К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEKISTONDA SUG‘URTA BOZORI

O‘ZBEKISTONDA SUG‘URTA BOZORI · Mahliyo Mambetqulova Alisher qizi · Obiddin Toshmurzaevich Yuldashev · Махлиё Мамбеткулова Алишер кизи · Обиддин Тошмурзаевич Юлдашев (Ташкент, Узбекистан.)

Исследователь · 2025

Аннотация

This article analyzes the current state, existing problems and development prospects of the insurance market in Uzbekistan. The article uses an analytical approach based on official statistical data and international experience. The structure of insurance services, population participation and market growth rates are studied, and practical proposals are developed for further development of the industry. The research results are enriched with scientific and practical approaches aimed at improving the insurance sector. KALIT SO’ZLAR (КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА / KEYWORDS) sug’urta bozori, moliyaviy xizmatlar,iqtisodiy xavfsizlik,raqamli sug’urta ixtiyoriy sug’urta, moliyaviy savodxonlik, xalqaro tajriba. KIRISH (ВЕДЕНИЕ / INTRODUCTION) Bozor iqtisodiyoti sharoitida sug‘urta tizimi mamlakatning moliyaviy infratuzilmasining ajralmas elementi hisoblanadi. U nafaqat fuqarolarning va yuridik shaxslarning mol-mulki va sog‘ligini turli xatarlar ta’siridan himoyalashga xizmat qiladi, balki iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Bugungi kunda dunyoning ko‘plab rivojlangan https://scientific-jl.com 2 0 1 63-son_3-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali davlatlarida sug‘urta sohasi moliyaviy xizmatlar bozorining eng yirik va faol segmentlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda sug‘urta sohasining rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlat tomonidan bu sohani modernizatsiya qilish, normativ- huquqiy asoslarni takomillashtirish, xususiy sektorni jalb etish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha izchil islohotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, 2022– 2025 yillarga mo‘ljallangan milliy rivojlanish strategiyasida sug‘urta bozorini erkinlashtirish, xorijiy investorlar uchun qulay sharoit yaratish va raqobatni kuchaytirish ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangani bu sohaning istiqbolli yo‘nalishlardan biri ekanini ko‘rsatadi. Sug‘urta tizimining samarali faoliyati mamlakat iqtisodiy barqarorligining kafolati sifatida qaraladi. Chunki har qanday yirik investitsiya, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish faoliyati turli darajadagi xatarlarga duch keladi. Bunday vaziyatda sug‘urta xatarlarni moliyaviy jihatdan yumshatish, yo‘qotishlarning oqibatlarini kamaytirish va iqtisodiy subyektlarga qo‘shimcha kafolatlar berish imkonini yaratadi. Shu sababli sug‘urta sohasi nafaqat iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydi, balki moliyaviy bozorlarning barqaror ishlashi, kapitalning samarali taqsimlanishi va ijtimoiy himoya tizimining mustahkamlanishiga ham xizmat qiladi. O‘zbekistonda sug‘urta bozori mustaqillik yillarida shakllanib bordi. Dastlab davlat korxonalari ustuvor rol o‘ynagan bo‘lsa, keyinchalik xususiy sektorning jalb etilishi bilan bu sohada raqobat muhitining paydo bo‘lishi kuzatildi. Ayni paytda mamlakatda bir nechta davlat va xususiy sug‘urta kompaniyalari faoliyat yuritmoqda, ularning ba'zilari hayot sug‘urtasi, boshqalari mol-mulk, transport, sog‘liq va biznes xavf-xatarlarini qamrab olgan turli yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatmoqda. Shunga qaramay, mavjud infratuzilmaning yetarlicha rivojlanmagani, xizmatlar spektrining torligi va aholining past ishonch darajasi bu sohaning keng ko‘lamda rivojlanishiga to‘siq bo‘lmoqda. Ayniqsa, qishloq joylarda yoki kichik biznes subyektlari orasida sug‘urta xizmatlarining ommabop emasligi bu tizimni kengaytirish yo‘lida jiddiy muammo sifatida turadi. Boshqa tomondan, sug‘urta madaniyatining shakllanishi, raqamli texnologiyalarning joriy etilishi va xalqaro tajribaning o‘rganilishi bu sohani tubdan modernizatsiya qilish imkonini beradi. Ushbu maqolada O‘zbekistondagi sug‘urta bozorining tarixiy shakllanish jarayoni, bugungi kundagi holati, asosiy muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha mavjud yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bozorning kelajakdagi rivojlanish istiqbollari va xorijiy tajribaga asoslangan takliflar ham tahlil qilinadi. ADABIYOTLAR SHARHI (ЛИТЕРАТУРНЫЙ ОБЗОР / LITELATURE REVIEW) https://scientific-jl.com 2 0 2 63-son_3-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Swiss Re Institute. (2023). World Insurance Report. Ushbu xalqaro hisobotda dunyo sug‘urta bozorlari holati, o‘sish tendensiyalari va innovatsion yondashuvlar yoritilgan. O‘zbekiston sug‘urta sektori uchun xalqaro taqqoslash va rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashda muhim manba hisoblanadi.[1] Jahon banki. (2022). Uzbekistan Financial Sector Assessment. Mazkur hujjatda O‘zbekiston moliya sektorining holati tahlil qilingan bo‘lib, unda sug‘urta bozorining zaif va kuchli jihatlari, islohotlarga ehtiyoj mavjudligi qayd etilgan. Bu manba orqali mamlakatdagi moliyaviy integratsiya darajasi ham o‘rganildi.[2] O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. (2023). Moliyaviy barqarorlik sharhi. Ushbu rasmiy sharhda milliy sug‘urta bozorining dinamikasi, kompaniyalar faoliyati va tartibga solish mexanizmlari yoritilgan. Maqolada statistik ko‘rsatkichlar aynan shu manbadan oli

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the current state, existing problems and development prospects of the insurance market in Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the current state, existing problems and development prospects of the insurance market in Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
moliyaviy savodxonlik, xalqaro tajriba., KALIT SO’ZLAR (КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА, iqtisodiy xavfsizlik, moliyaviy xizmatlar, KEYWORDS) sug’urta bozori, raqamli sug’urta ixtiyoriy sug’urta
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники