К содержанию
РецензированоUZ2026

ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI

TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI · Patualiyeva Qurbangul Begaliyevna · Sabirova Ziynura Allamuratovna

Академические исследования в современной науке · 848 · 2026

Аннотация

This article analyzes the innovative technologies used in environmental protection. Today, green energy technologies, smart monitoring systems, waste recycling, and water purification technologies play an important role in solving the problems of the ecological crisis and resource depletion. The article shows that each technology helps ensure environmental safety, increase energy efficiency, and reduce waste. The need to strengthen sustainable 59 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference development and environmental education through the introduction of innovative technologies is emphasized. Keywords: innovative technologies, environment, environmental safety, waste processing, water resources, artificial intelligence. Kirish. Zamonaviy dunyo atrof-muhitning ifloslanishi, tabiiy resurslarning kamayishi va ekologik inqirozlar kabi jiddiy muammolar bilan yuzlashmoqda. Ushbu masalalar nafaqat global miqyosda, balki har bir mamlakatning barqaror rivojlanishiga ham tahdid solmoqda. Bugungi kunda atrof-muhitni himoya qilishning samarali usullaridan biri — innovatsion texnologiyalardan foydalanishdir. Innovatsion texnologiyalar, ayniqsa "yashil" energiya manbalaridan foydalanish, chiqindilarni qayta ishlash va suvni tozalash kabi sohalarda muhim o‘rin tutadi. Bu texnologiyalar atrof-muhitni saqlash, resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Hozirgi kunda texnologiyalar ekologiyani himoya qilishda nafaqat o‘z samarasini ko‘rsatib kelmoqda, balki jahon miqyosida yashil iqtisodiyotga o‘tishning muhim omiliga aylanmoqda. Maqolada atrof-muhitni muhofaza qilishda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar, ularning afzalliklari va istiqbollari haqida so‘z boradi. Ushbu texnologiyalarni joriy etish, ularni amaliyotda qo‘llash nafaqat atrof-muhitni asrash, balki ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ham ta’minlashga yordam beradi. Maqolada shuningdek, innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham tahlil qilinadi. Bundan tashqari, texnologiyalarni kengaytirish va joriy etish jarayonida aholi o‘rtasida ekologik ongi oshirish, atrof-muhitni himoya qilishga bo‘lgan mas’uliyatni kuchaytirish zarurati ham ta’kidlanadi. Shunday qilib, ushbu maqola atrof-muhitni muhofaza qilishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni, ulardan samarali foydalanishning istiqbollari va ular orqali ekologik barqarorlikka erishish yo‘llarini o‘rganadi. Birinchi navbatda, “yashil” energiya texnologiyalari atrof-muhitni muhofaza qilishda katta imkoniyatlar yaratmoqda. Quyosh energiyasi, shamol energiyasi va biogaz texnologiyalari kabi muqobil energiya manbalari an’anaviy yoqilg‘ilarga nisbatan ekologik jihatdan xavfsizroq hisoblanadi. Quyosh panellari yordamida ishlab chiqariladigan energiya havoga uglerod gazining chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaydi, bu esa global isishning oldini olishga xizmat qiladi. Shamol turbinalari orqali ishlab chiqariladigan energiya ham tabiiy resurslardan foydalanadi, va bu texnologiya chiqindilarni kamaytiradi. Biogaz texnologiyalari esa organik chiqindilarni qayta ishlashni ta’minlaydi, shu bilan birga energiya ishlab chiqarishga yordam beradi. Bunday texnologiyalar joriy etilgan mamlakatlarda, masalan, Germaniyada, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning ulushi ortib bormoqda. Bu texnologiyalar tufayli 60 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference biz tabiatga bo‘lgan ta’sirni sezilarli darajada kamaytirishimiz mumkin [1, 300- 310]. Bundan tashqari, smart monitoring tizimlari ham atrof-muhitni nazorat qilish va himoya qilishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. IoT (Internet of Things) texnologiyalari yordamida havo, suv va tuproqdagi o‘zgarishlarni real vaqtda kuzatish mumkin. Bu tizimlar orqali atrof-muhitdagi ifloslanish darajasini doimiy ravishda monitoring qilish, vaqtida ogohlantirishlar berish va zarur choralarni ko‘rish imkonini yaratadi. Masalan, AQSh va Yevropa Ittifoqida o‘rnatilgan havo sifatini nazorat qilish tizimlari har bir shahar va hududda havoning ifloslanish darajasini tahlil qiladi. Bu tizimlar orqali aholiga xavfli darajada ifloslangan havo haqida ma’lumot beriladi, va ular uchun xavfsiz bo‘lgan hududlar belgilab qo‘yiladi. Bundan tashqari, chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalari atrof-muhitni himoya qilishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda chiqindilarni qayta ishlashda zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilmoqda. Masalan, plastik va shisha idishlar, elektron chiqindilarni qayta ishlash zavodlari bu chiqindilarni sanoatga qaytarish uchun ishlatiladi. Bu texnologiyalar nafaqat chiqindilarni kamaytirishga, balki yangi xom ashyo ishlab chiqarishga ham yordam beradi. Yevropa davlatlarida, masalan, Germaniya va Shvetsiyada chiqindilarning katta qismi qayta ishlanadi. Yaponiyada esa “nol chiqindi” tamoyili asosida chiqindilarni to‘liq qayta ishlashga erishilgan. Shu bilan birga, chiqindilardan organik o‘g‘

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the innovative technologies used in environmental protection.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the innovative technologies used in environmental protection. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovative technologies, environment, environmental safety, suv resurslari, atrof-muhit, sun’iy intellekt., chiqindilarni qayta ishlash, ekologik xavfsizlik, innovatsion texnologiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники