Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
YASOVCHI MORFEMALAR YORDAMIDA HOSIL QILINGAN OKKAZIONAL BIRLIKLAR
MANAGEMENT AND ECONOMY · OKKAZIONAL BIRLIKLAR · Abduraximova Sofiya
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada okkazional so‘zlar qanday nutq turlariga yuzaga kelishiga qarab o‘zgarishi, o‘sha nutq talab qiluvchi vazifani bajarishi va bu orqali nutqining ma’naviy-nominativ, kommunikativ ehtiyojini qondirishi aks etishi haqida yoritilgan. Kalit so‘zlar. Okkazionalizm, okkazional so‘zlar, affiksatsiya, yasovchi affikslar. Okkazionalizmlar biror tushunchani o‘ziga hos tarzda qaytadan va ko‘p holda ta’sirchan ifodalash ifodalash ehtiyoji bilan yaratiladi. Bunda so‘zlovchidan ma‘lum topqirlik, lisoniy mahorat talab qilinadi. Oddiy, uslubiy betaraf nutqlarida okkazional so‘z nisbatan oddiy kommunikativ ma‘noni ifodalashi mumkin, ammo badiiy nutqda yaratilgan okkazional so‘zlar badiiy-estetik vazifani o‘taydi va o‘zi qatnashayotgan matnga badiiylik bo‘yog‘ini beradi. Shunday qilib, okkazional soʻzlar ogʻzaki nutqda hamda badiiy, publitsistik, ilmiy, umuman olganda, barcha sohada qoʻllanishi mumkin ekanligi yoritilgan. Tildagi affiksatsiya usuli bilan yasalgan okkazional birliklarni tahlilga oldik. So‘z yasovchi affikslar asosga qo‘shilib, shaxs, narsa, joy, belgi, harakat-holat kabi ma’nolarni ifodalaydi. Oʻzbek adabiyoti tarixida ruboiylari bilan mavqega ega boʻlgan atoqli shoir Pahlavon Mahmudning bir ruboiysida okkazional soʻz qoʻllangan . Gurkiragan olov-dilim yoʻldoshi Toʻlqin urgan daryo-koʻzlarim yoshi, Koʻzagirlar yasayotgan har koʻza Koʻhna doʻstlar xoki-qoʻli yo boshi. Shoir ruboiysida “koʻzagirʼʼ soʻzini ishlatadi. Koʻzagir bu yerda shaxs oti boʻlib kelmoqda koʻza +gir =koʻzagir koʻza yasovchi kasb egalari koʻzachi deb yuritiladi. Shaxs oti yasovchi -chi ,-gar qoʻshimchalari oʻrnida -gir affiksidan foydalanilgan bu esa fonetik okkazional soʻzga misol boʻla oladi. Hozirgi kunda qoʻshimchalar tarkibida shaxs oti yasovchi -gir qoʻshimchasi mavjud emas1. Yana bir buyuk siymo Fitrat o‘zining “Tanlangan asarlarida”, yurak so‘ziga - chilik affiksini qo‘shish orqali yurakchilik so‘zini hosil qilgan. Bu so‘z lirik turni 1 179 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference ifodalash uchun qo‘llangan. Ma’lumki, lirik turda muallifning ko‘ngil kuylari, ichki ko‘chirmalar o‘z aksini topadi. “Uning dardi ham, niyati ham bir- tezroq bu o‘laksazordan qutulish! Qanday , qachon qutuladi, bandasiga qorong’i2.” (Tohir Malikning “Murdalar gapirmaydilar” qissasidan) Ushbu gapda O‘laksazor okkazional birligi ishlatilgan. So‘zga e’tibor beradigan bo‘lsak, o‘laksa+zor=o‘laksazor . -zor-o‘rin-joy oti yasovchi qo‘shimcha hisoblanib, asosan otning leksik ma’nosidan anglashilgan narsaning mavjud bo‘lish o‘rin-joyi bilan bog‘liq otlar yasaydi3. Masalan, paxtazor, gulzor, lolazor, bedazor kabi -zor qo‘shimchasi orqali o‘laksazor so‘zini yasash adibning o‘z ixtirosidir. “Qadrdon o‘g‘rilar, bu shoshkich xatingiz bilan sizlarni ogoh etamiz, biz bilan “Cho‘mich” galiulin birga bo‘ladi. (Tohir Malikning “Murdalar gapirmaydilar”) O‘shbu gapdagi “shoshkich” so‘zini tahlilga tortamiz. Shosh+kich =shoshkich(sifat). Shosh so‘ziga -qich affiksini qo‘shib shoshqich so‘zi yasalganda- shoshilinch degan ma‘noni ifodalar edi. Yuqoridagi gapda ham shoshilinch ma‘nosini -kich qo‘shimchasi orqali ifodalamoqda. “Men yarimga o‘g‘ri bo‘lib bosib kirganlarning mol-joniga qiron keltiraman.Men o‘g‘ri emas,qasoskor ,xunkormon!” Yuqoridagi gapda keltirilgan “xunkor” so‘ziga diqqatimizni qaratadigan bo‘lsak , “xun- qon(ot)” ma’nosini anglatsa, “ -kor affiksi – ot yasaydi-tadbirkor sifat yasaydi- hiylakor. mazkuri gapda xunkor so‘zi- “ zolim,qotil, qonxo‘r” kabi ma’nolarni anglatgan . O‘zbek tilining izohli lug‘atida xunkor emas, xunxo‘r so‘zi mavjud bulib, adibning xun so‘ziga -kor affiksi orqali so‘z yasashi- yasovchi affikslar yordamida hosil qilingan okkazional so‘zlarga bevosita dalil bo‘la oladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025 2. Badiiy til muammolari. // “Inqilob va adabiyot”Toshkent.1977 3.Fitrat “Tanlangan asarlar” Toshkent. “ Ma’naviyat” 2009. 4. Tohir Malik “ Murdalar gapirmaydilar” Toshkent.2013 5.Sapayev Q. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: 2009. – B. 49 2 3 180
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada okkazional so‘zlar qanday nutq turlariga yuzaga kelishiga qarab o‘zgarishi, o‘sha nutq talab qiluvchi vazifani bajarishi va bu orqali nutqining ma’naviy-nominativ, kommunikativ ehtiyojini qondirishi ak…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada okkazional so‘zlar qanday nutq turlariga yuzaga kelishiga qarab o‘zgarishi, o‘sha nutq talab qiluvchi vazifani bajarishi va bu orqali nutqining ma’naviy-nominativ, kommunikativ ehtiyojini qondirishi ak… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Okkazionalizm, okkazional so‘zlar, yasovchi affikslar., affiksatsiya
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026