К содержанию
РецензированоUZ2026

OILADAGI IJTIMOIY NIZOLARNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Rajabova Visola Sadriddinovna

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada oiladagi nizolarni o‘rganish va ularni ijtimoiy tasavvurlarni shakllantirish orqali bartaraf etishning pedagogik-psixologik xususiyatlari haqida so‘z boradi. Kalit so‘lar: oila, tarbiya, ma’naviyat, ijtimoiy tasavvur, steriotip, oilaviy qadriyat, ijtimoiy rol. Bugungi kunda O‘zbekiston sharoitida oilaviy muammolar o‘zining ko‘p qirraliligi bilan alohida xususiyat kasb etib, jamiyat taraqqiyotini belgilashda, ma’nan barkamol, ruhan sog‘lom avlodni voyaga yetkazish jarayonida ularning ijobiy yechimi katta ahamiyatga egadir. Agar har bir oilani tashkil etuvchilar o‘z muammolarini bahamjihatlik bilan, o‘zaro kelishuv asosida hal qilsalar, oiladagi tinchlik kafolatlanib, uning ma’naviy asoslari mustahkam bo‘ladi. Alohida ta’kidlash joizki, oilada ota- onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarida, fikrlar va qarashlaridagi paydo bo‘ladigan ayrim kelishmovchiliklar, qarama-qarshiliklar, ziddiyatlarni uni tashkil etuvchi shaxslar o‘zaro kelishib, muammoni konstruktiv tarzda yechishga qodir bo‘lsalar, oiladagi ijtimoiy-psixologik hamda ma’naviy muhit yosh avlod ongida insoniy munosabatlar to‘g‘risida teran va ijobiy tasavvurlar shakllanishiga imkon beradi. Shu bois ham mamlakatimizda oila va uning tarbiyaviy imkoniyatlari qadriyat sifatida yuksaklarga ko‘tariladi.Shuni alohida ta’kidlash joizki, oilaviy munosabatlar har doim ham bir tekisda silliq, risoladagidek kechavermaydi. Uy-ro‘zg‘or yumushlarini ado etish, er-xotinlik burchlari, ota-onaning farzandlar oldidagi majburiyatlari, farzandlarning kattalar oldidagi huquq va burchlarini ado etish jarayonida murakkab rollararo muomala va muloqot jarayonlari kechadiki, ularning deyarli barchasida shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar to‘qnashadi, ayrim holatlarda fikr va qarashlardagi ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, kelishmovchiliklar, anglashilmovchiliklar shaxslararo nizolar tarzida namoyon bo‘ladi. O‘zbekistonda oila va undagi o‘zaro munosabatlar alohida qadriyat sifatida qaralishi ham bu borada yurtimizgagina xos bo‘lgan ma’lum qonuniyatlarning borligini dalillaydi. Shu bois ham, mavjud muammoni xududiy va etnopsixologik xususiyatlarni inobatga olgan holda o‘rganish zarur. Ta’kidlash joizki, Sharq mutafakkirlari Bahovuddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, At-Termiziy, Al-Buxoriy, Bobarahim Mashrab, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nosir Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Al- https://scientific-jl.com 1 9 3 63-son_3-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Xorazmiy, Burhoniddin Marg‘iloniy, Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Donish, Yusuf Xos Xojib, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, hamda hozirgi davr O‘zbekiston olimlari M.G. Davletshin, G‘.B. Shoumarov, V.M. Karimova, E.G‘. G‘oziyev, Sh.R. Barotov, B.M. Umarov boshqalarning tadqiqotlarida ham oila muammosi, undagi nizoli holatlar, munosabatlar hamda barcha oilaviy munosabatlar farzand tarbiyasiga qay darajada ta’sir etishi muammosi mahalliy shart-sharoitlar nuqtayi nazaridan qisman o‘rganilgan. Ma’lumki, oilaning farzandlar tarbiyasidagi o‘rni va oilaviy o‘zaro munosabat oqibatlari masalasi psixolog hamda pedagog olimlarning diqqat markazida turgan muammolardan biridir. Bu muammoga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar esa, asosan, har bir millat mentaliteti, o‘sha jamiyatda ustuvor bo‘lgan oilaviy qadriyatlar, urf-odatlar va marosimlar doirasida turli tadqiqotlarning predmeti bo‘lib kelgan. Zero, oilada kamol topayotgan yosh avlod dunyoqarashining to‘g‘ri shakllanishi oila a’zolari o‘rtasida barqaror bo‘lgan sog‘lom munosabatlarning xarakteriga bog‘liq. Bu esa, bola ongida ijobiy va salbiy munosabatlar, nizolar hamda ularning oqibatlari to‘g‘risidagi tasavvurlar shakllanishiga zamin bo‘ladi.Ijtimoiy tasavvurlar doirasidagi oilaviy nizolar muammosining o‘rganilishi jarayonida, asosan, er-xotin (ota-ona) o‘rtasidagi munosabatlarni nazarda tutish maqsadga muvofiq sanaladi. Chunki oila muhiti muvozanatini ota-ona saqlab turadi. Oila borasidagi ilmiy izlanishlardan yana shu narsa ma’lumki, oilaviy nizolarning asosiy qismi er-xotin o‘rtasidagi nizolardan tashkil topadi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiya sohasida er-xotin o‘rtasidagi nizolar, ularning kelib chiqishi va ushbu oilada tarbiyalanayotgan farzandlar dunyoqarashi, fe’l-atvoriga ta’siri hamisha dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan. Shu boisdan bu muammoni o‘rganish uchun qator ilmiy tadqiqotlar olib borilgan va ularning natijalari keng kitobxonlar ommasiga havola etilgan.Shaxsning oilaviy nizolar to‘g‘risidagi bilimlari, uning shaxsiy tajribasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, tasavvurlar tizimining shakllanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. U yoki bu obekt yoxud hodisa haqida bilimning yo‘qligi, tasavvurning ham yo‘qligidan darak beradi. Shaxsgacha yetib kelayotgan ma’lumotlar va ular asosida shakllanayotgan bilimlar aniq yoki noaniq, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lib, biror narsa va hodisalar vositasida shakllanadi hamda bu bevosita ta’sir bo‘lgani uchun ham tasavvurlar ana shunga muvofiq tegishli zaylda paydo bo‘ladi.Yangi davr ingliz demok

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada oiladagi nizolarni o‘rganish va ularni ijtimoiy tasavvurlarni shakllantirish orqali bartaraf etishning pedagogik-psixologik xususiyatlari haqida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada oiladagi nizolarni o‘rganish va ularni ijtimoiy tasavvurlarni shakllantirish orqali bartaraf etishning pedagogik-psixologik xususiyatlari haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, Kalit so‘lar: oila, oilaviy qadriyat, steriotip, ijtimoiy tasavvur, ma’naviyat, ijtimoiy rol.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники