respublikamizda yildan-yilga o‘lim va og‘ir tan jarohati olish bilan bog‘liq transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatlari oshib borayotgan va turli xildagi dvigatel sig’imi va ot kuchiga ega bo’lgan transport vositalarining yurtimizga kirib kelishi natijasida mazkur turdagi jinoyatlarning sodir etish usullari ham yuqorida ko’rsatilgani kabi o’zgarib borayotgan bir vaqtda, bu sohada yuritilayotgan jinoyat ishlarining an’anaviy usulda tergov qilib kelinayotganligi, xususan, maxsus bilimlardan etarlicha foydalanilmasligi, ishga oid dalillarni to’plashdagi kamchiliklar, ekspert oldiga hal qilinishi uchun ishga ahamiyatli savollarning qo‘yilmasligi, hodisa sodir bo’lgan joyni ko‘zdan kechirishda axborot texnologiyalaridan hamda zamonaviy innovatsion texnik vositalardan samarali foydalanish yo’lga qo’yilmaganligi natijasida oqlov hukmlarining soni ortib borayotganligi (2021- yilda 6 ta, 2022-yilda 8 ta, 2023-yilda 9 ta, 2024 yilda 14 ta) ushbu turdagi jinoyatlarni tergov qilishni takomillashtirish naqadar zarurligini taqozo etmoqda. Agar Toshkent shahri kabi tirbandlikka tez-tez duch kelinadigan shahar ko‘chalarida YTH yuz beradigan bo‘lsa, tergovchi yoki surishtiruvchining oldidagi eng muhim masala o‘ta qisqa vaqt ichida hodisa sodir bo‘lgan joyni 35 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference ko‘zdan kechirish va yo‘lni boshqa transport vositalari erkin harakatlanishlari uchun bo‘shatish hisoblanadi. Biroq hodisa joyini o‘ta qisqa vaqt ichida sifatli ko‘zdan kechirishning jismoniy imkoniyati mavjud emas. Misol uchun o‘lchov ishlarining o‘zi bir necha o‘n daqiqa vaqt oladi. Bilamizki, so‘nggi bir necha o‘n yilliklarda YTH sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda asosan lentadan o‘lchov vositasi sifatida foydalanib kelganmiz. Biroq, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda an’anaviy o‘lchash usuli ham, biroz yangiroq boshqa usullar ham ko‘plab kamchiliklarga ega. Masalan, yo‘lning serqatnovligi, hodisa joyiga ko‘plab xodimlar va fuqarolarning kirib-chiqishi, ob-havo va boshqa omillar o‘lchov ishlarini to‘liq, aniq va sifatli bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Bundan tashqari, agar YTH sodir bo‘lgan joy tozalangandan keyin noto‘g‘ri yoki etishmayotgan ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, bu usullarning barchasini dastlabki natija bilan qayta tekshirib bo‘lmaydi

Доказательный фрагмент

«The article presents the author's views on certain modern technical means used in some foreign countries in the investigation of crimes related to violations of road traffic or vehicle operation safety rules.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article presents the author's views on certain modern technical means used in some foreign countries in the investigation of crimes related to violations of road traffic or vehicle operation safety rules. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Inquirer, investigator, crime scene, inspection, individual rights, surishtiruvchi, yo’l-transport hodisasi, hodisa sodir bo’lgan joy, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi, ko’zdan kechirish, shaxsning huquqlari, shaxsning erkinliklari, tergovchi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти