Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY ILMIY IZLANISHLARDA AXBOROT-RESURS MARKAZLARINING O‘RNI VA XALQARO BAZALARNING AHAMIYATI
Sharipova Gulshan Asad qizi · TDYU ARM · Sharipova Shamsiya Jahongir qizi · TDYU ARM · Xalikova Muxabbat Akbar qizi · TDYU ARM
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada zamonaviy axborot-resurs markazlarida xalqaro axborot bazalari va chet el adabiyotlaridan foydalanish orqali ilmiy izlanishlarni samarali amalga oshirish yo‘llari yoritilgan. Ilmiy tadqiqotda axborot texnologiyalarining tutgan o‘rni, xalqaro ma’lumotlar omborlari imkoniyatlari va ularning tadqiqotchilar uchun ahamiyati muhokama qilinadi. Annotation: This article explores the modern functions of Information Resource Centers (IRCs), highlighting their transition from traditional libraries to digital research support hubs. It emphasizes the significance of using international information databases and foreign scientific literature in conducting effective academic research. The paper discusses the methods of accessing, analyzing, and applying foreign resources and databases such as Scopus, Web of Science, and JSTOR. Moreover, it underlines the importance of translation, adaptation, and systematic organization of information for scientific purposes. Practical approaches to improving the efficiency of research through intelligent use of global academic sources are also provided. The article is intended for students, researchers, and academic staff who aim to enhance the quality and depth of their scientific studies using modern digital tools and international knowledge. Kalit so‘zlar: axborot-resurs markazi, xalqaro axborot bazalari, chet el adabiyotlari, ilmiy izlanish, elektron kutubxona. Keywords: Information Resource Centers, scientific research, international databases, foreign literature, academic search, translation, digital library, research methods, academic sources, electronic information tools. Bugungi raqamli axborot asrida ilmiy izlanishlar jarayoni tubdan o‘zgarib bormoqda. An’anaviy kutubxonalarning o‘rnini zamonaviy axborot-resurs 138 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference markazlari (ARM) egallab bormoqda. Bu markazlar nafaqat bosma adabiyotlarni saqlash va ulardan foydalanish imkonini beradi, balki global axborot tarmog‘iga ulanib, xalqaro miqyosdagi ilmiy manbalarga keng yo‘l ochadi. Ilmiy izlanish bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar uchun chet el adabiyotlari, zamonaviy ilmiy maqolalar, statistik ma’lumotlar va tahliliy hisobotlar bilan ishlash ko‘nikmalari nihoyatda muhim hisoblanadi. Xususan, xalqaro ilmiy bazalardan – Scopus, Web of Science, JSTOR, ScienceDirect, SpringerLink va boshqa manbalardan foydalanish orqali ilmiy izlanishlarning dolzarbligini, chuqurligini va yangiligi ta’minlanadi. Bunday manbalarda e’lon qilingan maqolalar, odatda, yuqori impakt faktorli, ya’ni ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olingan va qimmatli ilmiy xulosalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, chet el adabiyotlari bilan ishlash orqali tadqiqotchilar o‘z fan sohasi bo‘yicha xalqaro tajriba va yondashuvlar bilan tanishadilar, bu esa ularning ilmiy salohiyatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu jarayonda axborot-resurs markazlari asosiy vositachilardan biri sifatida xizmat qiladi. Ushbu maqolada aynan shu mavzuga e’tibor qaratilib, ilmiy izlanishda xalqaro axborot bazalari va chet el adabiyotlaridan foydalanishning samarali yo‘llari tahlil qilinadi. 1. Axborot-resurs markazlarining zamonaviy vazifalari Axborot-resurs markazlari (ARM) bugungi kunda zamonaviy ta’lim va ilmiy faoliyatning ajralmas tarkibiy qismiga aylangan. Ilgari oliy ta’lim muassasalarida kutubxonalar faqat bosma adabiyotlar, darsliklar va jurnallarni yig‘ish, saqlash va foydalanuvchilarga taqdim etish vazifasini bajargan bo‘lsa, hozirgi kunda ARMlar bu faoliyat doirasini ancha kengaytirgan. Ular faqatgina an’anaviy kutubxona bo‘lib qolmasdan, balki axborot texnologiyalari asosida ishlovchi innovatsion markazga aylangan. Kutubxona va axborot-resurs markazi o‘rtasidagi asosiy farqlardan biri – xizmat ko‘rsatish shakli va imkoniyatlaridir. Oddiy kutubxonada foydalanuvchi odatda faqat mavjud bosma manbalar bilan cheklanadi. Bunday tizimda ilmiy yangiliklarga tezkor kirish imkoni cheklangan bo‘lishi mumkin. Axborot-resurs markazlari esa foydalanuvchilarga nafaqat mahalliy, balki xalqaro elektron resurslarga, ilmiy ma’lumotlar bazalariga, raqamli kutubxonalarga kirish imkonini beradi. Ular ko‘p hollarda internet tarmog‘i orqali obuna qilingan axborot bazalari, onlayn darsliklar, ilmiy maqolalar arxivi, statistik ma’lumotlar to‘plami, xalqaro standartlar va boshqa ilmiy kontentlarni taklif etadi. ARMlarning zamonaviy vazifalariga quyidagilar kiradi: 139 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Ilmiy-axborot bazalariga obuna bo‘lish. Bugungi kunda Scopus, Web of Science, Springer, JSTOR, ScienceDirect kabi xalqaro bazalarga obuna bo‘lish orqali ilmiy-tadqiqot faoliyatini yuqori sifatda olib borish mumkin. ARMlar foydalanuvchilarga ushbu bazalardan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Chet el adabiyotlarini tarjima va raqamli shaklda taqdim etish. ARMlar xorijiy manbalarni o‘zbek tiliga tarjima qilish, ularni elektron formatga
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada zamonaviy axborot-resurs markazlarida xalqaro axborot bazalari va chet el adabiyotlaridan foydalanish orqali ilmiy izlanishlarni samarali amalga oshirish yo‘llari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada zamonaviy axborot-resurs markazlarida xalqaro axborot bazalari va chet el adabiyotlaridan foydalanish orqali ilmiy izlanishlarni samarali amalga oshirish yo‘llari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Information Resource Centers, scientific research, international, axborot-resurs markazi, ilmiy izlanish, chet el adabiyotlari, elektron kutubxona., xalqaro axborot bazalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025