К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEKISTONDA SOVET HOKIMYATINING QATAG'ON SIYOSATI

SCIENCE SHINE · Jahongir Usmanov Xujaqulovich · Kalit so‘zlar: Sovet rejimi · Sa’dulla Qosimov, qosimovchilik

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekistonda dastlabki qatag‘onlarning boshlanishi, huquq va maorif tizimida qatag‘onning avj oldirilishi, 1937–1938 yillarda davlat arboblari, ziyolilar, ulamolar va harbiylarning qatag‘on qilinishi, «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi hamda «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyining tashkil etilishi haqida ma’lumotlar beriladi. Kalit so‘zlar: Sovet rejimi, O‘zSSR, Sa’dulla Qosimov, qosimovchilik, qatag‘on. Sovet rejimi o‘z hokimiyatini mustahkamlab olgach, uning xususiyatlari tobora oshkora namoyon bo‘la boshladi. Bu holat xususan milliy respublikalardagi rahbar xodimlarga munosabatda yaqqol ko‘zga tashlandi. XX asr 20-yillarining ikkinchi yarmi va 30-yillar boshida O‘zbekiston SSRda o‘n sakkizlar guruhi (Abdurahim Hojiboyev, Inomjon Xidiraliyev, Muxtorjon Saidjonov va b.), inog‘omovchilik (O‘zSSR Maorif xalq komissari Rahim Inog‘omov va b.), qosimovchilik (O‘zSSR Oliy sudi raisi Sa’dulla Qosimov va b.), badriddinovchilik (O‘zSSR Oliy sudining prokurori Shamsutdin Badriddinov va b.), «milliy ittihodchilar» va «milliy istiqlolchilar» (Munavvarqori Abdurashidxonov boshchiligidagi 87 nafar kishi), «narkompros» ishi (O‘zSSR Maorif xalq komissari Mannon Ramziy, uning o‘rinbosari Botu va b.), «botir gapchilar» (Qo‘qonda Ashu rali Zohiriy boshchiligidagi 19 nafar kishi) va boshqa siyosiy ishlar o‘ylab topildi. Natijada o‘zbek xalqining ko‘plab yetuk farzandlari qatag‘on qilindi. Bu davrda kommunistik partiya saflarini «tozalash» kampaniyasi natijasida O‘zbekiston kompartiyasi a’zolarining 25,6 foizi firqadan chiqarildi. Milliy rahbar xodimlar lavozimlaridan chetlatildi. XX asr 20-yillarining oxiriga kelib, sovetlar millat yetakchilarini jismoniy jihatdan yo‘qotishga kirishdi O‘zbekiston SSR Oliy sudining raisi Sa’dulla Qosimov 1929-yil mart oyida lavozimidan bo‘shatilib, qamoqqa olindi. S. Qosimov va uning 6 nafar safdoshi «bosmachilar»ni qo‘llab-quvvatlashda, «aksilinqilobchi millatchi tashkilotlar» a’zolari bilan aloqa bog‘laganlikda, islom dinini himoya qilishda ayblanib, ularga 273 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025 «qosimovchilik» yorlig‘i bosildi. Sud ularni 10 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qildi. Ularning butun mol-mulki davlat hisobiga musodara qilindi Oradan ko‘p o‘tmay navbatdagi ish – badriddinovchilik o‘ylab topildi. 1932-yil 5-may– 15-iyunda O‘zbekiston Oliy sudining sobiq prokurori Shamsutdin Badriddinov va uning 5 nafar safdoshi ustidan sud jarayoni o‘tkazildi. Ular ham uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindilar. Sovet rejimi milliy rahbar xodimlarni qatag‘on qilish bilan birga maorif sohasidagi ziyolilarga ham tazyiq o‘tkaza boshladi. 1929yil 5noyabrda Toshkentda ma’rifatparvar Munavvarqori Abdurashidxonov boshchiligidagi 38 nafar kishi qamoqqa olindi. Oradan ko‘p o‘tmay qamoqqa olinganlar soni 87 kishiga yetdi. Ularga «Milliy Ittihod» va «Milliy Istiqlol» tashkilotlarining a’zolari degan ayb qo‘yildi. Tergov jarayoni keyinchalik Moskvaga ko‘chirildi. Bu holat sovetlarning milliyma’naviy hayotga zug‘umidan dalolat edi. 1931yil 25aprelda Moskvada bo‘lib o‘tgan sud majlisida Munavvarqori bosh chiligidagi millatning 15 nafar fidoyisi bo‘lgan «Milliy Istiqlol» a’zolari otib o‘ldirishga, qolgan 72 nafar kishi esa uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi. O‘zbek xalqining 15 nafar farzandi Moskva atrofida otib tashlandi. Qamoqdan ham deyarli hech kim Toshkentga qaytib kelmadi. Qamoqqa olingan ko‘plab yurtdoshlarimiz ommaviy ravishda 1938- yil 4- oktyabrda qatl qilingan. XXSR harbiy ishlar noziri, alohida O‘zbek otliq askarlar polkining komandiri va komissari, 19-tog‘li otliq O‘zbek diviziyasi komandiri lavozimlarida ishlagan Mirkomil Mirsharopov sovet rejimi tomonidan Maykopda 1937-yil 28-oktyabrda qamoqqa olindi. U O‘zbek diviziyasini milliylashtirish va bu diviziya yordamida O‘zbekistonni SSSR tarkibidan ajratib olish va mustaqil davlatni barpo etishga urinishda ayblandi. Dastlabki O‘zbek diviziyasi tarqatib yuborildi hamda M. Mirsharopov boshchiligida 18 nafar o‘zbek harbiy komandirlari va askarlari 1938-yil 10-oktyabrda otib tashlandi. XX asr o‘zbek madaniyatining 3 nafar yorqin yulduzlari – Fitrat, Cho‘lpon va Abdulla Qodiriy bir kunda – 1938 yil 4 oktyabrda Toshkent shahri atrofida otib tashlandi. 1937–1938 yillarda to‘qib chiqarilgan soxta ayblar bo‘yicha O‘zbekistonda 41 000 nafardan ortiq kishi hibsga olinib, ulardan 37 000 nafardan ko‘prog‘i jazolandi, 6 920 nafar kishi esa otishga hukm qilindi. Faqat davlat va jamoat arboblari, yozuvchi, shoir va olimlardan 5 758 nafar kishi qamoqqa olinib, ulardan 4 811 nafari otib tashlangan edi. Bu ma’lumotlar respublikamiz miqyosida qizil terror qanchalik keng miqyosda shafqatsiz ravishda amalga oshirilganligining yaqqol isboti hisoblanadi. 274 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025 O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin qatag‘on qilinganlarning ko‘pchiligi huquqiy jihatdan oqlandi. Ularn

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘zbekistonda dastlabki qatag‘onlarning boshlanishi, huquq va maorif tizimida qatag‘onning avj oldirilishi, 1937–1938 yillarda davlat arboblari, ziyolilar, ulamolar va harbiylarning qatag‘on qilinishi,…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘zbekistonda dastlabki qatag‘onlarning boshlanishi, huquq va maorif tizimida qatag‘onning avj oldirilishi, 1937–1938 yillarda davlat arboblari, ziyolilar, ulamolar va harbiylarning qatag‘on qilinishi,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
qatag‘on., O‘zSSR, Sovet rejimi, Sa’dulla Qosimov, qosimovchilik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники