Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MIRTEMIR SHE'RIYATIDA OKKAZIONAL BIRLIKLAR
EDUCATION SYSTEM · Abduraximova Sofiya · NDU Tillar fakulteti
Наука и инновации в системе образования · 2026
Аннотация
Mirtemir – o’zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri bo’lib, uning sheriyati chuqur falsafiy mazmun, milliy ruh va badiiy yangiliklarga boy. Uning asarlarini o‘qigan o‘quvchi o‘ziga hos samiyatga duch keladi. Kalit so‘zlar. Okkazional birliklar, badiiy vosita, okkazional so‘z Shoir asarlarida okkazional birliklar – noyob so’z va iboralar, yangi metaforalar ko’p uchraydi. Ular she’rga o‘ziga xos badiiy obrazlar, chuqur ma’no qatlamlari olib kiradi. Quyida Mirtemirning ba’zi mashhur she’rlaridan olingan parchalar asosida okkazional birliklar tahlili keltiriladi. Mirtemirning "Buvim chopchaklaridan" she’rida ham okkazional birlik uchraydi. Buvim cho'pchaklari yelkan bolib, Hayot dengizida suzib ketar, Har bir cho'pchakda tarix yotadi, Ularning ovozi yurakda yangrar. “Cho’pchak” so’zi odatda bolalar o’yini uchun ishlatiladi, ammo bu yerda u tarixiy va madaniy ramz sifatida qabul qilingan. “Chơ’pchaklar yelkan bolib” – noyob metafora, cho’pchaklar hayot dengizida suzuvchi yelkanga aylantirilgan, bu esa o’tmish va an’analar orqali hayot yo‘lini ifodalaydi. “Ularning ovozi yurakda yangrar” iborasi esa o’tgan zamonning ruhiy ta’sirini bildiradi. Barchamizga birdek tanish bo‘lgan “Onaginam” sherini tahlil ostiga olamiz .Chunki bu she’rda shoir ichki kechirmalarini chiroyli tarzda ifodalab bergan. Tovonimga chaqir tikanakday botguvchi – g‘ashlik Bedavo sizloviqday sizlatguvchi – g‘ashlik. Jigarimni qiymalab ahyon-ahyon, Chuchvaraga chekkuvchi – g‘ashlik. Meni o‘ylab notavon va nimjon, g‘ashimga tekkuvchi – g‘ashlik. Suyaklarimni sirqiratib, och tevatday g‘ajiguchi, Ko‘zimga yosh tirqiratib, jig‘ildonimda achchiq bo‘zaday achiguvchi g‘ashlik… Dunyoga qayta kelishimga ko‘zim yetsaydi, Yigit yoshim to‘lmay turib, 44 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Ayriliq zaylida qoq yog‘ochday qurib Jon bergan onamni ko‘rishimga ko‘zim yetsaydi. "chaqir tikanakday botguvchi - g'ashlik”. Bu ifoda o'ziga xos, noyob birlikdir. "Tikanakday botguvchi" metaforasi g'ashlikning (g'azab, jahldorlik) og'riqli, ichki yaralovchi ta'sirini ifodalaydi. "Botguvchi" so'zi esa "botish, singdirish" ma'nosida ishlatilgan, bu yerda g'ashlikning tanaga chuqur ta’sir qilishini ko'rsatadi. Bu birlik g'ashlikning nafaqat ruhiy, balki jismoniy azobini ham tasvirlaydi. “Bedavo sizloviqday sizlatguvchi- g’ashlik”.“Bedavo” – davosi yơq, “sizloviq” achchiq, qattiq og’riq; “sizlatguvchi” esa og’riqni kuchaytiruvchi demakdir. Bu ibora g’ashlikning davolash imkoni bo‘lmagan, doimiy og’riq beruvchi holat ekanligini ko’rsatadi. Bu birlik g’ashlikning uzluksiz, ichki azobini ifoda etadi. “Och tevatday g’ajiguchi”, “Tevat” – och, ochlik; “g’ajiguchi” esa “azob beruvchi, qiynovchi” degan ma’noda ishlatilgan. Bu ibora g’ashlikning ochlik singari doimiy, tigilinch azob berishini ifodalaydi. Bu birlik g’ashlikning doimiy va kuchli ta’sirini yanada kuchaytiradi. “Ko’zimga yosh tirqiratib” .“Tirgiratib” – tirnash, tirnalish hosil qiluvchi, qattiq tasir qiluvchi. Bu birlik ko’z yoshining og’riqli, qattiq tasirini ifodalaydi, g’ashlikning hissiy azobini yanada kuchaytiradi. “Ayriliq zaylida qoq yog’ochday qurib” ,“Qoq yog’och” – quruq, qattiq yog’och. Bu metafora ayriliq azobining insonni ichidan quritib, qattiq va sovuq holga keltirishini ko’rsatadi. Bu birlik ayriliqning og’irligini yanada kuchaytiradi. Mirtemir she’riyatida okkazional birliklarning she’rdagi funksiyasi: ⁃ Obrazlilikni oshiradi: Har bir birlik o’ziga xos tasvir va ma’no qatlamini yaratadi, she’rga boylik va chuqurlik beradi. ⁃ Milliylikni ta’kidlaydi: Ko’plab birliklar xalq madaniyati, urf-odatlari bilan bog’liq bo’lib, milliy ruhni aks ettiradi. ⁃ Shaxsiylik va hissiyotlarni ifodalaydi: Okkazional birliklar orqali muallif o’z ichki kechinmalarini, shaxsiy tajribalarini yanada teran ifodalaydi. ⁃ Yangi so’z va iboralar yaratadi: Mirtemir oz she’rlarida yangi so’zlar va iboralarni yaratib, o’zbek sheriyatining til imkoniyatlarini kengaytiradi. Mirtemir she'riyatida okkazional birliklar shoirning ichki kechinmalari, milliy qadriyatlari va falsafiy qarashlarini ifodalashda muhim vosita hisoblanadi. Ular orqali shoir o'zining ruhiy holatini, tarixiy va madaniy merosni, insoniy his- tuyg'ularni yangi badiiy shaklda tasvirlaydi. Okkazional birliklar Mirtemir 45 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference she'riyatining o'ziga xosligini, chuqur ma'nosini ochib beradi va o'quvchida kuchli estetik taassurot qoldiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Mirtemir. “She’rlar”.–Toshkent, 2019.–B.19-23. 2.Toshalieva S. O‘zbek tilida okkazional birliklari ifodasi: Filol. Fanlari belgilangan...dis. –Toshkent, 1998. –B. 51-53. 46
Доказательный фрагмент
«Mirtemir – o’zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri bo’lib, uning sheriyati chuqur falsafiy mazmun, milliy ruh va badiiy yangiliklarga boy.»
Образец извлечения
Демо-превьюMirtemir – o’zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri bo’lib, uning sheriyati chuqur falsafiy mazmun, milliy ruh va badiiy yangiliklarga boy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Okkazional birliklar, badiiy vosita, okkazional so‘z
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025