К содержанию
РецензированоUZ2026

RAUF PARFI IJODIDA POETIK OBRAZ YARATISHNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATI

LINGVOPOETIK XUSUSIYATI · Abduraximova Sofiya · NDU Tillar fakulteti

Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek she’riyatida munosib iz qoldirgan Rauf Parfi ijodida uchraydigan okkazional birliklar lingvopoetik xususiyatlari va uning mazkur birliklarni qo‘llashdagi individual usullari tahlil etiladi. Shoirning o‘ziga xos poetik tafakkuri, obrazlar tizimi va so‘z yaratuvchilik qobiliyati orqali badiiy-estetik mazmun hosil qiluvchi birliklar ko‘rib chiqladi. Kalit so‘zlar. Okkazional birliklar, lingvopoetikka, badiiy-estetik mazmun Til va adabiyot – bu tilning lingvistik va badiiy ifoda shaklaridan foydalanib milliy tafakkur mahsulini yuzaga keltirishdir. Adabiy asarlar tilning oddiy vositalaridan farqli o‘laroq, uni yangicha talqin etish, yangi g‘oyalarni asarga singdirish, ifodaning badiiy qatlamini chuqurlashtirish orqali estetik ta’sirga ega bo‘ladi. Shu boisdan har bir ijodkorning o‘ziga xos ijodiy stilli mavjud. Rauf Parfi o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos ovozga ega shoirlardan biridir. Uning ijodida ko‘plab okkazional birliklar – ya’ni she’riyatiga xos o‘sha matnda qo‘llaniladigan, yangi so‘zlar, iboralar mavjuddir. Okkozional birliklar – bu muallif tomonidan tilning imkoniyatlari asosida yaratilgan, ammo umumiy til me’yorlaridan tashqaridagi birliklar bo‘lib, ular ko‘pincha adabiy matn doirasida bo‘ladi. Ijodkorning erkin ijod mahsuli hisoblanadi.A. G. Reformatskiy bunday birliklarni “konkret kontekstdan tashqarida o‘z funksiyasini yo‘qotadigan birliklar” sifatida tavsiflaydi1. Quyida biz Rauf Parfining “Ona” nomli she’rida uchraydigan okkazional birliklarni tahlil ostiga tortamiz. Bu she’rda ichki kechirmalar, yurakdan chiqqan sog‘inch ohanglari va badiiy ifoda vositalarining yuksak darajada uyg‘unlashuvi bilan ajralib turadi. Sherning dastlabki satrlariga nazar soladigan bo‘lsak : Yana qaytib keldim. Chang to‘zgan Yo‘limizni sog‘indim, ona. Tom ustida maysalar o‘sgan Uyimizni sog‘indim, ona. Yuqorida parchada tom ustida maysalar o‘sgan okkazional obrazini uchratishimiz mumkin. Bu obraz hozirgi kunimizda kam uchraydigan holatdir. 68 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference “Tom ustida maysalar” – bu tashlandiq, uzoq yillar davomida qarovsiz qolgan, ammo tabiat o‘z holicha yashayotgan uy manzarasini bildiradi. Bu yerda vatan sog‘inchi, ota uyga bo‘lgan muhabbat poetik obraz orqali ifodalangan. Estetik jihatdan – ona uyi abadiy va hayotiy jarayonlarda qatnashayotgan “tirik” makon sifatida tasvirlangan. Keyingi misrada shoir har bir insonga bolalik xotiralarini yodiga solmoqchi bo‘lgandik . “To‘yib-to‘yib sopol kosada Muzdek quduq suvin ichayin” “To‘yib-to‘yib” – bir xil so‘zning takrorlanishi orqali ekspressivlik kuchaytirilgan. “Sopol kosada muzdek quduq suvi” – etnik, milliy konnotatsiyaga ega okkazional obraz. Bu ifoda orqali ona yurt, bola-chaqalik, totli xotiralar, bolalik davri kabi tushunchalar uyg’unlashtirilgan. Bu esa tilning metaforik kuchini oshiradi. O, qishloqning munis chiroyi... Achchiq piyoz to‘g‘rayin o‘zim. Dil sog‘inib yig‘laydi doim Hozir, mayli, yig‘lasin ko‘zim. Yuqoridagi parchada “munis chiroy” nomli okkazional birlik ifodalangan. Bu birlik “go‘zallik”so‘zidan farqli o‘laroq, mehr, muruvvat, ruhiy iliqlik, oddiylikdagi muqaddaslikni ifodalab kelmoqda. Bu okkazional birlik orqali qishloq manzarasini emas, balki uning ruhiy holatiga urg‘u berilgan. Rauf Parfi qisqa satrlar orqali butun borlig‘ni qalam ostiga oladigan buyuk shoirdir. Og‘ushimda zangori sezgi, Kiprigimda suyuq hayajon. Ko‘zlarimda yumaloq sevgi, Salomatman men ham, onajon Yuqoridagi parchada shoir metaforik okkazional birliklardan unumli foydalangan. Misralarga e’tibor beradigan bo‘lsak, “kiprigimda suyuq hayajon, ko‘zlarimda yumaloq sevgi” kabi metaforalarni uchratamiz. Suyuq hayajon va yumoloq sevgi kabi birliklar – sintagma oddiy til birligiga xos emas. Suyuqlik va yumoqloqlik so‘zlari hususiyat bildiruvchi sifat guruhiga mansubdir. Yumalo odatda shaklga tegishli so‘z, bu yerda sevgining obrazli hajmi sifatida berilgan. Bu yangi bog‘lanma orqali sevgi hissining butunligi, to‘liqligi va sof shakldagi ko‘rinishi anglatiladi. Rauf Parfi ijodida okkazional birliklar judayam ko‘p uchraydi, buning sababi okkazional birliklar she’riyatga o‘ziga xos estetik zavaq bag‘ishlaydi. O‘quvchiga 69 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference noaniq bo‘lgan terminlar bilan emas, hammaga ma’lum so‘zlar orqali yangi fikrlarni ilgari so‘rgan. Rauf Parfi ijodi tilning badiiy imkoniyatlarini kengaytirgan holda, yangi obrazlar, semantik konstruksiyalar va poetik birliklar yaratishga boydir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Мороховский А.Н. и др. Стилистика современного английского языка. — Киев: Вища школа, 1984. — 254с. 2.Turaeva M. Badiiy matn lingvopoetikasi. – Toshkent: Fan, 2011. – 168 b. 3. Parfi R. Tanlangan asarlar. 1-jild. – Toshkent: Yozuvchi, 2002.–148b 4.G‘ulomov N. She’riyatda obraz va ifoda vositalari. – Toshkent: O‘zbekiston, 1998. 70

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek she’riyatida munosib iz qoldirgan Rauf Parfi ijodida uchraydigan okkazional birliklar lingvopoetik xususiyatlari va uning mazkur birliklarni qo‘llashdagi individual usullari tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek she’riyatida munosib iz qoldirgan Rauf Parfi ijodida uchraydigan okkazional birliklar lingvopoetik xususiyatlari va uning mazkur birliklarni qo‘llashdagi individual usullari tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Okkazional birliklar, lingvopoetikka, badiiy-estetik mazmun
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники