Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OKKOZIONAL BIRLIKLARNING POETIK VAZIFASI (CHO‘LPON SHE’RIYATI MISOLIDA)
(CHO‘LPON SHE’RIYATI MISOLIDA) · Abduraximova Sofiya · NavDU Tillar fakulteti
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Okkazionalizm bir marta qo‘llanilishi va ta’sirchanligi, obraz yaratishda nihoyatda qulayligi bilan til birliklaridan farqlanib turadi. Yozuvchi yoki shoir okkazional birliklarni qo‘llar ekan, biror narsa, hodisa yoki tushunchani aniq, rang-barang ifodalashga harakat qiladi. Biz mazkur maqolada Cho‘lpon she’riyati misolida okkozional birliklarning poetik vazifasini tahlil qilganmiz. Kalit so‘zlar. Okkazionalizm, poetik vazifasi, poetikka, individual uslub Har bir ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati uning iste’dodidan darak beradi. Shoirlarning o‘ziga xos uslubining belgilaridan biri bu okkozional birliklardir. “Okkazional so‘zlar insonning faqatgina intellekti, fikrlash qobiliyatigina emas, balki uning hissiyotiga, voqelikni, dunyoni estetik jihatdan qabul qilishiga bog‘liq holda dunyoga keladi1”. Har bir ijodkor dunyoni o‘ziga xos tarzda anglaydi, tushunadi. Ushbu maqolada noodatiy usulda so‘z yasashning mahsuli bo‘lmish okkozional birliklarning poetik vazifasi haqida so‘z boradi va Cho‘lpon she’riyati orqali yoritib berish maqsad qilngan. Cho‘lpon o‘zining “Men qochmadim” she’rida “o‘zlik” va “ko‘plik” so‘zini qo‘llaydi. Men “o‘zlik”dan ko‘pdan beri uzilib “Ko‘plik” ichra botib ketgan tanaman. U “ ko‘plik”ning qayg‘usida cho‘zilib, Quloch otib, suzib yurgan yana men. Berilgan misralarda “o‘zlik” va “ko‘plik” tushunchalari o‘rtasidagi ziddiyat va ularning bir-biriga ta’siri aks etadi. “O‘zlik” – bu shaxsiy, individual so‘z, “ko‘plik” esa jamiyat, umumiylikni anglatadi. Misrada o‘zlikdan uzilish va ko‘plik ichida qolish, shaxsning o‘zligini yo‘qotishi va ko‘plab odamlar orasida yo‘qolishi haqida fikr yuritiladi. Bu yerda o‘zlikning yo‘qolishi, ko‘plik ichida cho‘zilib, suzib yurish – shaxsning ichki kurashi va o‘zligini qayta topish istagi bilan bog‘liq. Okkozional birlik (yaэni, biror narsaning bir vaqtning o‘zida ikkita yoki undan ortiq maэnoga ega bo‘lishi) misrada mavjud. Masalan, o‘zlik va ko‘plik o‘rtasidagi ziddiyat, shaxsiy tajriba va umumiy holatni birlashtirgan holda, 139 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference muallif o‘zining ichki kechinmalarini ifodalaydi. Yuqoridagi she‘rda o‘zlik so‘zini nafs ma‘nosida qo‘llagan. O‘zlik so‘zi nafs ma‘nosida qo‘llangan bo‘lsa, ko‘plik so‘zining ma‘nosi nima degan fikr keladi. “Ko‘plik” bu yerda jamiyat yoki boshqa odamlar bilan bog‘lanish, ko‘p insonlar yoki tashqi omillarga qarab yashashni anglatadi. Shoir o‘zini “ko‘plik ichra botib ketgan” deb tasvirlagan, ya’ni u o‘zining individual hayotini va shaxsiyatini yo‘qotib, boshqalar bilan birlashgan. “Ko‘plik”ning qayg‘usi esa shaxsning o‘zligini yo‘qotganida, jamiyatdagi boshqalarning qayg‘ulariga va tashqi dunyodagi voqealarga bog‘lanishini ifodalaydi. Shoir o‘zining ichki dunyosini, maqsadlarini unutib, jamiyatning og‘ir vaziyatlarida yashab qolganini tasvirlaydi. Shu bilan birga, she’rdagi “cho‘zilib, quloch otib, suzib yurgan yana men” so‘zlari shaxsning ichki izlanishlarini, o‘zligini qayta tiklashga urinishini, lekin bunga erisha olmayotganini anglatishi mumkin. Shoir o‘zining ichki his- tuyg‘ulari va maqsadlariga qaytishni xohlaydi, lekin “ko‘plik”ning og‘ir vaziyatlarida bu mumkin emas. Shu she‘rning davomini tahlilga tortadigan bo‘lsak adib nima demoqchi ekanligini ochiq va aniq bilib olishimiz mumkin. Bunda adib “ Yosh yog‘och” okkazional birligini qo‘llaydi. “Yosh yog‘och” — yangi imkoniyatlar, rivojlanish va o‘sish ramzi sifatida ishlatilgan, bu so‘zning ma’nosi yosh, yangi boshlanishlar va hayotdagi o‘zgarishlarni anglatadi. Men yangilar o‘lkasidan sinmagan Bir qanotni taqib olib qo‘zg‘aldim; Shul yo‘limda yaproqlari so‘lmagan “Yosh yog‘och”ning soyasida to‘xtaldim. “Yosh yog’och” okkazional birligidan foydalangan adib nima demoqchi? Bu yerda “yosh yog‘och” – hali o‘sish jarayonida bo‘lgan, yangiligi, yangi boshlanishlari va o‘zgarishlarga ochiqligi bilan ajralib turadigan bir o‘simlik yoki daraxt sifatida tasvirlanmaydi, “Yosh yog‘och”ning soyasida to‘xtash – bu yangi imkoniyatlar va umidlarni izlash, o‘sish va rivojlanishga intilishni anglatadi. Yangilik, o‘sish, o‘zgarish: “Yosh yog‘och” hali shakllanib bo‘lmagan, kuchli o‘sish potensialiga ega bo‘lgan bir daraxtdir. Bu insonning yoki hayotning yangi bosqichini, rivojlanishga bo‘lgan ehtiyojni ifodalaydi. Shoir bu yerda erkinlikka intiluvchi o‘z ruhiniga ishonishini va suyanishini nazarda tutgan. O‘z she’rlari bilan xalqqa turli estetik ta’sir etishni xohlagan Cho‘lpon o‘zining “Kishan” she’rida manhus okkazional birligidan foydalanadi. “Manhus” so‘zi behosiyat, shum ma’nolarida kelgan. Na mudhish, na sovuq – manhus, 140 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Na qizg‘anmas quchog‘ing bor! Bashar tarixining har safhasida qonli dog‘ing bor!Adib manhus so‘zidan foydalanib, “ Kishan” insonlar hayotiga qay darajada fojia keltirganini ifodalab bergan. Kishanga tushgan insonlarni yuragida qonli dog‘ing bor deya ta’kidlaydi. Adib shu she‘
Доказательный фрагмент
«Okkazionalizm bir marta qo‘llanilishi va ta’sirchanligi, obraz yaratishda nihoyatda qulayligi bilan til birliklaridan farqlanib turadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюOkkazionalizm bir marta qo‘llanilishi va ta’sirchanligi, obraz yaratishda nihoyatda qulayligi bilan til birliklaridan farqlanib turadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- poetikka, Okkazionalizm, poetik vazifasi, individual uslub
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025