К содержанию
РецензированоUZ2026

OILADAGI SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING IJTIMOIY- PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI · Baxtiddinova Zarifa Hamidjonovna

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada oiladagi shaxslararo munosabatlarning ijtimoiy- pedagogik xususiyatlari hamda ota-ona va bola o‘rtasidagi psixologik muloqotni tashkil etish haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: oila, muloqot, munosabat, yosh davrlari, xulq, muomala. Har tomonlama sog‘lom muhit hukmron ekan, farzandlarimiz barkamol voyaga yetadilar, fuqarolari barkamol jamiyat esa hech qachon zavol topmaydi. Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sog‘lom avlodni, komil insonlarni voyaga yetkazish masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan biri muloqot madaniyatidir. Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim sharti hisoblanadi. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatni o‘zlashtirish va o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga o‘rgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini o‘rganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy o‘rinni egallamoqda. Muloqot psixologiyasi fani muloqotning yuqorida keltirilgan va boshqa jihatlarini nazariy va amaliy jihatdan chuqur o‘rganishga yordam beradi. Shuningdek, oilaviy muhitda, bolalar tarbiyasida muloqot psixologiyasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish juda muhim sanaladi.Bola shaxsning har tomonlama shakllanishida muloqotning ahamiyati katta. Oddiy narsalarni o‘rganish uchun ham taqlid orqali o‘zaro muloqotda bo‘lish zarur. Jamiyat qonun -qoidalariga asoslangan holda munosabatlar rivojlanadi. Pedagogik jarayon ishtirokchilaridan esa konfliktning buzg‘unchilik imkoniyatining rivojlanib ketishiga to‘sqinlik qilish, uning yaratuvchanlik imkoniyatini esa ta'minlash taqozo etiladi. Oilaviy nizolarning ham unda ishtirok etayotgan barcha tomonlar va ular vakillarini ba'zan juda kattiq stress holatiga tushirib qo‘yadi. Qattiq stress holatini ota-onalar ham, farzandalar ham, oila a'zolari ham boshidan o‘tkazishi mumkin. Agar stress holatini yengib o‘tishga katta insonlarning biroz malakasi va hayotiy tajribasi bo‘lsa, oilaviy nizolarni kattalashib ketishga imkon bo‘lmaydi. Yangi oila qurganlarga esa malaka va hayotiy tajriba mavjud emas, shuning uchun statistika bo‘yicha ajrimlar shu davrda ko‘p kuzatiladi. https://scientific-jl.com 1 9 0 63-son_3-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Oilaviy nizolar davrida eng katta zarba, yangi kelinga, uning psixologik holatiga tushadi. Binobarin, stress holatiga tushgan inson, eng ijtimoiy ko‘makka muhtoj inson sanaladi. Biroq real hayotda konfliktning yaratuvchanlik imkoniyati mavjudligini ko‘pchilik bilmaydi. Shunga ko‘ra, ko‘pchilik undan o‘z vaqtida to‘g‘ri va samarali foydalanishni amaliyotda qo‘llamaydi. Real hayotdagi ko‘pchilik konfliktlarda uning buzg‘unchilik imkoniyati ko‘proq amal qiladi. Konfliktning buzg‘unchilik imkoniyati kuchli xususiyat bo‘lib, tomonlar xis-tuyg‘ulari, emosiyalari va qarashlari ustidan hukmronlik qila boshlaydi. Shunga ko‘ra, konfliktning buzg‘unchilik imkoniyatidan voz kechish insondan iroda, o‘zini tutish, bosiqlik ko‘nikma va malakalarining ma'lum darajada shakllangan bo‘lishini taqozo etadi. Agar pedagogik jarayon ishtirokchilari, xususan pedagog shaxsining o‘zi konfliktning buzg‘unchilik imkoniyati mavjudligini bilib, mana shu holatni adekvat anglab, irodasini ishga solib, tomonlarni yaratuvchanlikka o‘tkaza olsa, ziddiyat tomonlarga shaxsiy, emosional, jismoniy, tibbiy zarar yetkazmasdan to‘g‘ri yo‘lga solingan bo‘ladi. Naslimiz davomchilarini nafaqat jismonan baquvvat, balki ma’naviy boy, yangi davr talabiga javob beradigan, muloqot jarayonida erkin fikr yuritadigan qilib tarbiyalash hozirgi kunning dolzarb muammolaridandir. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da shaxsning erkinligi, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish, muomala madaniyatini tarkib toptirishga birlamchi e’tibor qaratilgan. Shunday ekan, oilaviy munosabatlarda muloqot jarayoni mustaqil fikrini erkin ifodalash malakalarini va ularning ijodkorlik asosida fikrlashini shakllantirish psixolog-pedagoglar oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Zero, XXI asrda yashaydigan har bir oiladagi farzandlarni ijodkorlik asosida fikrlashi uchun avvalo muloqotga o‘rgatish zarur. Oilaviy nizolar ishtirokchilari bir makonda uchrashishga baribir majburdirlar. Shunga ko‘ra, ular o‘rtasida nizo mavjud bo‘lsa ham, ular oilaviy xayot jarayonida o‘zaro muomala qilishga majbur sanaladi. Demak, oila a'zolari mana shu holatni tez yengib va bosib o‘tishga say' qilmog‘i, aslida bunday holatning vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymasligi darkor bo‘ladi. Uzoq muddat davom etadigan mana shunday oilaviy nizolar barcha a'zolarning asabini izdan chiqaradi, bolani esa, uzoq muddat nizoli vaziyatda boshqa odamlarga qarshi kurashishga o‘rgatadi. Bola esa bunday kurashni bilganidan, bilmagani yaxshi sana

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada oiladagi shaxslararo munosabatlarning ijtimoiy- pedagogik xususiyatlari hamda ota-ona va bola o‘rtasidagi psixologik muloqotni tashkil etish haqida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada oiladagi shaxslararo munosabatlarning ijtimoiy- pedagogik xususiyatlari hamda ota-ona va bola o‘rtasidagi psixologik muloqotni tashkil etish haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
munosabat, xulq, muomala., muloqot, Kalit so‘zlar: oila, yosh davrlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники