Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SARF ILMINING TA’RIFI VA BOSHQA ARAB TILI ILMLARI BILAN BOG‘LIQLIGI
ILMLARI BILAN BOG‘LIQLIGI · Supiyev Abdurahmon · Imom Buxoriy nomidagi Toshkent · Ibn Jinniy (Islom Instituti 4-kurs talabasi) · Ibn Jinniy (Islom Instituti 4-kurs talabasi)
Исследователь · 2026
Аннотация
Наука сарф изучает морфологию арабского языка, анализируя корни слов, их грамматические формы и изменения. Это важное направление арабской лингвистики, которое позволяет глубже понять структуру языка. Работы таких учёных, как Ибн Джинний, Сибавейхи и Замахшари, внесли значительный вклад в развитие этой дисциплины. Глубокое изучение правил сарфа помогает правильно понимать и применять арабскую грамматику. Ключевые слова: сарф, морфология, арабская лингвистика, грамматические изменения, Ибн Джинний, Сибавейхи, Замахшари Til har qanday jamiyat hayotining ajralmas qismi bo‘lib, u inson tafakkuri, dunyoqarashi, madaniyati va ijtimoiy munosabatlarini ifodalovchi asosiy vositadir. Har qanday tilni chuqur va mukammal o‘rganish uchun uning fonetikasi, morfologiyasi (sarfi), sintaksisi (nahv), leksikasi va uslubiy jihatlarini keng qamrovli o‘rganish zarur. Xususan, sarf ilmi – tilshunoslikning eng qadimiy va muhim sohalaridan biri bo‘lib, u so‘zlarning ichki tuzilishini, yasalish qonuniyatlarini, grammatik shakllarini va ularning o‘zgarishlarini o‘rganadi. https://scientific-jl.com 8 5 63-son_3-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Sarf (arabcha: فرص) so‘zi lug‘aviy jihatdan “o‘zgartirish”, “aylantirish”, “tashkillashtirish” degan ma’nolarni bildiradi . Ilmiy nuqtayi nazardan esa, sarf ilmi – so‘zlarning ildizidan turli grammatik shakllarni yasalishini, ularning zamon, shaxs, son, jins kabi grammatik kategoriyalarda o‘zgarishini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limidir. Arabtilshunosligi boy va uzoq tarixga ega bo‘lib, unda tilning turli qatlamlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy ishlanmalar va nazariy yondashuvlar mavjud. Ushbu tilshunoslik maktabining o‘ziga xos jihatlaridan biri tilni grammatik, semantik va fonologik jihatdan chuqur o‘rganishga asoslanganligi bilan ajralib turadi. Arab tilining murakkab morfologik tuzilishi va uning o‘ziga xos grammatik qonuniyatlari tilshunoslik tadqiqotlarining muhim yo‘nalishlaridan birini, ya’ni morfologiyani shakllantirgan. Morfologiya so‘zlarning morfemik tarkibi, fonologik o‘zgarishlari va grammatik tuzilishini o‘rganish bilan shug‘ullanib, til tizimining ichki qonuniyatlarini aniqlash va uni amalda qo‘llashga imkon beradi. Sarf ilmi turli ma’nolarni anglatadigan kalimalarning turlarini o‘rgatadigan ilmdir. Chunki, arab kalimalari xilma-xil ma’nolarni anglatish uchun turli ko‘rinishda bo‘lib, tuslanib keladi. Bu fanni birinchi ijod qilgan olim Mu’oz ibn Muslimin al-Harrodir . Bu ilmning mavzusi arab tilining kalimalaridir. Bu fanda kalimalarning zotiga (o‘ziga) tushadigan e’lol (harfi illatni bir-biriga almashtirish), taz’iyf (ikkilantirish) va imola (alifni “yo”ga moyil qilib o‘qish) va nisbat (qaratish, tegishli qilish) va boshqa holatlardan bahs qilinadi. Bu ilmni o‘qishdan asosiy maqsad mubtadiylarning, ya’ni o‘qishni yangi boshlaganlarning zehniga lafzda bo‘ladigan holatlarni bildirishdir. Shuning uchun bu ilmni o‘qish mubtadiylarga, lozim va zarurdir. Xalil ibn Ahmad al-Farohidiy esa sarf va lug‘at ilmlarining chuqur bilimdonlaridan biri bo‘lib, bu sohada muhim poydevorlar yaratgan. U tomonidan yozilgan “Kitob al-‘Ayn” asari arab tilidagi ilk ensiklopedik lug‘at hisoblanadi. U fe’l vaznlari va ildiz tizimini tahlil qilib, 15 ta asosiy vaznlar tizimini ishlab chiqdi. Uning yondashuvi nafaqat morfologik, balki fonetik jihatlarni ham o‘z ichiga olgan bo‘lib, bu jihatdan arab tilining tovushiy tarkibiga asoslangan tahlillar bilan mashhurdir. Sibavayh nomi arab tili grammatikasining eng mashhur allomalari qatorida turadi. U tomonidan yozilgan “Al-Kitob” asari, garchi asosan nahv ilmi haqida bo‘lsa- da, sarfga oid juda ko‘plab ilmiy izoh va tahlillarni o‘z ichiga oladi. U so‘z shakllari, fe’l va ismning tuslanish qoidalari, zamon va sig‘a (shakl) jihatlarini chuqur yoritgan. Ayniqsa, uning fe’l vaznlari haqida bergan ma’lumotlari keyinchalik barcha grammatik maktablar tomonidan qabul qilingan. Ibn Jinniy esa sarf ilmini fonetik asosda tahlil qilgan yirik mutafakkir hisoblanadi. Uning “Al-Xasā’is” nomli asari arab tilining fonetik va morfologik tuzilishini o‘rganuvchi eng chuqur tahliliy manbalardan biridir. Ibn Jinniy arab tili https://scientific-jl.com 8 6 63-son_3-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali tovushlari va morfologiyasi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ochib bergan va so‘zlarning shakli orqali ma’no yetkazish jarayoniga alohida e’tibor bergan. Zamaxshariy ham sarf ilmining rivojiga katta hissa qo‘shgan olimlardandir. U nahv va balog‘at ilmlari bilan birga morfologiyani ham chuqur o‘rgangan. Uning “Al- Mufassal” asarida fe’l va ism shakllari, ularning qo‘llanishi, uslubiy va semantik xususiyatlari haqida mufassal izohlar keltirilgan. Zamaxshariy sarfiy o‘zgarishlar orqali ifoda kuchini oshirish mumkinligini ilmiy asosda ko‘rsatib bergan. Ibn Malik esa sarf qoidalarini yodlashni osonlashtirish maqsadida mashhur “Alfiya” she’rini yozgan. Bu asar 1000 baytdan ibor
Доказательный фрагмент
«Наука сарф изучает морфологию арабского языка, анализируя корни слов, их грамматические формы и изменения.»
Образец извлечения
Демо-превьюНаука сарф изучает морфологию арабского языка, анализируя корни слов, их грамматические формы и изменения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sarf, morphology, Arabic linguistics, grammatical transformations, Kalit so‘zlar: sarf ilmi, Zamaxshariy., Sibavayh, Ibn Jinniy, arab tilshunosligi, grammatik o‘zgarishlar, morfologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024