Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI
texnikumi Тoshkent
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimida axborot texnologiyalarining tutgan o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tibbiy axborot tizimlari, elektron hujjatlar, telemeditsina, va masofaviy monitoring kabi texnologiyalar orqali tibbiyotda xizmat ko‘rsatish sifati, tezligi va aniqligi oshib borayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. Shu bilan birga, tibbiy ma’lumotlar xavfsizligi va etik me’yorlarga rioya qilish masalalari ham tahlil qilingan. Maqola so‘ngida axborot texnologiyalarining tibbiyotdagi istiqbollari yuzasidan xulosalar keltirilgan. Annotation: This article highlights the role and importance of information technologies in the modern healthcare system. It demonstrates how technologies such as medical information systems, electronic documentation, telemedicine, and remote monitoring are improving the quality, speed, and accuracy of healthcare services. In addition, the article analyzes issues related to medical data security and compliance with ethical standards. The conclusion presents insights into the future prospects of information technologies in medicine. Tayanch so’zlar: tibbiyot, axborot texnologiyalari, elektron tibbiy hujjatlar, telemeditsina, masofaviy monitoring, axborot xavfsizligi, sog‘liqni saqlash. Keywords: medicine, information technology, electronic medical records, telemedicine, remote monitoring, data security, healthcare. Bugungi raqamli davrda axborot texnologiyalarisiz biror soha faoliyatini samarali tasavvur etib bo‘lmaydi. Ayniqsa, tibbiyot sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi bemorlar bilan ishlashda, tashxis qo‘yishda va davolashda inqilobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Zamonaviy tibbiyot tizimida axborot texnologiyalarining o‘rni beqiyos. Bugungi raqamli asrda tibbiyotda yuqori texnologiyalarni qo‘llash orqali kasalliklarni erta aniqlash, samarali davolash, sog‘liqni saqlash xizmatlarini avtomatlashtirish hamda bemorlar bilan ishlashda yangi bosqichga chiqish imkoniyati yuzaga keldi. Axborot texnologiyalarining bu sohadagi jadal rivoji shifokorlar va tibbiyot xodimlariga o‘z faoliyatini yanada yengillashtirish, bemorlar esa sifatli va tezkor tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatini beradi. 150 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Maqolada tibbiyotda axborot texnologiyalarining asosiy turlari, ularning afzalliklari va kelajakdagi istiqbollari haqida so‘z yuritiladi Tibbiyotda axborot texnologiyalarining asosiy yo‘nalishlari Tibbiyotda keng qo‘llanilayotgan asosiy axborot texnologiyalari quyidagilardan iborat: Elektron tibbiy yozuvlar (ETYO) – bemorning sog‘lig‘i haqidagi barcha ma’lumotlar raqamli shaklda saqlanadi. Teleradiologiya – surat va tasvirlarni masofadan turib ko‘rib chiqish imkonini beradi. Telemeditsina – shifokor va bemor o‘rtasidagi masofaviy aloqa texnologiyasi. Tibbiy ma’lumotlar bazasi – ilmiy maqola, dorilar, kasalliklar haqidagi ma’lumotlar bir joyda jamlangan. Tibbiy axborot tizimlari orqali tibbiyot muassasalarida ishlovchi xodimlar o‘z ish faoliyatlarini raqamlashtirish orqali vaqt va resurslarni tejaydilar. Bunday tizimlar yordamida har bir bemor uchun elektron tarix varaqlari yuritiladi, tashxislar, laborator natijalar, davolash rejalari yagona bazada jamlanadi. Tibbiy axborot tizimlari, shuningdek, statistik ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilishda ham katta yordam beradi. Tibbiyotda axborot tizimlarining joriy qilinishi sog‘liqni saqlash muassasalarining boshqaruvini optimallashtiradi va xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi. Tibbiy axborot tizimlari - bu sog‘liqni saqlash muassasalarida axborotlarni yig‘ish, saqlash, tahlil qilish va ulardan samarali foydalanish imkonini beruvchi dasturiy va apparat vositalar majmuasidir. Bunday tizimlar shifokorlar va hamshiralar ishini yengillashtiradi, hujjat yuritishni avtomatlashtiradi hamda xatoliklarni kamaytiradi. Elektron tibbiy hujjatlar Bemorlar haqidagi ma’lumotlarning elektron shaklda yuritilishi ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash bilan birga, ularni doimiy va istalgan vaqtda yangilab borish imkonini beradi. Elektron hujjatlar yordamida shifokorlar turli kasbdagi mutaxassislar bilan bemorning holatini muhokama qilishi va birgalikda qaror qabul qilishi mumkin. Bu esa tibbiy xizmatlarning integratsiyalashuviga olib keladi. Elektron sog‘liqni saqlash texnologiyalari diagnostika, davolash va reabilitatsiya jarayonlarida keng qo‘llaniladi. Masalan, elektron tibbiy karta bemorning butun tibbiy tarixini o‘zida aks ettiradi. Bu esa turli mutaxassislar tomonidan kompleks yondashuv asosida davolashni ta’minlaydi. Telekonsultatsiya va teleradiologiya Telemeditsina bugungi kunda zamonaviy sog‘liqni saqlashning ajralmas qismiga aylangan. Tibbiy maslahat olish uchun endi uzoq masofalarga borishning hojati yo‘q. Maxsus platformalar 151 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference orqali videomuloqotlar tashkil etilib, shifokor bemorning tahlillarini masofadan ko‘rib chiqadi va kerakli tavsiyalar beradi. Shuningdek, te
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimida axborot texnologiyalarining tutgan o‘rni va ahamiyati yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimida axborot texnologiyalarining tutgan o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- medicine, information technology, electronic medical records, axborot xavfsizligi, masofaviy monitoring, elektron tibbiy hujjatlar, sog‘liqni saqlash., tibbiyot, telemeditsina, axborot texnologiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026