Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MILLIY TAFAKKUR VA TIL BOYLIGI: ZAMONAVIY O’QUVCHILARNING LUG’AT KOMPETENSIYASI
SAMARADORLIGI (TAJRIBA ASOSIDA) · Utanova Vaziraxon Maxmudjon qizi · Umarova Y.T. (Andijon davlat pedagogika instituti)
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada 5-sinf o‘quvchilarining lug‘at boyligini oshirishda amaliy topshiriqlarning ahamiyati amaliy tajriba asosida ochib berilgan. O‘quvchilarning so‘z boyligi, ularning fikrlash darajasi va nutq malakalarini rivojlantirishda lug‘at asosida olib borilgan mashg‘ulotlarning qanday ijobiy natija bergani batafsil yoritilgan. 3 ta sinfda olib borilgan izchil tajriba, kuzatuv, savolnoma va yakuniy testlar asosida bu topshiriqlar o‘z samarasini bergani ilmiy asoslar bilan isbotlangan. Kalit so‘zlar: lug‘at, o‘quvchi, amaliy topshiriq, nutq, o‘zlashtirish, sinf tajribasi, samaradorlik, metodika. Bugungi kunda boshlang‘ich va o‘rta ta’limida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, ularning erkin va mazmunli fikrlash malakalarini shakllantirish muhim vazifaga aylangan. Zamonaviy ta’lim jarayonida ona tili darslarida o‘quvchilarning faol fikrlashi, mustaqil izlanishi, hamda kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish muhim o‘rin egallaydi.1 Bunga erishishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish muhim hisoblanadi Ayniqsa, ona tili darslari mazmunida so‘zlar ustida ishlash, lug‘atni kengaytirish, ularning ma’no qatlamlarini anglash, turli matnlarda qo‘llash malakasini shakllantirish o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. 5-sinf bu borada muhim pog‘ona hisoblanadi, chunki bu bosqichda o‘quvchilarning tili yanada shakllanadi, so‘zlarni ongli o‘zlashtirish va ularni turli uslubiy kontekstda ishlata olishga ilk tayyorgarlik boshlanadi. Shu bois bitiruv malakaviy ishimizni ushbu bosqichga qaratgan holda lug‘at bilan ishlashga oid topshiriqlarning samaradorligini amaliy tajriba asosida tahlil qilishni maqsad qilganmiz. Tajriba Andijon shahar 8-umumta’lim maktabining 5-“A”, 5-“B” va 5-“V” sinflarida olib borildi. Har bir sinfda 31–32 nafar o‘quvchi qatnashdi. Sinflar shartli tarzda tajriba guruhi, nazorat guruhi va aralash guruh sifatida belgilandi. Tajriba guruhida o‘quvchilar bilan har hafta rejalashtirilgan holda lug‘at ustida 77 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda esa o‘quvchilarning mustaqil izlanishiga imkon berildi, ular tomonidan so‘zlar bilan ishlashning ijodiy shakllari qo‘llandi. Nazorat guruhida esa odatdagi dars materiallari asosida, maxsus topshiriqlarsiz o‘tilgan. Aralash guruhda esa ayrim darslarda topshiriqlar sinov tariqasida o‘tkazilgan, ammo tizimli bo‘lmagan. Eng muhimi, ushbu tajribada biz o‘quvchilarning nafaqat testdagi natijalariga e’tibor qaratdik, balki ularning nutqiy faoliyatidagi o‘zgarishlar, so‘z boyligi ortgani sababli matn bilan ishlashga bo‘lgan qiziqishi, yozma va og‘zaki ifoda malakalaridagi ilgarilashni ham ko‘zdan kechirdik. Lug‘at bilan ishlashda qanday usullar sinovdan o‘tkazildi? Avvalo, oddiydan murakkabga qarab bosqichlangan mashg‘ulotlar tuzildi. Boshlang‘ich haftalarda o‘quvchilarga tanish, lekin amalda kam ishlatiladigan so‘zlar bilan ishlash topshiriqlari berildi. Masalan: “mehribon”, “saboqli”, “qat’iyatli” kabi so‘zlarga sinonim va antonim topish, ularni turli gaplarda ishlatish, so‘z yasalishi, morfemik tahlili o‘rgatildi. Keyingi bosqichlarda murakkabroq topshiriqlar berildi: rasmlar asosida matn tuzish, ma’lum so‘zlardan iborat lug‘at kartalarini tuzish, hikoyaning matnini qismlarga bo‘lib, u yerda ishlatilgan so‘zlarni to‘g‘ri tahlil qilish. Eng faol va qiziqarli usullardan biri bu “So‘z yutuqlari jurnali” bo‘ldi – har bir o‘quvchi o‘z daftarida har hafta o‘rgangan 10 ta yangi so‘z, ularning ma’nosi, qo‘llanilishi va o‘z fikrida tuzgan gaplarini yozib bordi. Bu orqali ular so‘z ustida doimiy fikrlashga o‘rganishdi. “Leksik kompetensiya – bu o‘quvchining so‘z zaxirasini to‘g‘ri va maqsadga muvofiq ishlata olish qobiliyatidir. Bu kompetensiyani rivojlantirish uchun dars jarayonida kontekstual yondashuv va mashqlar tizimi muhim o‘rin tutadi”.2 Tajriba guruhida o‘quvchilar darslarda faollashdi, ayniqsa, ijodiy topshiriqlarga bo‘lgan qiziqish ortdi. Masalan, 5-“A” sinfida berilgan “Shaharda bahor” mavzusida 15 ta asosiy so‘z asosida insho yozish topshirig‘i berilganida o‘quvchilarning 80 foizi ishni belgilangan vaqtda, boy ifodalar bilan bajargan. Ularda “bahor”, “nafosat”, “yaproq”, “shabboda” kabi so‘zlardan tashqari, “yashnab ketdi”, “jonlanib bordi” kabi ifodalar ham o‘rin olgan bo‘lib, bu ularning iboralardan foydalanish madaniyatining shakllanayotganini ko‘rsatdi. Nazorat guruhidagi o‘quvchilarda esa bunday topshiriqlarsiz darslar asosan grammatikaga yo‘naltirilgan bo‘lib, so‘z boyligini orttirish borasida ko‘zga ko‘ringan o‘zgarishlar bo‘lmagan. 78 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Tajriba davomida o‘quvchilar bilan olib borilgan ishlar jarayonida ularning so‘z boyligini oshirishdan tashqari boshqa nutqiy kompetensiyalariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatganini qayd etish muhimdir. Jumladan, o‘quvchilarning talaffuzidagi aniqlik, grammatik moslashuvchanlik, matn tuzishdagi mantiqiylik
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada 5-sinf o‘quvchilarining lug‘at boyligini oshirishda amaliy topshiriqlarning ahamiyati amaliy tajriba asosida ochib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada 5-sinf o‘quvchilarining lug‘at boyligini oshirishda amaliy topshiriqlarning ahamiyati amaliy tajriba asosida ochib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o‘quvchilar, lug‘at kompetensiyasi, Milliy tafakkur, ta'lim metodlari, interaktiv metodlar, til boyligi, pedagogik texnikalar, zamonaviy texnologiyalar., digital vositalar, o‘zbek tili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025