Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DAVLAT MAQSADLI JAMGʻARMALARI MABLAGʻLARI IJROSI VA UNING NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH
UNING NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH · Mirzayev Umidjon Ismoil oʻgʻli
Исследователь · 2024
Аннотация
В стате излагаются идеи по контролю и анализу расходования средств инициативных бюджетных фондов, выявлению и устранению проблем, которые не решаются в бюджетной системе годами. Основным источником формирования фонда инициативных бюджетов является выделение в местные бюджеты не менеэ 30 процентов доходов бюджета ежеквартално из перевыполненных в соответствии с установленным планом доходов бюджета, а также делаются выводы по усилению общэственного контроля путем поощрения интереса граждан к бюджетной политике и налоговой политике. Ключевые слова. Местный бюджет, параметры бюджета, доходы бюджета, дефицит, профицит, селевые фонды. Asosiy qism. 2024-yil Davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlari prognoz koʻrsatkichlari 65,3 trln soʻm belgilangan boʻlib, hisobot davrida 12,9 trln soʻmga yoki yillik rejaga nisbatan 19,7 foizga ijro etildi. Bundan tashqari, Davlat byudjetidan davlat maqsadli jamgʻarmalarga hisobot davrida 6,8 trln soʻm miqdorida transfertlar ajratildi. Davlat maqsadli jamgʻarmalarining yillik rejalashtirilgan xarajatlari esa 96,1 trln soʻmni tashkil etib, yillik rejaga nisbatan 19,7 foizga ijro etilgan holda 18,9 trln soʻmni tashkil etdi. Mamlakatimizning byudjet siyosatida tashabbusli byudjet jamgʻarmasi, zaxira jamgʻarmasi va qoʻshimcha manba mablagʻlari asosiy rol oʻynaydi. Mahalliy byudjetlarda ochiqliklik, shaffoflik, byudjet mablagʻlarining shakllanishi va sarflanishida jamoatchilik nazoratini taʼminlashda tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarining ahamiyati katta. Bundan tashqari mahalliy byudjetlarimizda yil https://scientific-jl.com 9 4 63-son_2-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali boshida tasdiqlangan byudjet mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 7-moddasiga asosan ochiqliklik prinsipiga amal qilgan holda ommaga ochiq eʼlon qilinishi, qoʻshimcha manba mablagʻlarining hamda tashabbusli byudjet jamgʻarmasi mablagʻlarining shakllanishi har chorakda eʼlon qilinishi, xalq muhokamasiga qoʻyilishi, sarflanishi yuzasidan xalq deputatlari Kengashlarida koʻrib chiqilishi buning isbotidir. Mamlakatimizda aholi turmush darajasini yaxshilash va aholimizni qiynab kelayotgan iqtisodiy-ijtimoiy muammo va kamchiliklarning bartaraf etilishi boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda, shu bilan bir vaqtda ichki yoʻllarni taʼmirlash hamda infratuzilmalarni yaxshilash, tizimli muammoga aylanib ulgurgan elektr taʼminoti va tabiiy gaz taʼminoti uskuna va inshootlari, ichimlik suv taʼminoti, ijtimoiy soha obyektlarining taʼmirlash ishlari kabi muammolarni hal etish bugungi kunimizning eng dolzarb va ustuvor vazifalardan biri boʻlib qolmoqda. Ushbu qayd etilgan muammolarni hal etish uchun davlat byudjetidan ajratilayotgan mablagʻlar, davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan mablagʻlar, mahalliy byudjetning qoʻshimcha manba mablagʻlari doirasida bosqichma-bosqich bartaraf etib kelinmoqda. Mazkur muammolarni bartaraf etish jarayonida fuqarolarimizni jalb qilish va byudjet mablagʻlarining sarflanishida aholimizning oʻz fuqarolik burchlaridan toʻliq foydalangan holda aholimizni qiynab kelayotgan dolzarb ijtimoiy muammolarining bartaraf etilishida ishtirok etishi mexanizmi taʼminlandi. Mahalliy byudjetlarimizda Zaxira jamgʻarma mablagʻlarining shakllanishi favqulodda kechiktirib boʻlaydigan xarajatlar paydo boʻlganda, byudjet parametrlarida koʻzda tutilmagan byudjet xarajatlari yuzaga kelganda yuqori ahamiyat kasb etmoqda. Qoʻshimcha manba mablagʻlarining shakllanishi esa mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirib, hududlarning rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, mavjud dolzarb ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda, aholi turmush tarzni yaxshilashda muhim omil hisoblanadi. Bugungi kunda respublikamizning tuman va shaharlarida mavjud ijtimoiy dolzarb muammolarini yaʼni elektr-gaz taʼminotida, ichimlik suvi, ichki yoʻllarning taʼmirlanishi, ijtimoiy soha obyektlari maktab-bogʻcha, sogʻliqni saqlash muassasa obyektlarining taʼmirlanishi, jihozlanishini taʼminlashda tashabbusli byudjet jamgʻarmasi va qoʻshimcha manba mablagʻlarining roli oshib bormoqda. Tashabbusli byudjet jamgʻarmasini shakllantirish, qoʻshimcha manba mablagʻlarini sarflanishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator qaror va farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Senati Kengashining qarorlari, fuqarolarimiz tomonidan tashabbusli byudjet jarayonlarida ishtirokining kundan kunga oshib borayotganligi, ularning byudjet ochiqligini koʻrgan holda moliyaviy savodxonligining oshayotganligi buning yaqqol misolidir. https://scientific-jl.com 9 5 63-son_2-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Dissertatsiya mavzusining dolzarbligining asosiy mezonlaridan biri bu yurtimizning eng chekka hududlarida xam byudjet mablagʻlari hisobidan bartaraf etilishi lozim boʻlgan eng dolzarb masalalarning fuqarolarimizning oʻz tashabbuslarini koʻrsatib, taklif kiritib, ovoz yigʻib, birlashib
Доказательный фрагмент
«В стате излагаются идеи по контролю и анализу расходования средств инициативных бюджетных фондов, выявлению и устранению проблем, которые не решаются в бюджетной системе годами.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ стате излагаются идеи по контролю и анализу расходования средств инициативных бюджетных фондов, выявлению и устранению проблем, которые не решаются в бюджетной системе годами. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Местный бюджет, параметры бюджета, доходы, byudjet parametrlari, defitsit, profitsid, byudjet daromadlari, maqsadli fondlar., Kalit soʻzlar. Maxalliy byudjet
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025