К содержанию
РецензированоUZ2026

HAZM YO‘LINING KIMYOVIY KUYISHLARIDA JIGAR TO‘QIMALARINING MORFOMETRIK O‘ZGARISHLARI: ADABIYOTLAR TAHLILI

BIOKIMYOVIY SAMARASI · Allayeva A.N.

Исследователь · 6 · 895–917 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada sichqonlarda sirkaviy moddalar yordamida chaqirilgan subakut metabolik buzilishlar va ularga sutgiyohi yog‘i (Silybum marianum (L.) Gaertn) bilan tuzatish imkoniyati eksperimental jihatdan o‘rganilgan. Terapevtik samaradorlik qonning klinik-biokimyoviy ko‘rsatkichlari – transaminazalar (ALT, AST), kreatinin, umumiy oqsil, umumiy xolesterin, glyukoza va triglitseridlar miqdoridagi o‘zgarishlar orqali baholangan. Kalit so‘zlar: dori o‘simlik xomashyosi, sutgiyohi yog‘i, Silybum marianum (L.) Gaertn, gepatoprotektor, biologik tajriba, klinik-biokimyoviy tahlillar. Kirish: Zararlı va xavfli ishlab chiqarish omillariga bog‘liq kasalliklarda yuzaga keluvchi metabolik buzilishlarni to‘g‘rilash muammosi bugungi kunda dolzarbdir. Dori vositalari doimo yetarli natija bermaydi, ko‘p hollarda ko‘plab dorilar birgalikda qo‘llanilib, bu esa nojo‘ya ta’sirlar xavfini oshiradi. Shu sababli, tabiiy davolash omillari – ayniqsa o‘simlik asosidagi preparatlar – metabolizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lib, ularning sintetik muqobillariga nisbatan xavfsizroqdir. Gepatoprotektiv xususiyatga ega dorilar – legalon, silibor, karsil, gepabene – ko‘p hollarda Silybum marianum mevalaridan tayyorlanadi. Tadqiqotning maqsadi: Sichqonlarda sirkaviy kislota yordamida chaqirilgan jigarning subakut toksik shikastlanishi fonida yuzaga keladigan metabolik o‘zgarishlarni aniqlash va ularni sutgiyohi yog‘i yordamida tuzatish imkoniyatlarini baholash. Material va usullar: Tajriba uchun 180-240 g og‘irlikdagi Wistar zichqonlari uchta guruhga ajratildi. 46% sirka eritmasi orqali jigarning toksik shikastlanishi modellandi. Shundan so‘ng 5 kun davomida kuniga 3 mahal 0,2 ml dozada sutgiyohi yog‘i berildi. Biokimyoviy ko‘rsatkichlar tahlil qilinganda, sutgiyohi yog‘i yallig‘lanish belgilarini kamaytirgani, transaminazalar (AST, ALT) darajasini tiklagani, lipid-glukoz metabolizmini va gepatozellulyar funksiyalarni normallashtirgani qayd etildi. https://scientific-jl.com 3 1 0 63-son_3-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Xulosa: Sutgiyohi yog‘i bilan 5 kunlik davolash kursi sirkaviy intoksikatsiya fonida jigarda rivojlangan metabolik buzilishlarni sezilarli darajada bartaraf etadi. Ushbu yog‘ tarkibidagi bioaktiv moddalarning kompleksi jigarning glyukoneogenez, lipotropik, detoksikatsion va immunomodulyator funksiyalarini faollashtiradi.

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada sichqonlarda sirkaviy moddalar yordamida chaqirilgan subakut metabolik buzilishlar va ularga sutgiyohi yog‘i (Silybum marianum (L.) Gaertn) bilan tuzatish imkoniyati eksperimental jihatdan o‘rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada sichqonlarda sirkaviy moddalar yordamida chaqirilgan subakut metabolik buzilishlar va ularga sutgiyohi yog‘i (Silybum marianum (L.) Gaertn) bilan tuzatish imkoniyati eksperimental jihatdan o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sirka kislotasi, metabolizm, Kalit so'zlar: Jigar, kimyoviy kuyish, morfologik o'zgarishlar, reabilitatsiya, gepatotoksik, psixologik holat, spirtli ichimliklar, gomeostaz, gipoksiya, toksik shikastlanish, endogen va ekzogen omillar., eksperiment, toksik gepatopatiya, jigar kasalliklari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники