Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GUVOHNING SUD MAJLISIDAGI PROTSESSUAL MAQOMI BO‘YICHA XALQARO STANDARTLAR: HUQUQIY TAHLIL VA TAQQOSLAMA YONDASHUV
EDUCATION SYSTEM · O‘zbekiston Respublikasi
Наука и инновации в системе образования · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda guvohning sud majlisidagi protsessual maqomi xalqaro huquqiy standartlar asosida o‘rganiladi. Inson huquqlari bo‘yicha muhim xalqaro hujjatlar, jumladan BMTning “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt”, Yevropa inson huquqlari konvensiyasi, Rim statuti va unga tegishli protsessual qoidalar asosida guvohning xavfsizligini ta’minlash, shaxsi va huquqlari himoyasi, shuningdek anonim guvohlik, guvohlikdan bosh tortish huquqi kabi institutlar yoritilgan. Xalqaro tajriba asosida guvohni jismoniy va psixologik himoya qilish, ko‘rsatmalarining xolisligi va ishonchliligini ta’minlash orqali jinoyat protsessining adolatli kechishiga xizmat qiluvchi huquqiy asoslar tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro sudlarda guvohlar bilan ishlash amaliyoti va ularning protsessual maqomini mustahkamlashga qaratilgan mexanizmlar o‘z aksini topgan. Kalit so‘zlar: guvoh, protsessual maqom, xalqaro huquq, guvoh huquqlari, Rim statuti, jinoyat protsessi, guvoh himoyasi, anonim guvohlik, guvohlikdan bosh tortish huquqi, inson huquqlari, adolatli sudlov, xalqaro jinoyat sudi. Annotation: This thesis explores international legal standards governing the procedural status of witnesses during court proceedings, emphasizing their rights, protections, and legal guarantees. Foundational human rights instruments such as the Universal Declaration of Human Rights, the International Covenant on Civil and Political Rights, the European Convention on Human Rights, and the Rome Statute of the International Criminal Court, along with its Rules of Procedure and Evidence, are analyzed to understand the evolving international approach to witness protection. The study pays particular attention to legal mechanisms such as anonymity, the right to refuse self-incriminating testimony, and protective measures available to witnesses and their families. It evaluates the role of witnesses as essential actors in the fact-finding process while emphasizing the need to safeguard their physical and psychological integrity. By examining international 5 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference practice, especially within the ICC framework, the paper outlines how effective witness protection enhances the credibility of testimony and ensures fair trial guarantees. Comparative insights and scholarly contributions are used to assess gaps and propose improvements for national procedural laws in line with international norms. Key words: Witness, procedural status, international law, criminal procedure, witness protection, fair trial, Rome Statute, Rules of Procedure and Evidence, anonymity, legal guarantees, self-incrimination, ICC, human rights instruments. Jinoiy odil sudlovga ko‘maklashuvchi shaxslar, shuningdek guvohning ham huquqlari va erkinliklari, shuningdek ularning qonuniy manfaatlari himoya qilish har qachon ham muhim ahamiyat kasb etib kelgan bo‘lib, buning isboti sifatida mazkur holatlarning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi va xalqaro normativ-huquqiy hujjatlarda ushbu qoidalarning aks etishini keltirib o‘tish mumkin. Ushbu hujjatlar sirasiga “Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasi” , “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt” , Xalqaro jinoyat sudining asosiy hujjati hisoblangan Rim statuti , Rim statutini qo‘llash uchun vosita hisoblangan Protsedura va dalillar qoidalari , Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasi va inson huquqlarini himoya qilish borasidagi boshqa bir qator xalqaro hujjatlarni kiritish mumkin. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash sohasidagi maxsus normalar mavjud emas, ammo ularning qator subyektiv huquqlari va qonuniy manfaatlari belgilangan bo‘lib, bu malakatlar jinoyat-protsessual faoliyati ishtirokchilarining huquqlarini himoya qilish, ularning protsessual maqomini shakllantirish sohasida milliy qonunchilikni shakllantirishda dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi. Insonni himoya qilish bilan bog‘liq Umumjahon deklaratsiyasi g‘oyalarining bevosita rivojlanishi “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt” ni ishlab chiqish edi. Uning alohida ahamiyati shundaki, u ko‘rib chiqilayotgan sohadagi xalqaro me’yorlarni yanada yuqori darajada, batafsil belgilab bergan va u e’lon qilgan huquqlarni iloji boricha kafolatlashga intilgan, ya’ni huquqlari va erkinliklari buzilgan har qanday shaxsni samarali himoya vositasi bilan ta’minlash, har qanday shaxs uchun huquqiy himoya huquqini ta’minlash va bunday himoyani talab qilish imkoniyatlarini rivojlantirish kabilardir. Xalqaro Paktdagi qoidalar jinoyat protsessida ishtirok etgan har qanday shaxs uchun va guvoh uchun ham katta ahamiyatga ega. 6 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt” 1966-yil 16- dekabrda BMT Bosh Assembleyasi tomonidan qabul qilngan bo‘lib, mazkur paktda dekl
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda guvohning sud majlisidagi protsessual maqomi xalqaro huquqiy standartlar asosida o‘rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda guvohning sud majlisidagi protsessual maqomi xalqaro huquqiy standartlar asosida o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Witness, procedural status, international law, criminal, protsessual maqom, adolatli sudlov, guvoh, anonim guvohlik, guvoh huquqlari, jinoyat protsessi, xalqaro jinoyat sudi., xalqaro huquq, guvohlikdan bosh tortish huquqi, guvoh himoyasi, inson huquqlari, Rim statuti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025