К содержанию
РецензированоUZ1916

JINLAR BAZMI: G‘AYRITABIIY TIMSOLLAR ORTIDAGI IJTIMOIY HAQIQAT

Saydazimova Sanobar

Академические исследования в современной науке · 1916

Аннотация

This article analyzes the literary interpretation of paranormal phenomena in Jadid literature and examines the poetic function of “paranormal episodes” in conveying the author’s artistic intent. The object of the study is Abdulla Qodiriy’s short story “The Gathering of the Jinn”, in which the social, psychological, and aesthetic meanings of supernatural elements are explored in depth. Keywords: Jadid literature, paranormal episodes, mysticism, real, unreal, supernatural, jinn. XX asr boshlarida o‘zbek adabiyotida jadidchilik harakati rivojlanib, yangi davrning o‘ziga xos tamoyillari shakllana boshladi. Jadid adabiyotining yirik vakillaridan biri bo‘lgan Abdulla Qodiriy zamonaviy o‘zbek nasrining shakllanishida, xususan, ilk romanchilikning rivojida muhim o‘rin tutgan namoyondalaridan sanaladi. Uning tarixiy romanlari bilan bir qatorda hikoyalari ham o‘z davrining haqqoniy tasvirlari va ijtimoiy muammolarini aks ettirganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, adibning “Juvonboz” “Uloqda”, “Jinlar bazmi” nomli hikoyalarida o‘z xalqini savodli, bilimli, madaniyatli va ozod ko‘rish istagi sezilib turadi. Adibning “Jinlar bazmi” hikoyasi 1916-yilda yozilgan bo‘lsa-da, u ilk bor 1921-yilda “Sharq chechagi” jurnalida chop etilgan. Oradan bir asr o‘tganiga qaramay, asarda tasvirlangan voqealar o‘ziga xosligi, uslubining ravonligi, tili sodda va ifodali bo‘lgani bois hanuz kitobxonlar e’tiborini o‘ziga tortmoqda. Hikoya dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan bo‘lib, u jahon adabiyotining eng sara namunalaridan biri sifatida e’tirof etilgan. 5 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Jinlar bazmi” hikoyasi o‘zbek adabiyotida “panormal epizodlar” (“paranormal epizod” - badiiy asarlarda qo‘llangan uchinchi olam bilan bog‘liq bo‘lgan noodatiy obrazlar, an’anaviy bo‘lib kelgan voqelikning buzilishi, tutash olamda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlardir)ni o‘zida mujassam etgan asarlardan biri sifatida alohida o‘ringa ega. Muallif hikoyani “mavhum hikoya” deb nomlaydi. Zero, hikoyada real va noreal olam o‘rtasidagi g‘ayritabiiy va mistik voqealar tasvirlanadi. Hikoyada kechayotgan hodisalar kitobxon uchun noodatiy ko‘rinish kasb etsa-da, biz uchinchi olam vakillari, ya’ni jinlar faoliyatini inkor eta olmaymiz. “…juda ko‘p odamlar jinlar va bu so‘z ko‘pligi bo‘lmish ajinalar to‘g‘risida gap ketganda ularning borligiga ishonishmaydi. Holbuki Qur’oni karimda jinlar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi, yetmish ikkinchi suraning nomi “Jin” deb ataladi. Shuning uchun jinlarning borligiga har bir musulmon iymon keltirishi lozim”. Darhaqiqat, jinlar bizga ko‘rinmas bo‘lib, jin so‘zi arabcha “to‘silgan” degan ma’noni anglatadi. Olloh taolo “Rahmon” surasida: “Insonni sopolga o‘xshash qurigan loydan yaratdi. Va jinlarni o‘t-alangadan yaratdi” , oyatida jinlarning olovdan yaratilgani keltirib o‘tiladi. Asar hikoya qahramoni O‘sar akaning shahardan qishloqqa kelib, bog‘ ishlari tafsiloti bilan boshlanadi. Hikoyaning ilk qismidayoq muallif mistik kayfiyat hosil qiluvchi detallarni ustalik bilan tasvirlaydi. “Maydon nihoyatda qorong‘i va vahimali edi”. Gap Hamdam xumdonchining chakalakzor maydoni haqida ketmoqda. Qalin daraxtzor va shovqinlar hikoyani paranormal voqealarga tayyorlovchi omillardan bo‘lib xizmat qiladi. “…ko‘chada chigirtkalarning chirillashi, qurbaqalarning qurullashidan boshqa tovush yo‘q edi. Men bog‘dan chiqqanda xufton bo‘lmasa ham shunga yaqinlashib qolgan edi”. Abdulla Qodiriy bejizga shom va xufton oralig‘idagi vaqtni hikoya uchun xurofiy zamon sifatida olmagan. Sababi islomiy manbalarga ko‘ra, shom va xufton orasida jin va shaytonlar qo‘yib yuborilishi, ularning insonga zarar yetkazishga urinishi haqida hadislar bor. Aksariyat, asarlarda ham shom vaqti noxush hodisalarning boshlanish debochasi bo‘lib keladi. Xususan, Shodiqul Hamroning “Qora kun” qissasida masjidning yetti ustunidan birining qulab tushishi va g‘ayritabiiy tarzda yo‘qolgan tobut voqelari ham aynan shom vaqtiga to‘g‘ri keladi. Psixologik nuqtayi nazardan esa qorong‘ulik va yolg‘izlik inson ruhiyatiga bevosita ta’sir qiladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, inson ongi qorong‘uda g‘ayritabiiy mavjudotlarni “ko‘rishga” moyil bo‘ladi. Ayniqsa bu holat insonning qo‘rquvlari kuchaygan paytda yaqqol namoyon 6 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference bo‘ladi. Qahramonning ham boshi aylanib, yuragi tez urib ketishi mistik holatlarni o‘zida his qilgan insonning fiziologik reaksiyalariga mos keladi. Hikoyada qahramonning sirli va g‘ayritabiiy bazmga duch kelishi “paranormal epizodlar”ning to‘liq namoyon bo‘lish nuqtasidir. Sababi, qahramon Hamdam xumdonchining maydonidagi g‘ayritabiiy o‘zgarishlarni ko‘rganida hayron qoladi: kunduzi xarobaga o‘xshagan joy kechasi yorqin chiroqlar bilan bezatilgan, to‘kin dasturxon atrofida shodon yigit-qizlar bazmga yig‘ilgan edilar. Zotan, “…boyqushlar uyasi bo‘lgan bir vayronada bunday voqeaning yuz berishi kishi

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the literary interpretation of paranormal phenomena in Jadid literature and examines the poetic function of “paranormal episodes” in conveying the author’s artistic intent.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the literary interpretation of paranormal phenomena in Jadid literature and examines the poetic function of “paranormal episodes” in conveying the author’s artistic intent. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Jadid literature, paranormal episodes, mysticism, real, unreal, g‘ayritabiiylik, paranormal epizodlar, mistika, noreal, jin., jadid adabiyoti
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники