Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
EMOTSIONAL CHARCHASH (BURNOUT) SINDROMINING YOSHLAR ORASIDA TARQALISHI VA OLDINI OLISH YO‘LLARI
Xudoyorova Marvarid Mahmud qizi
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
This article analyzes the prevalence of emotional exhaustion (burnout) syndrome among young people, its main causes and symptoms, as well as effective prevention methods. Social and psychological factors contributing to emotional exhaustion are examined, and recommendations for maintaining and strengthening mental health in youth are provided. Keywords: emotional exhaustion, burnout syndrome, youth, psychological health, stress, prevention Аннотация:В статье анализируется распространенность синдрома эмоционального выгорания (burnout) среди молодежи, основные причины и симптомы, а также эффективные методы профилактики. Рассматриваются социальные и психологические факторы, способствующие эмоциональному выгоранию, и даются рекомендации по поддержанию и укреплению психического здоровья молодежи. Ключевые слова:эмоциональное выгорание, синдром burnout, молодежь, психологическое здоровье, стресс, профилактика. Zamonaviy dunyoda stress va psixologik bosimlarning ortishi insonlarning ruhiy holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Uzoq davom etgan zo‘riqish va doimiy tashvish hissi natijasida emotsional charchash, ya’ni burnout sindromi paydo bo‘ladi. Bu sindrom asosan professional sohalarda keng o‘rganilgan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda yoshlar orasida ham keng tarqalib borayotgani aniqlanmoqda. Burnout tushunchasi birinchi marta 1970-yillarda amerikalik psixolog Herbert Freydenberger tomonidan ilgari surilgan. U bu atamani ish faoliyatidagi kuchli charchoq va ruhiy tushkunlikni ifodalash uchun ishlatgan. Burnout sindromi, asosan, uzoq muddat davomida yuqori bosim ostida ishlash, stressli 46 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference vaziyatlar va haddan tashqari talablar natijasida yuzaga keladi. Bu holat ruhiy, jismoniy va hissiy quvvatning kamayishiga olib keladi, shuningdek, insonning ishga va atrofdagilarga bo‘lgan munosabatini salbiy tomonga o‘zgartiradi. Yoshlar hayotining o‘ziga xos xususiyatlari – bilim olish jarayoni, kasbiy yo‘nalish tanlashdagi noaniqliklar, ijtimoiy munosabatlar, shaxsiy rivojlanish kabi omillar burnout sindromining paydo bo‘lish xavfini oshiradi. Yoshlar doimiy ravishda o‘zlarini namoyon etish, ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lish, va zamonaviy dunyoning tezkor o‘zgarishlariga moslashishga harakat qilishadi. Bu jarayonda yuzaga keladigan psixologik zo‘riqishlar, ko‘pincha ularning ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Emotsional charchash sindromining asosiy belgilari uch asosiy komponentni o‘z ichiga oladi: hissiy charchoq, ya’ni insonning o‘z ishiga yoki faoliyatiga bo‘lgan ruhiy kuchining kamayishi; shaxsiy samaradorlikning pasayishi, ya’ni o‘zini qadr-qimmatini yo‘qotganlik va ishda muvaffaqiyatsizlikka uchrayotganlik hissi; hamda depersonalizatsiya, bu – odamning atrofdagilarga nisbatan befarqligi yoki salbiy munosabatda bo‘lishidir. Ushbu simptomlar uzoq davom etganda, insonning nafaqat ish faoliyati, balki kundalik hayoti, munosabatlari va sog‘lig‘iga ham salbiy ta’sir qiladi. Burnout sindromi nafaqat ish joyida, balki ta’lim muassasalarida ham keng tarqalganligi haqida tadqiqotlar ko‘rsatmoqda. Talabalar orasida emotsional charchash — o‘rganish va ijtimoiy faoliyatga bo‘lgan motivatsiyaning susayishi, doimiy charchoq hissi, ruhiy tushkunlik, kelajakka nisbatan ishonchsizlik va o‘zini qadrsiz his qilish kabi alomatlar bilan namoyon bo‘ladi. Ko‘plab psixologik izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, bu sindromning asosiy omillari — ta’lim yuklamasining ortiqligi, muddatli topshiriqlarning haddan tashqari ko‘pligi, baholash tizimining bosimi, o‘qituvchilarning yuqori talabchanligi, ota-onalarning kutgan natijalari va eng muhimi, shaxsning o‘zidan doimiy mukammallikni kutishidir. Shuningdek, raqamli texnologiyalarning haddan tashqari ishlatilishi, ijtimoiy tarmoqlarda ideal hayot obrazlari bilan solishtirish va ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash yetishmasligi ham burnout sindromining kuchayishiga olib keladi. Bu sindrom yoshlar o‘rtasida nafaqat o‘quv faoliyatida, balki psixologik salomatlikda ham jiddiy muammolarni yuzaga keltiradi. Emotsional charchagan talaba o‘z bilimini to‘liq namoyon eta olmaydi, muloqotda qiyinchiliklarga duch keladi va ijtimoiy faolligi pasayadi. Uzoq davom etgan burnout holatlari esa depressiya, xavotir buzilishi yoki o‘ziga ishonchsizlik kabi holatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, emotsional charchash sindromining erta 47 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference bosqichlarini aniqlash va uning oldini olish choralari haqida xabardorlikni oshirish, bu boradagi psixoprofilaktik va psixokorreksion ishlarga e’tibor qaratish — zamonaviy psixologik amaliyotda ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. Emotsional charchash sindromining sabablari. Emotsional charchash sindromi (burnout) ko‘plab psixologik, ijtimoiy va individual omillar ta’sirida yuzaga keladi. Ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat: 1.Doimiy stress va ortiqcha yuklama – Talabalik yillari o‘z ichiga o‘qish, imtihonl
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the prevalence of emotional exhaustion (burnout) syndrome among young people, its main causes and symptoms, as well as effective prevention methods.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the prevalence of emotional exhaustion (burnout) syndrome among young people, its main causes and symptoms, as well as effective prevention methods. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- emotional exhaustion, burnout syndrome, youth, psychological, yoshlar, oldini olish., psixologik salomatlik, burnout sindromi, stress, Emotsional charchash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025